4-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli Reja: Reja
Download 0.98 Mb.
|
Investitsiya va inovatsiya 4 mavzu Iqtisodiyotni rivojlantirishda
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
2. Xorijlik investorlarga to’liq qarashli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish, ya’ni sof xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Bunda jami (100 %) ustav kapitali xorijlik investorga tegishli bo’ladi.3. Mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.4. Intellektual mulkka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.5. Kontsessiyalar, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan kontsessiyalar olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.6. Savdo va xizmat ko’rsatish sohalari obyektlariga, turar-joy binolariga ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek, erga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali xorij sarmoyasini jalb qilish.7. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.8. Xalqaro lizing amaliyotini rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning eng ommabop shakli hisoblangan XIIKlarni tashkil etish va ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash yo’lida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Keling, shu erda «xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona»ga aniqlik kiritsak. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona, deb nimaga aytiladi? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Chunki, Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nimaligini to’liq anglamay turib, u haqda fikr bildirish ma’noga ega emas. O’zbekiston milliy entsiklopediyasida «Korxona – yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt. Mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi, iqtisodiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan shug’ullanadi. Davlat, munitsipial, jamoa, qo’shma, yakka (oila, xususiy) korxonalar bor», deya ta’riflanadi. Mazkur ta’rifning e’tiborli jihati shundaki, unda korxonaning «qo’shma korxona» shaklida ham tashkil etilishi e’tirof etilgan. Chunki, qo’shma korxonaga berilgan ta’riflarning aksariyatida mazkur masala e’tibordan chetda qolgan. Rossiyalik iqtisodchi-olimlardan L.Makarevich: «Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekti bo’lib, iste’mol talabini qondirish va foyda olish maqsadida qonunchilik asosida tashkil etiladi, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadi», deb ta’rif beradi. Muallif ushbu ta’rifda qo’shma korxonalarni e’tibordan chetda qoldirganligi ko’rinib turibdi.Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling