4 mavzu: Mantiq Seminar rejasi


Hukm deb buyum va hodisada biror belgi mavjudligini tasdiqlovchi yoki mavjud emasligini inkor etuvchi tafakkur shakliga aytiladi


Download 196.59 Kb.
bet9/30
Sana24.02.2023
Hajmi196.59 Kb.
#1227210
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
4 maruza

Hukm deb buyum va hodisada biror belgi mavjudligini tasdiqlovchi yoki mavjud emasligini inkor etuvchi tafakkur shakliga aytiladi.
Hukm tafakkurning tushunchadan keyingi ikkinchi mantiqiy shaklidir. Har bir hukm tushunchalar orqali hosil bo‘ladi.
Hukmning mantiqiy tarkibini uch qism tashkil etadi:
1. Sub’ekt. 2. Predikat. 3. Bog‘lovchi.
Sub’ekt (lot. subjectum – mantiqiy ega) deb hukmda fikr yuritilayotgan buyum yoki hodisa to‘g‘risidagi fikrga aytiladi. Sub’ekt lotincha subjectum so‘zining bosh harfi S bilan belgilanadi.
Predikat deb buyum va hodisadagi belgi, xususiyat va aloqa to‘g‘risidagi fikrga aytiladi. U lotincha praedicatum (mantiqiy kesim) so‘zining bosh harfi R bilan belgilanadi.
Bog‘lovchi sub’ekt bilan predikatni bir-biri bilan bog‘lab turishga xizmat qiladi. Bog‘lovchi og‘zaki nutqda sukut (pauza), intonatsiya, yozma nutqda esa -dir, emas qo‘shimchalari, ba’zan esa tire (–) orqali ifodalanadi. Masalan: «tarix fandir» degan hukmda tarix – sub’ekt, fan – predikat, - dir esa bog‘lovchidir. Formulasi: S-P dir. Inkor shaklida S-P emas bo‘ladi. Masalan: Ahmedov a’lochi emas.
Hukmning sub’ekti va predikati uning terminlari deyiladi. Har qanday sodda va yakka hukmda ikkita termin (sub’ekt va predikat) mavjuddir. Bog‘lovchi termin tarkibiga kirmaydi.
Hukm va gap o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Har bir hukm gap va gaplar orqali ifodalanadi, har bir gapda ma’lum ma’no bo‘ladi. Gapsiz hukm bo‘lmaydi. Ammo hukm bilan gap bir xil narsalar emas, ular o‘rtasida farqlar ham mavjud:
1. Gap hukmning lisoniy shakli va tashqi ifodasidir. Hukm esa gapning ichki, mantiqiy mazmunidir.
2. Gap moddiy xarakterga ega, ya’ni uni aytganda eshitamiz, yozganda ko‘ramiz. Hukm ma’naviy xarakterga ega, ya’ni uni na eshitamiz, na ko‘ramiz.
3. Har bir hukm gap orqali ifodalanadi. Ammo barcha gaplar ham hukmlarni ifoda qilavermaydi. Odatda darak va undov gaplar hukmlarni ifodalaydi. So‘roq gaplar esa hech qanday hukmlarni ifoda qila olmaydi.
4. Hukmning mantiqiy tarkibi uch qismdan (sub’ekt, predikat va bog‘lovchi) iborat. Gaplar esa bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklardan ham tashkil topadi.
5. Gap grammatika, hukm esa mantiq tomonidan o‘rganiladi.

Download 196.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling