4-mavzu. Investitsiyalar hisobi


Debet «Hisoblangan foizlar»  Kredit


Download 420.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana09.06.2023
Hajmi420.78 Kb.
#1468335
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu. Investitsiyalar hisobi

Debet «Hisoblangan foizlar» 
Kredit «Foiz ko’rinishidagi daromad»
Royalti ko’rinishidagi daromad deb, korxonaning savdo belgisi yoki boshqa 
turdagi huquqini o’zga kimsalarga ma’lum vaqtga, ma’lum haq evaziga 
foydalanish uchun berilishi natijasida olingan daromadga aytiladi. Hisoblangan 
daromadga quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: 
 
Debet «Royalti va gonorarlar bo’yicha olinadigan schyotlar» 
Kredit «Royalti bo’yicha daromadlar»
Korxona o’zga korxonalarning aktsiyalariga «qiymat» yoki «ulushda 
qatnashish» usulida investitsiya qilishi mumkin. Qiymat usulida investitsiya 
qilinganda korxona boshqa aktsiyadorlar kabi faqat dividendga da’vogarlik qilishi 
mumkin. Ulushda qatnashish usulida esa investitsiya qilgan korxona ham 
dividendga, ham sof foydaning tegishli qismiga da’vogarlik qila oladi. Ushbu 
holatlarni quyidagi misol yordamida ko’rib chiqamiz. 
Misol. «XUZ» korxonasi hisobot yilining yanvar oyida «A» kompaniyaning 
nominal qiymati 1000 so’m bo’lgan 100 ta aktsiyasini 1100 so’mdan sotib oldi 
(qiymat usuli). Fevral oyi oxirida korxona yangi tashkil qilinayotgan «V» 
kompaniyaning ta’sischisi sifatida nominal qiymati 5000 so’mdan bo’lgan 1000 ta 
aktsiyasini 6000 so’mdan sotib oldi. Bu aktsiyalar miqdori «V» kompaniya Ustav 
kapitalining 30 % ni tashkil qiladi. « XUZ» korxonasi bu xo’jalik muomalasini 
o’zining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirdi: 
 
Debet «A» korxonaga investitsiyalar
110000 
Debet «V» korxonaga investitsiyalar
6000000 
Kredit «Pul mablag’lari»
6110000 
Hisobot yili tugab, aktsionerlar yig’ilishi qaroriga ko’ra, «A» korxona har bir 
aktsiyaga 250 so’mdan dividend e’lon qildi. Bu to’g’risida rasmiy hujjatga ega 
bo’lgach, « XUZ » sotib olingan 100 aktsiyaga tegishli bo’lgan (100 ta aktsiya x 
250 so’m =25000 so’m) dividend so`mmasiga o’zida quyidagi buxgalteriya 
yozuvini amalga oshirdi. 

Download 420.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling