4 mavzu: Mantiq Seminar rejasi
Download 196.59 Kb.
|
4 maruza
3-savol bayoni: Fan bilimlarning muayyan sistemasidan iboratdir. Bilimlar o‘rtasidagi aloqadorlik, izchillik va tartibni, ularning chin yoki yolg‘onligini bevosita ko‘rib bo‘lmaydi. Agar buning iloji bo‘lsa, unda hech qanday dalil va isbotga hojat qolmas edi. Holbuki, ko‘pgina ilmiy bilimlarni aniqlash dalillash yoki isbot qilishni taqozo etadi.
Ilmiy bilimlarning faqat bir qismi isbot talab qilmaydi. Bu aksiomalardir. Chunki ular tajribada allaqachon tekshirilib tasdiqlangandir. Qolgan aksariyat ko‘pchilik bilimlar esa isbot va dalilga muhtojdir. Shuning uchun dalillash va isbot bilimlar chinligi, haqqoniyligi va to‘g‘riligini aniqlashning muhim shartidir. Asossiz fikr g‘ayriilmiy fikrdir. Shunday qilib, ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarimiz isbot va yetarli asosga tayanmog‘i lozim. Isbot xulosa chiqarish orqali amalga oshiriladi. Masalan, suvning elastik jism ekanligi to‘g‘risidagi fikrning chinligini aniqlash uchun uni quyidagicha isbot qilamiz: Suv suyuqlikdir. Suyuq jismlarning barchasi elastikdir. Demak, suyuqlikdan iborat bo‘lgan suv ham elastikdir. Bu misoldan ravshanki, biror fikrning isboti uchun boshqa ma’lum, isbotlangan, aniq fakt va dalillar, fikrlar asos qilib olinadi. Bu dalillash yoki isbotlashdir. Dalillash - bu qaysidir hukmning haqiqatligini boshqa haqiqiy va u bilan bog‘liq hukmlar yordamida asoslashdan iborat mantiqiy operatsiyadir. “Dalillash” atamasi protsessual huquqda ikki ma’noda ishlatiladi: Jinoyat yoki fuqarolik ishining muhim jihatlari haqidagi axborotning tashuvchilari bo‘ladigan faktik holatlarni ifodalash uchun (masalan, ayblanuvchining jabrlanuvchi nomiga bildirgan do‘q-po‘pisasi; jinoyat sodir etilgan joyda qoldirilgan izlar va shu kabilar); Ishga tegishli bo‘lgan faktik holatlar haqidagi axborot manbalarini ifodalash uchun (masalan, guvohlarning ko‘rsatmalari, yozma hujjatlar va shu kabilar). Dalillanganlik talabi sudda ishlarning ko‘rib chiqilishidagi bilimga ham qo‘yiladi; agar jinoyat yoki fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarori sudda ishning ko‘rib chiqilishi jarayonida ob’ektiv va har tomonlama asoslangan bo‘lsa, unda bunday qaror adolatli hisoblanadi. Dalil dalillash jarayonining turlaridan biridir. Mantiqiy uslublar bilan bir qatorda ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan nutqiy, emotsional-psixologik va boshqa nomantiqiy uslublar va usullar qo‘llaniladigan qandaydir hukmlarni asoslaydigan operatsiya dalillash deyiladi. “Dalillash” tushunchasi “dalil” tushunchasiga nisbatan ancha keng (jinsli) tushunchadir. Isbot ikki xil bo‘ladi: 1) moddiy (ashyoviy) va 2) mantiqiy isbot. Moddiy isbot buyum va hodisalarning tabiiy xossa-xususiyatlari asosida ish ko‘radi. U ko‘pincha tabiiy va texnikaviy tadqiqotlarda, sud-meditsina ekspertizasida ishlatiladi. Mantiqiy isbot fikrlar, hukmlar va xulosalar orqali tafakkur qonunlari, qoidalari yordamida isbot qilishdir. U isbotning oliy turidir. Chunki ashyoviy (moddiy) isbot natijalarini tafakkurda umumlashtirish, mantiqiy tahlil qilish ishlari ham mantiqiy isbotni talab qiladi va u orqali amalga oshiriladi. Mantiqiy isbot biror fikr yoki bilimning chinligini boshqa hukmlar, fikrlar va bilimlar yordamida asoslab berishdir. Download 196.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling