4-mavzu: Maktab psixologi faoliyatining yo'nalishlari: ota-onalar bilan ishlash


Ota-onalar ta’limi: maqsad va vazifalar


Download 27.12 Kb.
bet4/4
Sana06.05.2023
Hajmi27.12 Kb.
#1436140
1   2   3   4
Bog'liq
5gXcI8rkJyzwow4zynDTAZ73U6iRexaRPFHFNtLK

Ota-onalar ta’limi: maqsad va vazifalar
Psixolog ota-onalarni (о‘qituvchilarni) tekshiruv natijalari tez tayyor bо‘lmasligi xaqida ogohlantirish lozim. Istalgan natijaga erishishda, psixolog о‘ylaganday bо‘lib chiqishiga ishontirmasligi xam mumkin, ba’zan birovlarning umidi puchga chiqishi xam mumkin. Zaruriyat tug‘ilganda ota-onalarga yoki о‘qituvchilarga qayta maslaxatlar berish psixologning vazifasiga kiradi. Kо‘pincha uzoq psixoterapevtik ishlar va kо‘p martalab uchrashuvlar amalda qо‘llaniladi.
Psixolog xodisani har tomonlama о‘rganish natijalari xaqida о‘tkaziladigan suxbat bir necha maqsadni kо‘zlaydi:
1) bola psixik taraqqiyotining umumiy xolati xaqida tо‘liq muxokama, aniqlangan qiyinchiliklarning sababi, darajasi, harakteri xaqida shartli oldindan aytib berish;
2) kо‘rsatiladigan yordamning aniq sistemasini yoki maxsus tuzatish dasturini birgalikda ishlab chiqarish;
3) ota-ona muammolarini, ularning bola qiyinchiliklariga munosabatini muxokama qilish;
4) keyingi uchrashuvlarni (zaruriyat tug‘ilsa) rejalashtirish.
Qator amerikalik olimlar ota-onalar bilan maslaxatchinng sо‘nggi suxbatida 4 asosiy bosqichni kо‘rsatadilar va ularni о‘tkazish bо‘yicha quyidagicha tavsiflar beriladi. Bir vaqtning о‘zida xam ikkala ota-ona bilan suxbat о‘tkazish maqsadga muvofiq, chunki bu bola xayoti xaqida har tomonlama va tо‘g‘ri ma’lumot olishga yordam beradi, bundan tashqari ota-onalarga bola taqdiri uchun umumiy javobgarlikni xis qilish imkonini beradi.
Suxbat boshida bola muammosini, ularni qizqtiruvchi masalalarni erkin, ochiqchasiga muxokama qilishga undash zarur. Bola qiyinchiliklarining sabablari, ularni xal qilish vositalari, qanday yordam kо‘rsatish, bola oldiga qanday maqsad qо‘yish mumkinligi, kelajakda nima bilan shug‘ullanishi mumkinligi xaqida ularning fikrlarini, tasavvurlarini xam aniqlash muxim. Suxbatning ikkinchi bosqichida psixologik tekshiruv natijalari bilan tanishtiriladi. Aniq, olingan malumotlar bola qiyinchiliklarining harakteri va darajasi xaqidagi notо‘g‘ri tasavvurlarni yengib chiqishga yordam beradi. Bola qiyinchiliklari xaqida tо‘g‘ri tasavvur xosil qilishga intilish lozim. Shundan sо‘ng (uchinchi bosqich) harakatlarning maxsus dasturi muxokama qilinadi. Suxbat sо‘ngida ota-onalarning bola muammolariga munosabati muxokama qilinadi va keyingi uchrashuvlar rejalashtiriladi. Suxbat jarayonida ularga nisbatan xurmat, tushunish, iliq munosabatda bо‘lishi muhim. Suxbatning maxsuldorligi, ota-onalarning maslaxatchidan olgan tavsiya va ma’lumotlari asosida harakat kilishlari bilan baholanadi. Tajribalarning kо‘rsatishicha, ota-onalarning u yoki bu aniq tarbiyaviy harakatlarni psixolog-maslaxatchi tomonidan ijobiy baxolash ularning uz kuchlariga ishonchini oshiradi. Suxbatgacha ota-onalarda paydo bо‘lgan notо‘g‘ri tasavvurlarni о‘zgartirishga bir suxbatning о‘zi yetarli emas. Buning uchun bir necha uchrashuvlar talab qilinadi, g‘arb davlatlarining psixologlari aniq vaziyatlarni, о‘zaro munosabatlarni muxokama qilishi uchun mijozlarning uylariga borib maslaxat beradilar. Shu bilan birga ota- onalar bilan mashg‘ulotlarning har xil guruhiy turlari kо‘proq qо‘llaniladi.
U yoki bu kamchiliklari bor bola, bolaligicha qolishini, uning yoshidagi barcha bolalar singari extiyojlarga egaligini ota-onalarga tushuntirish juda muximdir. Bu yerda notо‘g‘ri tarbiyaning turli shakllari juda zararlidir. Bu bilan bog‘liq ravishda maslaxat berish amaliyotida har bir muammo bо‘yicha taraqqiyot jarayoni yosh davriga mosligi, uning yetakchi faoliyati va boshqalar xaqidagi masalani muxokama qilish zarur. Mavjud qiyinchiliklarni yengishga qaratilgan faollik bolaning extiyojlari va qiziqishlarini man qilish xisobiga amalga oshirilmasligi kerak. Ota-onalarga bunday holatni tushuntirish, bola uchun og‘ir oqibatlarga olib keladigan keng tarqalgan pedagogik xatolarning oldini olish imkonini beradi. (Masalan, kichik maktab о‘quvchisi yoki о‘smirni tengdoshlari bilan о‘ynatmasdan, faqat о‘qish bilan shug‘ullanishga majburlash).
Psixolog maslaxat berish jarayonida muammoni faqat kmuloxazaga asoslanib taxlil qilish bilan chegaralanmasligi kerak. Bolaning yaqinlaridan, uning uchun qо‘rqish, xavotirlanish xissini yо‘qotish va bir vaqtdan bola extiyojlariga sezgirlikni kuchaytirish, uning qiyinchiliklarini chuqur tushuntirish psixologning asosiy vazifasi xisoblanadi. Psixolog ota-onalarda xavotirlanish, aybdorlik, ruhiy siqilish xislari mavjudligini sezgirlik bilan payqash va bu xissiyotlarni ifodalashga ularga imkon berish lozim.
Aybdorlik xissini yuqotishga qiyinchiliklarni taxlil qilish yо‘li bilan yordam berish eng yaxshi yul xisoblanadi. Kasallikning vujudga kelishidan aybdor bо‘lmasalarda kasal bolalarning ota-onalaridan yashirin aybdorlik xissi mavjudligini nazarda tutish kerak. Iliq, ochiqchasiga suxbatlasha olmaydigan psixoterapevtlargina emas, maslaxatchi-psixologlar xam bemorlarning xolatini yomonlashtirishi mumkin. (Bu faqat bolalarga emas, ularga g‘amxо‘rlik qiluvchi kattalarga xam tegishlir).
Har kanday psixoterapevtik suxbat xam, maslaxatchining ota-onalari bilan suxbat xam bola shaxsini, uning muammolarini har tomonlama, chuqur va tо‘g‘ri tushunishni о‘z oldiga asosiy maqsad qilib qо‘yadi. Bu bilan bog‘liq ravishda ota-onalar bilan ishlashda quyidagi tavsiyalar bildiriladi: bolani tekshirish chog‘ida olingan aniq natijalarni chuqur muxokama qilish- bu kо‘pincha maslaxatchi xulosalariga katta ishonch tug‘diradi; ota-onalar aniq, tushunarli tilda yozilgan psixologik xulosani qо‘llariga olishlari kerak, yoki xulosa va tavsiyalarni о‘zlari yozib olishlari mumkin, chunki bu maslaxat natijalarini о‘ylashga, xulosalardan kelib chiqib, aniq choralar izlashga, ularning tо‘g‘riligini bolaning keyingi xulq-atvorida tekshirishga imkon beradi.
Nazorat savollari:

  1. Ota-onalar bilan ishlashda maktab psixologining asosiy maqsad va vazifalari qaysilar?

  2. Ota-onalarning psixologga murojaat qilishiga sababchi asosiy muammolar?

  3. Ota-onalarga maslahat berish shakllari?

  4. Ota-onalar ta'limi: maqsad va vazifalari?

Download 27.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling