4 mavzu: Mantiq Seminar rejasi


Download 196.59 Kb.
bet2/30
Sana24.02.2023
Hajmi196.59 Kb.
#1227210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
4 maruza

Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi.
Hissiy va aqliy bilish o‘zaro uzviy birlikni tashkil etadi. Shuning uchun ularni doimo o‘zaro aloqada, bog‘liqlikda olib qarash va o‘rganish zarur. Ularni bir-biridan ajratib tashlash, bir-biriga qarama-qarshi qilib qo‘yish holatlari ham bo‘lganki, bunday holatlar sensualizm va ratsionalizm kabi noto‘g‘ri, biryoqlama oqimlarni vujudga keltirgan.
Tafakkurning mantiqiy tarkibini ikki tomon tashkil etadi: 1) mazmuni va 2) mantiqiy shakli
Tafakkurning mazmuni deb unda aks etgan buyum va hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarga aytiladi.
Tafakkurning mantiqiy shakli deb fikrlarimizning ichki muntazamligi, muayyan bog‘lanishi va izchilligiga aytiladi.
Fikrning tuzilishi deb uning ichki ko‘rinishi, uni tashkil etadigan qismlarning o‘zaro aloqasi usuliga aytiladi.
Fikrlarimiz tuzilishi, qurilishini aniqlash jarayoni formallashtirishdir. Formallashtirish jarayoni tafakkur shakllari va qoidalarini turli ramziy, shartli formulalar, sxemalar va belgilar orqali ifodalashdir. U tafakkurning shakli bilan birgalikda uning mazmunini ham hisobga olishni taqozo qiladi.
Tafakkurning mantiqiy shakli va mazmuni uzviy birlikni tashkil qiladi. Fikrning to‘g‘riligi, haqqoniyligi uning mantiqiy shaklining to‘g‘riligiga va aksincha bog‘liqdir. Masalan:
Har qanday metall elementdir.
Temir metalldir.
Demak, temir elementdir.
Bunda fikrning mazmuni chin, uning mantiqiy shakli esa to‘g‘ri qurilgan, bir-biriga o‘zaro mosdir. Ammo ba’zan fikrning mantiqiy shakli izchil, to‘g‘ri qurilgan bo‘lsa ham, uning mazmuni yolg‘on, xato bo‘ladi. Masalan:
Barcha odamlar yaxshi odamlardir.
Bezori odamdir.
Demak, bezori yaxshi odamdir.
Bunda fikrning mantiqiy shakli to‘g‘ri, izchil, muntazam qurilgan bo‘lsa ham, ammo uning mazmuni xatodir. Chunki unda «Barcha odamlar yaxshi odamlardir», degan umumiy asos xato bo‘lganligi sababli «Bezori yaxshi odamdir», degan yolg‘on xulosa chiqadi.
Demak, tafakkurning mantiqiy shakli va mazmuni har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Ular o‘rtasida ziddiyat, nomuvofiqlik ham mavjuddir.
Mantiq tafakkurning mantiqiy shakllari, yo‘llari, usullarini o‘rganish bilan birgalikda to‘g‘ri aytilgan fikrlarning barchasi uchun bir xil umumiy qonunlarni ishlab chiqadi.

Download 196.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling