“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida: “chet el investitsiyalari — chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”, deb e’tirof etiladi. Xorijiy investitsiyalarni mulkchilik shakliga ko’ra xususiy, davlat, xorijiy va aralash investitsiyalarga tasniflash maqsadga muvofiqdir. Xorijiy investitsiyalarni yo’nalish obyektiga qarab, moliyaviy va real investitsiyalarga ham ajratish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy investitsiyalarning tarkibida asosiy o’rinni xususiy mulk egalarining investitsiyalari tashkil etadi. Xorijiy investitsiyalarni ichki investitsiyalardan farqli jihatlaridan biri, ularni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha uch guruhga ajratilgan barcha risklarning oldindan hisoblab chiqilishidadir. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyatini anglashda uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Xorijiy investitsiyalarning quyidagi xususiyatlarini ta’kidlash mumkin: Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyatini anglashda uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Xorijiy investitsiyalarning quyidagi xususiyatlarini ta’kidlash mumkin: – xorijiy investitsiyalar bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga ko’chayotgan kapital; – qo’yilgan sarmoya egasiga qaytib kelgunga qadar nisbatan uzoq muddat davomida yuqori foyda ko’rish; – qo’shimcha risklarga ega bo’lish; – aniq maqsadlarga intilish (yuqori daromad olish, yangi bozorlarni egallash, ishonch qozonish); – o’zga mamlakat qonunchiligidan, imkoniyatlaridan foydalanish asosida vaqtdan unumli foydalangan holda o’z kapitalini o’stirish; – rag’batlantirish tizimi, kafolatlar, imtiyozlar, ishonchli va o’zaro manfaatli munosabatlarning yo’lga qo’yilishini talab etishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |