4-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli Reja: Reja


Download 0.98 Mb.
bet10/18
Sana03.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1691233
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Investitsiya va inovatsiya 4 mavzu Iqtisodiyotni rivojlantirishda

Mamlakatimizda XIIKlar faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash ularga soliq va bojxona imtiyozlari, imtiyozli kreditlar, qonun o’zgarmasligi kafolatlari, sug’urta va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda amalga oshirilmoqda. XIIKlar faoliyatining tahlili quyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini beradi: – mamlakatimizning sust rivojlanayotgan hududlariga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni faol davom ettirish zarur. Bunda hududiy boshqaruv organlarining turli sohalardagi investitsiya loyihalarining amaliyotga samarali tatbiq etilishi yuzasidan mas’uliyatini oshirish lozim; – har bir hudud bo’yicha tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish yuzasidan amaliy tadbirlar ishlab chiqish va xorijiy investorlarni hududning eksport imkoniyatlari bo’yicha zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlash; – investitsiyalarni keng ko’lamda jalb qilish maqsadida mamlakatimizning kam rivojlangan hududlarida infratuzilmalarni rivojlantirish dasturlari bajarilishi yuzasidan davlat monitoringini o’rnatish. Bunda, ayniqsa, telekommunikatsiya va mexmonxona xo’jaligi sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir; – qo’shma korxonalarning nizom fondida xorijiy investorning egallagan ulushini hisobga olgan holda minimal talabdan oshgan har bir foizi uchun qo’shimcha soliq imtiyozlarini berish; – investitsiya dasturlarini tuzishda va yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mamlakat hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga olish. Qo’shma korxonalarga qo’shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari har bir muayyan holda, ya’ni; – respublikaning eksport imkoniyati mustahkamlanishi va kengayishini, mamlakatimizning jahon xo’jalik aloqalariga integratsiyalashuvini ta’minlovchi ustuvor loyihalarga investitsiyalar kiritilayotganda; – amalga oshirilishi xom ashyo va materiallarni qayta ishlashga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishga, aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarga investitsiyalar kiritilayotganda berilishi mumkin.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling