4 mavzu: Mantiq Seminar rejasi


Tezisni quyidagi besh usul orqali rad etish mumkin


Download 196.59 Kb.
bet23/30
Sana24.02.2023
Hajmi196.59 Kb.
#1227210
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
4 maruza

Tezisni quyidagi besh usul orqali rad etish mumkin:
1. Opponent (muxolif) o‘rtacha tashlagan tezisni rad etish uchun fakt va dalillar keltirish.
2. Muxolif o‘z tezisiga asos qilib olgan dalillarni tadqiq qilish.
3. Rad qilinuvchi isbot tezisining chinligi tezisni tasdiqlash uchun keltirilgan dalillardan kelib chiqmasligini isbot etish.
4. Rad qilinuvchi tezisga zid bo‘lgan yangi tezisni mustaqil ravishda isbot etish.
5. Rad qilinuvchi tezisning o‘zining noto‘g‘riligini isbot qilish.
Isbot va raddiya qoidalari turli munozara va muhokamalarda keng qo‘llaniladi.
Munozara (diskussiya) deb bahsli masalalarni muhokama qilish va hal etish uchun zarur bo‘lgan usulga aytiladi. Munozara isbot va raddiya, fikr-mulohaza yuritishning mantiqiy qonun-qoidalariga asoslanadi. Shuningdek, munozarani olib borish va unda amal qilinishi lozim bo‘lgan axloqiy qoidalar (etik normalar) ham mavjuddir.
Bahs yuritish san’ati (eristika) o‘ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi.
Bularga asosan quyidagilar kiradi:
– zaruriyatsiz bahslashmaslik;
– mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni o‘zgartirmaslik;
– bahs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‘lmasa, bahsni to‘xtatish;
mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish;
– bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘zining va muxolifining fikrlaridan xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri bo‘lsa, isbotlashning ham to‘g‘riligini e’tirof etish va h.k.;
– bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormaslik.
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi.
Bilishning maqsadi qayd qilingan hodisalarning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Buni hamma vaqt ham mavjud tasavvurlar, prinsiplar yordamida amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilish jarayonida ma’lum bir ziddiyatlar, birinchi navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qilish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo bo‘ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal qilishda, fanda esa tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vujudga keladigan juda ko‘p masalalar ularni yechishga yangicha yondashishni taqozo etadi. Muammoli vaziyat, masalan, tabiatshunoslikda XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik hodisasining qayd qilinishi, elektronning kashf etilishi, nurlanishning kvant xususiyatga egaligining asoslanishi va shu kabi kashfiyotlar natijasida vujudga kelgan. Uning mohiyatini tabiatshunoslikning, birinchi navbatda, fizikaning mavjud qonunlari va prinsiplarining yangi qayd qilingan hodisalarni tushuntirish uchun yetarli emasligida, deb bilmoq zarur.
Shuni ham aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ichki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari va metodlarini tushuntirish, matematikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish sohalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi.
Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo‘lishi yoki ana shu ilmiy tasavvurlarning o‘zining yetarli darajada tizimga solinmaganligi, yaxlit bir ta’limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir.
Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish taraqqiyotining turli bosqichlari va bo‘g‘inlarida olam hamda uni bilish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o‘zgartirishning ob’ektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin
Muammo deb o‘rganilishi va hal qilinishi zarur bo‘lgan nazariy yoki amaliy masalaga aytiladi.
Muammo har bir ilmiy nazariya va faraziy fikr uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 196.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling