4 mavzu: Mantiq Seminar rejasi
Tanlab olish usuli jihatidan
Download 196.59 Kb.
|
4 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy induksiya
- Analogiya (qiyos)
Tanlab olish usuli jihatidan to‘liqsiz induksiya ikki turga bo‘linadi: a) oddiy sanash induksiyasi (enumerativ induksiya yoki ommaviy induksiya), b) istisno qilish yo‘li bilan hosil qilingan (eliminativ) yoki ilmiy induksiya.
Ommaviy induksiya bir-biriga o‘xshash hodisa qayta-qayta takrorlansa, u hamma vaqt shu tarzda hosil bo‘ladi, degan xulosaga asoslanadi. Masalan: ba’zan kun botgandan so‘ng osmonda qizil shafaq hosil bo‘ladi. Bundan ertaga shamol esishi mumkinligi taxmin qilinadi. Ilmiy induksiya jarayonida kuzatilgan fakt va hodisalar chuqur, har tomonlama tekshiriladi, tahlil qilinadi. Tasodifiy, ikkinchi darajali, nomuhim, nozaruriy belgilar, aloqalar tashlanib, zaruriy, eng muhim, barqaror belgilar, aloqalar e’tiborga olinadi. Voqea-hodisalarning ichki sababiyatlari, qonuniyatlari, mohiyati ochiladi. Shu orqali ilmiy nazariyalar vujudga keladi. Analogiya (qiyos) buyum va hodisalarning o‘xshashligi va tafovutini bilish uchun qo‘llaniladigan usul bo‘lib, unda juz’iy bilimdan juz’iy bilimga qarab xulosa chiqariladi. Analogiya traduktiv (lot. traductio – joylashtirish) xulosa chiqarishdir. Analogiya yo‘li bilan buyumlarning o‘xshash belgilariga asoslanib, ehtimoliy xulosa chiqariladi. Masalan: Yer va Mars planetalari bir-birlariga o‘xshash xususiyatlarga ega. Chunonchi, bahor va yoz oylarida bu planetalarning ustki qismi ko‘m-ko‘k rangga, kuzda sariq, qishda esa oq rangga ega bo‘ladi. Bu o‘xshashlikdan xulosa chiqarib, ehtimol, Marsda ham Yerdagidek organik hayot mavjuddir, degan fikrga kelamiz. O‘xshatiladigan yoki qiyoslanadigan ob’ektlar xarakteriga ko‘ra ikki xil analogiyani farqlaydilar: a) narsalar analogiyasi va b) munosabatlar analogiyasi. Narsalar analogiyasi ikki yakka buyum va hodisani solishtirib xulosa chiqarish usulidir. Masalan: nur va tovush o‘zaro o‘xshash bo‘lgan to‘lqinli tabiatga ega. Munosabatlar analogiyasi bir juft buyum va hodisalarning o‘xshash munosabatlariga asoslanib xulosa chiqarishdir. Masalan, ota va o‘g‘il, bobo va nevara, ustoz va shogird o‘rtalaridagi munosabatlar. Analogiyaning yana quyidagi turlari mavjuddir: a) oddiy (sodda) analogiya – buyum va hodisalarning o‘xshash belgi va xususiyatlaridan ularga xos umumiy belgi va xususiyatlar to‘g‘risida xulosa chiqarish. Masalan, temir va berilliy deyarli bir xil fizik xossalarga ega. b) keng tarqalgan analogiya – hodisalar o‘xshashligidan ularni vujudga keltirgan sabablar, sabablar o‘xshashligidan esa ularga xos o‘xshashliklar harakati to‘g‘risida xulosa chiqarish. v) qat’iy analogiya – ikki buyumning bir umumiy belgi bo‘yicha o‘xshashlgidan boshqa belgi bo‘yicha o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqarish. g) qat’iy bo‘lmagan analogiya – bir belgidan boshqa belgilar to‘g‘risida xulosa chiqarish Analogiya fan va texnikada modellashtirishning mantiqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi Download 196.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling