4-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli Reja: Reja


Download 0.98 Mb.
bet13/18
Sana03.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1691233
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Investitsiya va inovatsiya 4 mavzu Iqtisodiyotni rivojlantirishda

2019 yilgi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida kapitali 1 milliard AQSH dollari miqdorida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi tashkil etilishi, uning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga, shuningdek, uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb etish, belgilandi.

2019 yilgi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida kapitali 1 milliard AQSH dollari miqdorida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi tashkil etilishi, uning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga, shuningdek, uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb etish, belgilandi.

O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning jozibadorligini belgilovchi omillarni besh guruhga bo’lish mumkin: – bozor omillari (ichki bozor va eksport imkoniyatlari); – boy tabiiy resurslarning mavjudligi; – ishlab chiqarish xarajatlari omillari; – investitsiya muhiti; – mamlakatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida xorijiy investitsiyalar, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun qator imtiyozlar berildi.

To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar tarkibiga: – ishlab chiqarish (asosiy va aylanma) fondlari, ularni kengaytirish, qayta qurish va qayta qurollantirishga qo’yiladigan iqtisodiy resurslar; – ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma xarajatlari (bino va inshootlar, uy-joylar); – pul qiymatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar (qimmatli qog’ozlar, patentlar, texnik va texnologik yangiliklar, loyihalar va boshqa intellektual mulk obyektlari)ni kiritadi.

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning investitsiya faolligi va kuchli raqobat muhiti yaratilishiga ta’siri quyidagilarda namoyon bo’ladi: – integratsiyalashuvni ta’minlangan holda raqobat muhitini ta’minlaydi, raqobatga undaydi; – xorij boshqaruv tajribasini qo’llashga undaydi; – iqtisodiyot subyektlaridan investitsiya faolligini talab etadi; – yangi uskuna, jihoz, zamonaviy texnika, texnologiyani qo’llashga chorlaydi; – yangi texnika-texnologiya asosida yangi mahsulot ishlab chiqarishni, yangi bozorlarni egallashni nazarda tutadi; – investitsiya muhitini takomillashtirib borishni talab etadi; – ishlab chiqarishning modernizatsiya qilinishini ta’minlaydi; – o’z manfaatlari ustunligini nazarda tutadi; – ishonch qozonish uchun kuchli rag’batlantirish, imtiyozlar, kafolatlar tizimini talab qiladi; – xorijdan turli aktivlar kirib kelishi asosida qabul qiluvchi mamlakatda iqtisodiyotni yuksaltiradi, soliq, boj, ijara va boshqa tushumlarning ko’payishini ta’minlaydi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling