4-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli Reja: Reja


Download 0.98 Mb.
bet14/18
Sana03.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1691233
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Investitsiya va inovatsiya 4 mavzu Iqtisodiyotni rivojlantirishda

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning investitsiya faolligi va kuchli raqobat muhiti yaratilishiga ta’siri quyidagilarda namoyon bo’ladi: – integratsiyalashuvni ta’minlangan holda raqobat muhitini ta’minlaydi, raqobatga undaydi; – xorij boshqaruv tajribasini qo’llashga undaydi; – iqtisodiyot subyektlaridan investitsiya faolligini talab etadi; – yangi uskuna, jihoz, zamonaviy texnika, texnologiyani qo’llashga chorlaydi; – yangi texnika-texnologiya asosida yangi mahsulot ishlab chiqarishni, yangi bozorlarni egallashni nazarda tutadi; – investitsiya muhitini takomillashtirib borishni talab etadi; – ishlab chiqarishning modernizatsiya qilinishini ta’minlaydi; – o’z manfaatlari ustunligini nazarda tutadi; – ishonch qozonish uchun kuchli rag’batlantirish, imtiyozlar, kafolatlar tizimini talab qiladi; – xorijdan turli aktivlar kirib kelishi asosida qabul qiluvchi mamlakatda iqtisodiyotni yuksaltiradi, soliq, boj, ijara va boshqa tushumlarning ko’payishini ta’minlaydi.

4. Chet el investitsiyalariga doir O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining mazmuni, maqsadi va ahamiyati. Xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar, kafolatlar va rag’batlantirish omillari

4. Chet el investitsiyalariga doir O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining mazmuni, maqsadi va ahamiyati. Xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar, kafolatlar va rag’batlantirish omillari

Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishdan manfaatdorlik har qanday davlatning o’z investitsiya siyosatini ishlab chiqishini talab etadi. Bu siyosat xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o’ziga xos yo’nalishini, shuningdek, ularni jalb etishni rag’batlantirish tizimini aniqlab beradi va investitsiya faoliyatining huquqiy tartibini belgilaydi. Xorijlik investorlar va xorijiy investitsiyalar uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to’liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo’yilgan rejimga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas. Xorijiy investitsiyalarning huquqiy rejimi O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya etish maqsadida iqtisodiyot va faoliyatning muayyan sohalarida xorijiy investitsiyalar uchun cheklashlar yoki taqiq nazarda tutilgan bo’lishi mumkin. Xorijlik investorlarning O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquqlari va manfaatlari buzilganda ularni tiklash O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi. Investitsiyalar va xorijlik investorlarning tavakkalchiligini sug’urta qilish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling