4-mavzu. Kuylash uslubiyoti pedagogikasi. Reja: 1-§. Kuylash uslubiyoti


-§. Psixologiya - inson sub’ektiv dunyosi xaqidagi fan sifatida


Download 38.46 Kb.
bet2/9
Sana07.01.2023
Hajmi38.46 Kb.
#1082235
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu. Kuylash uslubiyoti pedagogikasi.

3-§. Psixologiya - inson sub’ektiv dunyosi xaqidagi fan sifatida.
Xar bir o’quvchi psixologik jixatdan individualdir, shuning uchun xar birining vokal san’atidagi muvaffaqiyatlari turlidir. O’qituvchi psixolog bo’lishi kerak, o’quvchida xonandalarga xos xislatlarni tarbiyalashi lozim. Inson ichki dunyosini idrok etish, emotsional va iroda shakllariga ajratish odatdir. Idrok xis etishdan boshlanadi, - psixologik protsessning eng oddiysidan, bizning ongimizda xodisa va narsalarning xislatlarini yoritadi. Narsa va xodisalarni xis etish ongda bir butun obraz yaratadi. Informatsiya qabul qilayotganimizda aql xam ishtirok etadi, kerakligini ajratib, bir-biri bilan taqoslaydi, avval ko’rgani bilan solishtiradi.
Faoliyat davomida xonandadaning kasbiy xis tuyg’ulari rivojlanadi, xususan - bu tovush xissi, tayanch xislaridir. Ijodiy faoliyat davrida o’qituvchi o’quvchining kuzatuvchanligini rivojlantirishi kerak. Diqqatni oshirish, ongga boshqa xech qanday narsaga axamiyat berishlikka yo’l bermaydi, qaysiki faoliyatni muvaffaqiyatli bo’lishiga garovdir. Diqqatni doim mashq qildirish kerak, shunda u doimo fikrni jamlay oladigan bo’ladi. Markazda faqat ijodiy maqsadni qoldirib, xonanda ijro vaqtida diqatini juda ko’p ob’ektlarga taqsimlashi kerak. Qo’shiqchilik faoliyatida eslab qolish qobiliyati juda zarurdir, chunki xonanda katta repertuarni, barcha texnik bilimlarni va qo’shiqchilik xissiyotini yodda saqlashi kerak. Eslash qobiliyatini doim rivojlantirib turishi kerak, bunga doimo ayrim informatsiyani eslab qolish, uni yodda tutish vaqt davomida uni eslashga yordam beradi. Eslab qolingan materialni logika nuqtai nazaridan bir-biri bilan bog’lash va qaytarish kerak. O’rgangan materialni yodda saqlab qolish, uni to’g’ri ijro etishdir. Vokal pedagogikasi kabi artistik faoliyat uchun xam tasavvurga ega bo’lish zarur. Ijodiyot fantaziya rivojiga asoslangan, xonanda fantaziyalash xususiyatini doim boyitishi, faraz etish kuchini oshirishi lozim. Vokal o’qituvchisi o’quvchining kelajagi qanday bo’lishini, uning ovozi qanday tus olishini oldindan ko’ra bilishi kerak. Xissiyot bu insonning borliqqa bo’lgan munosabatidir.
Musiqa xissiyotni ochib beruvchidir, shuning uchun uni xissiyotlar tili deb ataydilar. O’zmizda yaxshi emotsiyalarni uyg’ota bilishimiz lozim, ular faoliyatni yaxshilaydi. Darsni shunday olib borish kerakki, o’quvchida yaxshi emotsiyalar paydo bo’lsin. O’quvchida dars davomida yomon emotsiyalar paydo bo’lsa, u darsga kelishni xoxlamay qoladi. O’quvchining emotsional xolati xar xil bo’ladi, buni o’qituvchi doim esda saqlashi lozim. Ijro doim emotsional jilolar bilan boy bo’lishi kerak, shuning uchun emotsional sust o’quvchilarda uni rivojlantirish lozim. Xar bir xonanda eslab qolish qobiliyatini emotsiyaga tayanib rivojlantirishi kerak. Lekin ijro davomida inson - ijodiy emotsiya bilan o’z emotsiyasini aralashtirishi mumkin emas. Emotsiya albatta badiiy formada namoyish etilmog’i kerak. Xis tuyg’ular boyligi inson ichki dunyosi to’lik bo’lishini ta’minlaydi.

Download 38.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling