Sanoat moddiy ishlab chiqarishning birinchi asosiy manbai hisoblanadi. Sanoat geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog’i bo’lib, sanoatning xududiy joylashishini, turli davlatlar va rayonlarda sanoatning joylashish qonuniyatlarini, sharoitini va o’ziga xos hususiyatlarini o’rganadi. - Sanoat moddiy ishlab chiqarishning birinchi asosiy manbai hisoblanadi. Sanoat geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog’i bo’lib, sanoatning xududiy joylashishini, turli davlatlar va rayonlarda sanoatning joylashish qonuniyatlarini, sharoitini va o’ziga xos hususiyatlarini o’rganadi.
- Sanoat geografiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Sanoat rivojlanishiga sezilarli ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tavsiflash; sanoat rayonlari, tugunlari va markazlarining shakllanish omillarini o’rganish; ayrim sanoat tarmoqlarining xolatiga va joylashishiga ta’sir etadigan texnik-iqtisodiy sharoitni tadqiq qilish; tarmoqlararo va rayonlararo aloqalarni o’rganish; mamlakat xalq xo’jaligida va iqtisodiy rayonlar shakllanishida sanoat joylashishining ahamiyatini aniqlash.
- Har qanday mamlakat sanoatining asosini industrlashtirish darajasi tashkil qiladi.
- Industrlashtirish deganda ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarida fan va texnikaning yutuqlaridan foydalanib, zamonaviy korxonalar qurib, rivojlangan sanoatni tashkil qilish tushuniladi. Industrlashtirish muayyan tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga va xalqaro vaziyatga bog’liq.
Dastlab industrlashtirish Buyuk Britaniyada amalga oshirildi. Bu yerda industrlashtirish to’qimachilik sanoatda qo’l mehnatini mashinalashtirishdan boshlandi, keyin og’ir sanoatni industrlashtirish amalga oshirildi. AQSH, Germaniya va boshqa davlatlar Buyuk Britaniya tajribasidan foydalanib to’qimachilik sanoatini industrlashtirishdan tezlik bilan og’ir sanoatni mashinalashtirib, markazlashgan ishlab chiqarishni tashkil qildilar. - Dastlab industrlashtirish Buyuk Britaniyada amalga oshirildi. Bu yerda industrlashtirish to’qimachilik sanoatda qo’l mehnatini mashinalashtirishdan boshlandi, keyin og’ir sanoatni industrlashtirish amalga oshirildi. AQSH, Germaniya va boshqa davlatlar Buyuk Britaniya tajribasidan foydalanib to’qimachilik sanoatini industrlashtirishdan tezlik bilan og’ir sanoatni mashinalashtirib, markazlashgan ishlab chiqarishni tashkil qildilar.
- Sanoatni (ishlab chiqarishni) tashkil qilishning asosiy shakllari (markazlashuv, kombinatlashuv, ixtisoslashuv, hamkorlashuv) 4.3. bo’limda ko’rib chiqildi. Endi sanoatning tarkibiy qismlari va to’zilishini ko’rib chiqamiz.
- Sanoat og’ir va yengil sanoatga bo’linadi. Og’ir sanoat asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqdardan iboratdir, ya’ni unda mehnat qurollari (mashinalar, jixozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xom ashyo, yoqilg’i va h.k.) ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |