ko‘rsatkich muayyan korxonalarning rentabellik ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanishi
kerak. Xalq xo‘jaligi bo‘yicha rentabellik darajasi
20 foizdan kam bo‘lmasa,
maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. Shunda korxonaga qo‘yilgan kapital 5 yilda
qoplanadi hamda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish
uchun real imkoniyat
yaratiladi:
ishlab chiqarishni kengaytirish, zamonaviylashtirish va uni qayta tiklash
ta’minlanadi;
olingan
kredit va qarzlarni qaytarish, ya’ni korxonalarning to‘lov
qobiliyati ta’minlanadi;
ishlab chiqarishning ijtimoiy sohasi rivoj topadi hamda bozor iqtisodiyoti
sharoitida xodimlarni ijtimoiy himoya qilish ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: