4-Mavzu: Investitsion muhit va investitsion jozibadorlikni oshirish yo‘llari. Reja


Download 36.82 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi36.82 Kb.
#1384781
  1   2   3   4
Bog'liq
4 mavzuA


4-Mavzu:Investitsion muhit va investitsion jozibadorlikni oshirish yo‘llari.
Reja:

  1. Investitsion muhit tushunchasi va uning zarurligi

  2. Korxonaning investitsion jozibadorligiga qanday omillar ta'sir qiladi

  3. Investitsion jozibadorlikni baholashning usullari

  4. Korxonaning investitsion jozibadorligini qanday oshirish mumkin

Qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifasi hisoblanadi.



  1. Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq. Agentlikning maqsad, vazifalari va funksiyalari, shuningdek, hozirgacha amalga oshirilgan ishlar haqida?

– Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshishga qodir yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish uchun qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining (SRA) asosiy vazifasi hisoblanadi.


Shu maqsadda har yili hududlarning investitsion muhiti tahlil qilib boriladi, bu ish har bir hududni sohani boshqarish boʻyicha mavjud tizim sifati hamda hududning investitsiya salohiyati darajasi (mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, infratuzilma, yer va tabiiy resurslar va boshq.) nuqtayi nazaridan baholashga imkon beradi. Mazkur tahlil bu hududlarning kuchli va zaif tomonlarini xolisona aniqlashga va ularning investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha konkret takliflar ishlab chiqish uchun zamin yaratishga yordam beradi.
Shuningdek, barcha takliflar biznes-hamjamiyat va davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng muhokamadan oʻtkaziladi. Shu maqsadda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik qilish uchun ekspert platformalari tashkil etilgan. Agentlik tomonidan biznes-hamjamiyat va xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda norasmiy iqtisodiyot koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan sektorlar tahlili oʻtkazilgan boʻlib, ushbu tahlil Oʻzbekistonda biznes yuritishdagi toʻsiq va gʻovlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.
Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TTXI) strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Mazkur loyiha doirasida TTXI har tomonlama oʻrganildi, ularning tarixiy koʻrsatkichlariga baho berildi, jalb qilingan investitsiyalar turlari, asosiy sherik davlatlar va TTXI jalb qilish boʻyicha iqtisodiyot sektorlari (tarmoqlari) tahlili amalga oshirildi. Ushbu sohadagi siyosat, xususan, TTXI sohasiga oid asosiy normativ instrumentlar, institutsional muhit, biznesga kirish va uni tashkil qilish tartiblari sharhlandi, shuningdek, investitsiya siyosati va normativ-huquqiy baza tahlili oʻtkazildi, investitsiyalarni jalb qilishdagi toʻsiqlar aniqlandi va ushbu mavzu boʻyicha sharh hozirlandi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi bir qator ustuvor tarmoqlar orasidan mamlakat iqtisodiyotining “drayverlar”ini aniqlash, tanlangan tarmoqlarga investitsiyalarni jadal jalb etish boʻyicha tavsiyalar, aniq chora-tadbirlar va tashabbuslarni tayyorlash, aniq harakatlar rejasi bilan 2030-yilgacha TTXIni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Bundan tashqari, BAA hukumati bilan birgalikda Oʻzbekistonning istiqbolli davlat xizmatchilari orasidan “Yosh liderlar”ni tayyorlash boʻyicha qoʻshma dastur yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular 4 oy davomida turli yoʻnalishlar boʻyicha intensiv oʻquv kurslaridan oʻtishadi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi bilan hamkorlikda bir qator yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan Amaliy chora-tadbirlar rejasi doirasida muayyan ishlar olib borilmoqda.
2. – Iqtisodiyotga investitsiya jalb qilish sohasida 2021-yilning asosiy yakunlari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtsangiz? Xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi qaysi tarmoqlarga toʻgʻri keldi? Oʻzbekistonga investitsiya kiritish hajmi boʻyicha qaysi davlatlar yetakchilik qildi?

– 2021-yil yakuniga koʻra, oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 11,1 mlrd. dollarni tashkil etdi (yillik prognozga nisbatan 113% bajarildi), shu jumladan, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 9,8 mlrd. dollarga yetdi (2020-yil koʻrsatkichlariga nisbatan oʻsish surʼati 110%).


Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 9 mlrd. dollarga yoki prognozga nisbatan 117%ga, shu jumladan, asosiy kapitalga 2020-yilga nisbatan 124 foizlik oʻsish bilan 8,2 mlrd. dollar oʻzlashtirildi. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarining oʻzlashtirilishi 2,1 mlrd. dollar yoki yillik prognozning 100 foizini tashkil etdi.
2021-yilda TTXI va kreditlar hisobidan tarmoq korxonalari tomonidan 3,8 mlrd. dollar yoki prognozga nisbatan 103 foizga, hududiy loyihalar boʻyicha esa 5,2 mlrd. dollar yoki prognozga nisbatan 130 foizga oʻzlashtirildi. Investitsiyalarning asosiy hajmi energetika sektori, metallurgiya, kimyo sanoati, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, IT-texnologiyalar, qurilish, farmatsevtika, yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarga toʻgʻri keldi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 50 dan ortiq davlat investitsiya kiritayotgan boʻlib, xususan, Xitoy (2,2 mlrd. doll.), Rossiya (2,1 mlrd. doll.), Germaniya (800,7 mln. doll.), Turkiya (1,18 mlrd. doll.) va Janubiy Koreya (137,4 mln. doll.) asosiy investor davlatlar hisoblanadi.
3. – Maʼlumki, SRA hamda ITSV hamkorligida loyiha guruhlari tomonidan respublika hududlarida loyihalarni tanlash va amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy etish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. U mavjud tizimdan nimasi bilan farq qiladi? Yangi tizim aynan qachon ishga tushadi?

– Mamlakat rahbariyati tomonidan taklif etilgan loyiha guruhlarining respublika hududlarida ishlash mexanizmi Agentlik ishtirokida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan puxta ishlab chiqildi. Agentlik loyiha guruhlaridan tortib, to jarayonda ishtirok etayotgan idoralargacha boʻlgan har bir loyiha aʼzosi uchun dastlabki ish metodologiyasini ishlab chiqdi. Yangi mexanizm “pastdan yuqoriga” prinsipi asosida ishlaydi.


Tuman va shaharlarning loyiha guruhlari biriktirilgan hududning salohiyat va imkoniyatlarini oʻrganadi va tahlil qiladi, mahalliy tadbirkorlarga viloyat miqyosidagi loyiha ofislariga joʻnatiladigan loyiha talabnomalarini tayyorlashda koʻmaklashadi.
Viloyat loyiha ofislari tumanlardan olingan barcha maʼlumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi, viloyat miqyosida loyiha talabnomalarining imkoniyatlarini, jumladan, bir nechta (ham mavjud, ham istiqboldagi) loyihalarni potensial kooperatsiya nuqtayi nazaridan koʻrib chiqadi, ustuvor loyihalar tanlovini amalga oshiradi. Barcha maʼlumotlar Markaziy loyiha ofisi – ITSVga topshiriladi.
Respublika loyiha ofisi eng ustuvor investitsiya loyihalarini aniqlab, butun respublika kesimida loyihalar portfelini shakllantiradi. Loyiha ofisi oʻz tarkibiy boʻlinmalari va qaramogʻidagi agentliklari kuchi bilan loyiha hujjatlarini, jumladan, tizerlar va biznes-rejalarni, taqdimotlarni tayyorlash va tamomiga yetkazish ishlarini tashkil qiladi. Soʻngra ishlab chiqilgan loyihalar portfeli chet el investorlarini jalb qilish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalariga, shuningdek, mahalliy investorlar tomonidan loyihalar izlanishi va taqdimoti uchun tuman va viloyat loyiha ofislariga topshiriladi.
Loyiha guruhlarining ishi shu bilan tugamaydi – investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonidan to loyiha barqarorligi yoki daromadliligi bilan bogʻliq muayyan koʻrsatkichlarga erishilgunga qadar ushbu loyihalarga hamrohlik qilinadi. Investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash qismida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasidan moliyaviy koʻmak olish imkoniyatini ham taʼkidlab oʻtish joiz.
Yangi mexanizm allaqachon ishga tushirilgan, maʼlumotlarni toʻplash va loyiha gʻoyalarini generatsiya qilish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

  1. – Maʼlumki, Strategik rivojlanish agentligi tadbirkorlarning tizimli muammolarini hal etish boʻyicha yangi onlayn-platforma yaratish ustida ishlamoqda. Ushbu loyiha hozirda qaysi bosqichda? U qachon ishga tushiriladi?

– Texnologiyalar hukmronlik qilayotgan zamonaviy olamda mobil-oʻzgaruvchan IT-yechimlar har qanday murakkab jarayonlarni soddalashtirishga chaqirilgan. Shu sababdan, bugungi kunda foydalanuvchilar orasida “user friendly” interfeys tushunchasi qoʻllanila boshlandi, bu asosan “foydalanuvchiga nisbatan doʻstona” degan maʼnoni anglatadi.
Bizning onlayn-platforma (kraudsorsing) aynan shu mulohazalardan kelib chiqqan holda: ham investorlar, ham tadbirkorlar uchun “bir darcha” tamoyili asosida ishlaydigan yagona portal yaratish maqsadida ishlab chiqilmoqda. U orqali investor oʻziga zarur barcha maʼlumotlar va potensial hamkorlarni, shuningdek, amalga oshirish uchun loyihalarni topishi, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishi mumkin boʻladi. Tadbirkorlar eksport-import operatsiyalarini onlayn tarzda rasmiylashtirish, boshqa biznes-jarayonlarni (jumladan, muhim masalalar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri murojaatlar ham koʻzda tutiladi) hal qilish imkoniyatiga ham ega boʻladi. Qoʻyilgan vazifa chindan ham keng koʻlamli.
2022-yilning birinchi choragi davomida loyihadan sinov tariqasida foydalanish rejalashtirilgan. Joriy yilning uchinchi choragida uning toʻliq ishchi versiyasini joriy etish maqsad qilingan.
Yana shuni aytish mumkinki, tadbirkorlik subyektlarining tizimli muammolarini aniqlash va hal etish imkonini beruvchi yangi onlayn-platforma uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash boʻyicha ishlar nihoyasiga yetib qolgan. Hozirda loyiha amaldagi mavjud onlayn platformalar bilan muvofiqlashtirish va integratsiya qilish bosqichida.
Platformani ishlab chiqish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
– platforma veb-saytining prototipi yaratildi, tadbirkorni roʻyxatga olish va identifikatsiyalashning soddalashtirilgan tartibi asosida murojaat va shikoyatlarni ekspress-uzatish funksiyasi qoʻshildi;
– dasturiy mahsulotning interfeys va mantiqiy qismlarini takomillashtirish, hisobot va statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish ustida ish olib borilmoqda;
– davlat dasturiy tizimlari hamda foydalanuvchilarni autentifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari yordamida veb-saytni integratsiyalash, shuningdek, vazirlik va idoralar bilan kelib tushgan murojaatlar va aniqlangan muammolarni hal qilish ustida oʻzaro hamkorlikda tegishli ishlar olib borilmoqda;
– tadbirkorlar duch keladigan muammo va toʻsiqlar roʻyxati katalog koʻrinishida shakllantirildi;
– aniqlangan muammolarni hal qilish jarayonlari bilan bogʻliq topshiriqlarni koʻrib chiqish, nazorat qilish va ijro etish tartibini hamda ishchi guruhini belgilash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

  1. – 
    Download 36.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling