4 mavzu: Mantiq Seminar rejasi
Farazlar chin bo‘lishining mantiqiy-metodologik shartlari
Download 196.59 Kb.
|
4 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- N azariyaning turlari
Farazlar chin bo‘lishining mantiqiy-metodologik shartlari quyidagilardir:
1.Faraz darajasiga ko‘tarilgan fikr real jarayonlar, ilmiy qonun va nazariyalarga mos bo‘lishi lozim. 2. Faraz tekshiriluvchan, tadqiq etiluvchan bo‘lishi lozim. 3. Faraz keng miqyosdagi hodisalarga tatbiq etilishi lozim. 4. Faraz imkoni boricha siqiq, ixcham, lo‘nda tarzda ifodalangan bo‘lishi lozim. Farazlar tajribada tasdiqlangach, ilmiy nazariyaga aylanadi. Nazariya deb tajribada, ijtimoiy-tarixiy praktikada, ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotda vujudga keladigan bilimlarni umumlashtirish, sistemaga solish jarayoni va natijasiga aytiladi. Nazariya insonning ma’naviy faoliyati, ob’ektiv borliqning inson ongidagi ma’naviy-g‘oyaviy aksi sifatida uning moddiy ishlab chiqarish faoliyatiga nisbatan ikkilamchidir. U olamni bilish va o‘zgartirishning muhim vositasidir. Nazariya ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat. Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar). Nazariyaning turlari: Ilmiy nazariyaning juda ko‘p turlari mavjud. Ularni turli xil asoslarga ko‘ra tasniflash (turkumlash) mumkin. Xususan, qurilish metodiga ko‘ra nazariyalarni to‘rt turga ajratish mumkin: 1) tajriba bilan ish ko‘radigan fanlarning mazmundor nazariyalari; 2) gipotetik-deduktiv (yoki yarim aksiomatik) nazariyalar; 3) aksiomatik nazariyalar; 4) formallashgan nazariyalar. Download 196.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling