4-mavzu. Kuylash uslubiyoti pedagogikasi. Reja: 1-§. Kuylash uslubiyoti


Download 38.46 Kb.
bet3/9
Sana07.01.2023
Hajmi38.46 Kb.
#1082235
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu. Kuylash uslubiyoti pedagogikasi.

Kayfiyat - shaxsning faoliyati, xulqi, muomalasi va ruhiy jarayonlariga maʼlum vaqt davomida taʼsir qilib turuvchi hissiy holat. Insonning hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, zerikish, qaygʻurish kabi his-tuygʻular uning ruhiy holati tizimiga aylanadi. Kayfiyat insonning butun faoliyatiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Masalan, kishi xursand boʻlib turganida uning koʻziga hamma narsa yaxshi, aks holatda esa yomon boʻlib koʻrinishi mumkin. Yaxshi kayfiyat individ, guruh, jamoada ishchanlik, oʻzaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhitni, samimiy muomala maromini shakllantirishning, jismoniy va aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir. Ijtimoiy hayotdagi turli voqealar, yaʼni mehnat muvaffaqiyati, taʼlim yutugʻi, rahbar bilan xodim, oʻqituvchi bilan talaba oʻrtasidagi munosabatlar, oiladagi shaxslararo muomala maromi, turmushning quvonch va tashvishlari, shaxsning qiziqishi, nimadandir qoniqish yoki qoniqmaslik hissi kayfiyatning manbalari hisoblanadi. Odamning ruhi tushib, noxush kayfiyatda yurishi - uning turmushida muammolar yuzaga kelganidan, halovati buzilganidan dalolat beradi. Obʼyektiv va subʼyektiv vaziyat, sharoit, sababiy bogʻlanish kayfiyat barqarorligini belgilaydi. Kayfiyatning xususiyatlari koʻp jihatdan shaxsning individual-tipologik fazilatlariga bogʻliq. Inson oʻzini oʻzi boshqarish imkoniyatidan kelib chiqqan holda K.ini muvaqqat davr oraligʻida qatʼiyatlikda tutishi, hatto holat oʻzgarishiga yoʻl qoʻymasligi mumkin.
Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan qobiliyati. Inson irodaviy harakatini amalga oshirar-kan, oʻziga xukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: Irodauchun "men xohlayman" degan kechinma emas, balki "kerak", "bajarishim shart" degan kechinma xosdir.
Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam irodani talab qiladi. Iroda mehnatda paydo boʻladi va toblanadi. Irodaning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vosi-talari va yoʻlyoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. Odamda Irodaning qay darajada ekanligi maqsadni qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. Irodaviy harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini boshqarish va oʻz ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki iroda deb ataladi. Tashqi toʻsiqlar tevarakatrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tashqi toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashki iroda deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi toʻsiqlarni yengish (tashqi iroda) ichki toʻsiqlar (ichki iroda) ni yengish bilan uzviy bogʻliq.
Irodaning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va toqat, prinsipiallik, mustaqillik va boshqalar. Iroda kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak gʻoyalarga asoslangan ongli qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi toʻsikdarni yengar ekan, u kuchli iroda egasi hisoblanadi. Iroda kishining harakteri bilan uzviy bogʻliq, uning shakllanishida muhim rol oʻynaydi.
Iroda – o’z oldiga qo’yilgan maqsad sari intilib, erishishga muvaffaq bo’lishliqdir va bu doim xar ishda omad bag’ishlaydi. Irodali inson o’z maqsadi yo’lida barcha tusiqlarni yenga oladi. Maqsadga erishish uchun esa odam nimani xoxlayotganini yaxshi bilishi va bu xoxish xayot talabi bo’lmog’i kerak.
Kuylashni o’rganayotganda, xonandalik faoliyatida kuchli iroda kerak. Irodasiz odam xonanda bo’lishga urinmasa xam bo’ladi. O’z maqsadidan chekinmasdan oldinga intilmoqlikni mashq qilish, irodani kuchli bo’lishiga olib keladi. Xar bir faoliyat texnikaga egalikni talab qiladi. Kuylash texnikasiga ega bo’lishlik diqqatni bo’lmaydi va fikrni ijodiy maqsadga to’liq qaratadi.
Ijodiy faoliyat texnik jixat kabi avtomatik bulmasligi kerak. Ijod - bir-biriga o’xshashlikni inkor etadi, u yangiliklarni talab qiladi. Artistlikni pul topish uchun kasbga aylantirgan inson taqlid qiladi, ya’ni tayyor ijoddan foydalanadi, ijodkor inson yangi obrazlar yaratishga intiladi. Ijodiy faoliyat material yozish - ijod uchun tayyorgarlik, katta mexnat – ilxomlanish - (bu organizmning aktiv xolati) va butunlay ijodga kirishishlikni talab qiladi. Insonning dunyoqarashi qancha keng bo’lsa ijod shuncha unumli bo’ladi. Xonandalik pedagogikasida ijodga yondoshish, xar bir o’quvchining o’ziga xosligini nazarda tutishni talab qilnadi.
Shaxs - qiziqishlar, iqtidor va iste’dod, temperament va xarakterlar mujassamligidir. Bu xislatlarning barchasi inson unib o’sgan muxitning qandayligiga bofliq. Qo’shiq kuylashga o’ta qiziqish, u bilan shug’illanishni xoxlash, to’siqlarni yengib, muvaffaqiyat qozonish garovidir. Xaqiqiy o’qituvchi uchun xar bir ovoz yangi kitobday. U doimiy izlanishda va qachon o’z maqsadiga erishsa, o’z ishidan ko’ngli to’ladi. Iqtidorli deb, biz o’z ishini oson xal qila oladigan insonga aytamiz. Odamlar iste'dod bilan tug’ilmaydilar, ularga iqtidorning zarralari berilgan bo’ladi. Iqtidor faoliyat davomida sayqallanib, rivojlanadi. Shuning uchun iqtidorli inson o’zni topishi uchun u bilan shug’ullanish kerak. Iqtidorni bolalikdan rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Lekin o’g’il bolalarda mutatsiya o’tmaguncha buning iloji yo’q. Iqtidorning barcha sifatlariga ega odamni biz - iste'dodli deymiz. Juda ko’p iste'dodli insonlar o’zda yaratuvchilik va faylasuflik sifatlarini jamlagan bo’ladi.

Download 38.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling