4-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarida marketing faoliyatini tashkil etish
Download 89.98 Kb.
|
4 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarida marketing faoliyatini
Marketing dasturi majmui
5.4.1-rasm. Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo’nalishiga qarab markekting dasturi yuqori va pastki bo’g’in uchun bo’lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo’g’in uchun bo’lsa, u qisqa va lo’nda tuzilgan bo’lishi lozim. CHunki unda muhim tomonlari ajratib ko’rsatiladi pastki bo’g’in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi. Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o’rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar. Qamrab olayoigan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo’linadi. Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funktsiyalarni savollarini yechishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini rag’batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi. Ob’ektiga bog’ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo’yicha va ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega: tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy nomenklaturasini aniqlash; innovatsiya bo’yicha qarorni asoslash; chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo’yicha qaror qabul qilish; tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o’rnatish; ishlab chiqarishni ustivor yo’nalishlari bo’yicha xarajatlarni umumiy hajmi va ularni tuzilishini hisoblash; moliyalashtirish manbalarini topish; ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash; ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash; ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish. Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi firmaning to’liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko’rsatkichlarni o’zichiga olishi lozim. SHunday qilib, ishlab chiqarish bo’yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo’limining xo’jalik faoliyatini jami ko’rsatkichlari to’plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi. Mahsulot bo’yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega: mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish; mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko’p variantli hisob-kitobini o’tkazish; yangi (takomillashgan) Tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini asoslash; chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash; iste’molchilarni maqsadli bozorda ko’zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo’yicha sifat ko’rsatkichlarini o’rnatish; har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish); maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o’xshash tovarlarini hisobga olgan holda har bir tovarbo’yicharaqobatbardoshlikdarajasinihisoblash. Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan korxonaning mo’ljallangan maqsadiga erishish va uni bajarilishini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi. Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagichadir: Korxonaning imkoniyatlari tahlili (holatli tahlil). Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo’nalishlari. Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(Marketing sintezi). Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda foydaga erishish yo’llarini aniqlash. Strategiyani ishlab chiqish. Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni ko’zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlarini, marketing vositasini, bozorga kirish vaqtini va boshqalarni tanlash). Rejani ishlab chiqish. Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi. Nazorat qilish. Strategiknazorat (tanlangantamoyilnianiqbozorholatigato’g’rikelish). Yilliknazorat (rejadagitadbirlarvaxarajatlarningbajarilishi), foydaolishdarajasinazorati. 1Г.Л.Багиев и др. Маркетинг. Маркетинг. Учебник. –СПб.: Питер, 2008, с83. 2И.А.Каримов. Асосий вазифамиз – ватанимиз тараққиёти ва ҳалқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. Тошкент: Ўзбекистон, 2010.-64 б. 3Г.Л.Багиев и др. Маркетинг. Маркетинг. Учебник. –СПб.: Питер, 2008, с83. Download 89.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling