4-mavzu. Investitsiyalar hisobi


uzoq muddatli investitsiyalar


Download 420.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana09.06.2023
Hajmi420.78 Kb.
#1468335
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu. Investitsiyalar hisobi

uzoq muddatli investitsiyalar;

qiska muddatli investitsiyalarga bo’linadi. 
Bir yildan ortiq muddatda daromad olishni maqsad qilib turli o’bektga 
yo’altirilgan moliyaviy qo’yilmalar uzoq muddatli investitsiyalar deb ataladi. 
Qisqa muddatli investitsiyalar esa bir yildan kam bo’lgan muddatda daromad 
olishni ko’zda tutgan aktivlarga yo’naltirilgan qo’yilmalardan iborat bo’ladi. 
Buxgalteriya hisobining standartlari talablariga binoan o’zlarining hisob siyosatida 
uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni ajratib ko’rsatishni lozim deb topgan 
korxonalar uzoq muddatli investitsiyalarni balansning «uzoq muddatli aktivlar»i 
tarkibida, qisqa muddatli investitsiyalarni esa «joriy aktivlar»i tarkibida 
ko’rsatishlari lozim. 
Investitsiyalar hisobini yuritishning maqsadi quyidagilardan iborat: 
- investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq xo’jalik muomalalarini o’z 
vaqtida, to’liq va to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash; 
- investitsiyalarni toifalari bo’yicha to’g’ri turkumlanishini ta’minlash; 
- investitsiyalarni baholash va qayta baholash muomalalarini to’g’ri amalga 
oshirish; 
- investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga o’tkazilishi muomalalarini to’g’ri 
amalga oshirilishini ta’minlash; 
- investitsiyalardan olingan daromadlarni to’g’ri hisobga olinishi, so-liqqa 
tortilishi va moliyaviy hisobotlarda to’g’ri ko’rsatilishini ta’minlash; 
- turli toifadagi investitsiyalarni chiqib ketishi muomalalarini to’g’ri aks 
ettirilishini ta’minlash; 
- investitsiyalar bilan bog’liq xo’jalik muomalalarni milliy standartlari talabi 
asosida yoritilishini ta’minlash 
 
 
2.
 Investitsiyalar hisobini tashkil qilish. Aktsiya, obligatsiyalarni sotib olish va 
sotishning o’ziga xos xususiyatlari.
 
 
Investitsiyalarni baholash 12-sonli «Moliyaviy qo’yilmalar hisobi» deb 
nomlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida amalga oshiriladi. 
Bunga ko’ra qisqa muddatli investitsiyalar sotib olingan paytda buxgalteriya 


hisobida xarid bahosida aks ettiriladi. Investitsiyalarning xarid bahosi esa, 
investitsiyaning o’z qiymati, brokerlarga to’langan to’lovlar, boj to’lovlari, bank 
xizmati uchun to’langan mablag’ va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Agar 
investitsiyalar to’liq yoki qisman aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qog’ozlar 
emissiyasini amalga oshirish orqali sotib olinsa, unda sotib olingan 
investitsiyalarning qiymati ularning nominal qiymati emas, balki bozor bahosiga 
teng bo’ladi. Agar investitsiyalarni sotib olish to’liq yoki qisman boshqa aktivlarga 
almashtirish orqali amalga oshirilsa, investitsiyaning xarid qiymati almashtirish 
uchun tavsiya etilgan aktivning joriy qiymati bo’yicha belgilanadi. Ammo bu 
holatda investitsiyalarning bozor qiymati aniqroq bo’lsa, ushbu bahoni qo’llash 
ma’qul bo’ladi. Agar investitsiyalar sotib olingunga qadar hisoblangan foizlar yoki 
dividendlar qiymati bilan sotib olinsa, bunday investitsiyalar sotuvchiga to’langan 
foizlar yoki dividendlar so`mmasi chiqarib tashlangan xarid qiymatida aks 
ettiriladi. Hisobot tuzish sanasida investitsiyalar Buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari talablariga ko’ra korxona balansida bozor qiymatida yoki sotib olish va 
bozor qiymatidan eng kami bo’yicha ko’rsatilishi lozim. Agar qisqa muddatli 
investitsiyalar korxonaning hisob siyosatiga ko’ra sotib olish va bozor qiymatidan 
eng kami bo’yicha hisobga olinadigan bo’lsa, uning balans qiymati

alohida olingan investitsiyalar bo’yicha; 

investitsiyalarning toifalari bo’yicha; 

investitsiyalar portfeli asosida
aniqlanishi mumkin. 
Uzoq muddatli investitsiyalar esa hisobot sanasiga buxgalteriya balansida 
sotib olish qiymati, qayta baholashni hisobga olgan qiymat yoki sotib olish va 
bozor 
bahosidan 
eng 
kami 
bo’yicha 
aks 
ettiriladi. 
Uzoq 
muddatli 
investitsiyalarning balans bahosini aniqlash investitsiyalar portfeli asosida amalga 
oshiriladi. 

Download 420.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling