4-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli Reja: Reja


Download 0.98 Mb.
bet9/18
Sana03.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1691233
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Investitsiya va inovatsiya 4 mavzu Iqtisodiyotni rivojlantirishda

O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar deganda aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamg’armasining kamida o’ttiz foizini xorijiy investitsiyalar tashkil etadigan korxonalar tushuniladi. Ular O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko’rsatadilar. XIIK qatnashchilaridan biri ushbu qonunga ko’ra xorijlik investor bo’lishi shart. Umumlashtiradigan bo’lsak, ikki yoki undan ortiq mahalliy va xorijiy mamlakat subyektlari ishtirokida tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, foyda olish maqsadida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan, mamlakatning qonunchilik talablari asosida tuzilgan xo’jalik yurituvchi subyektga qo’shma korxona deyiladi. XIIK davlat ro’yxatiga olingan paytdan e’tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo’ladi. XIIKlar tashkil etish va ularni davlat ro’yxatiga olish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. XIIKlar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning keng tarqalgan shakllardan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir. O’zbekiston Respublikasidan tashqarida XIIKlarning sho’’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida bo’linmalari tashkil etilishi mumkin. XIIKlar ixtiyoriy ravishda O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida uyushmalar, kontsernlar, korporatsiyalar, konsortsiumlar va boshqa xo’jalik birlashmalari tashkil etishi, amal qilib turgan birlashmalar tarkibiga to’la huquqli a’zo sifatida kirishi mumkin. XIIKlar qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: O’zbekiston hududida, shuningdek, undan tashqarida har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlar ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish; xorijiy valyutada ssudalar olish va uni qaytarish; XIIKlarning hisobvaraqlaridagi mablag’lardan foydalanishni cheklash yohud mablag’larni majburiy olish davlat boshqaruv organlari tomonidan faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. XIIKlarni tashkil etishni ichki, tashqi va strategik sabablarga bo’lish mumkin.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling