4 mavzu: Mantiq Seminar rejasi
Download 196.59 Kb.
|
4 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbatdosh tushunchalar
- Ijobiy (musbat) tushunchalar
- 2. Hajmiga ko‘ra
- Yakka tushunchalar
Konkret tushunchalar buyum va hodisalardagi asl, tub belgilarni yaxlit holda aks ettiradi. Masalan: to‘lqin, adabiyotshunos, ob-havo, O‘zbekiston.
Abstrakt (mavhum) tushunchalar buyum va hodisalardagi ayrim belgilarni aks ettiradi. Masalan: qizillik, shirinlik, a’lochi, go‘zal. Nisbatdosh tushunchalar juft tushunchalar o‘rtasidagi muayyan aloqadorlikni ifodalaydi. Masalan: o‘qituvchi va o‘quvchi, oshpaz va xo‘randa, sotuvchi va xaridor. Ular bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Nisbatsiz tushunchalar o‘zaro aloqadorlik, o‘xshashlik va umumiy belgilarga ega bo‘lmagan tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: sevgi, mashina, o‘g‘it, haqiqat, tuproq. Ular bir-birisiz ham mavjud bo‘ladi. Ijobiy (musbat) tushunchalar buyum va hodisada ma’lum bir belgi mavjudligini aks ettiradi. Masalan: mazmunli, serhosil, shoxdor, gapdon, chaqqon, go‘zal, tez harakat. Salbiy (manfiy) tushunchalar buyum va hodisada biror belgi mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan: beg‘am, noaniq, ta’msiz. Kategoriya deb ilmiy mazmunga, qimmatga ega bo‘lgan fan tushunchalariga aytiladi. Har bir fanning o‘z kategoriyalari mavjuddir. 2. Hajmiga ko‘ra tushunchalar jins va tur tushunchalarga bo‘linadi. Hajm jihatidan keng bo‘lgan tushunchalar jins tushunchalar deyiladi. Hajm jihatidan tor bo‘lgan tushunchalar tur tushunchalar deyiladi. Masalan: «shahar» tushunchasi «Termiz» tushunchasidan keng bo‘lganligi uchun jins tushunchadir, «Termiz» esa tur tushunchadir. 3. Hajm tafovutiga ko‘ra tushunchalar yakka, umumiy va to‘planma tushunchalarga bo‘linadi. Yakka tushunchalar bir buyum yoki hodisaga xos belgilarni ifodalaydi. Masalan: Toshkent, Gulnora, birinchi kosmonavt Yu. Gagarin. Umumiy tushunchalar bir jinsdan bo‘lgan ko‘p buyum va hodisalarni ifodalaydi. Masalan: yulduz, kitob, maktab, hosil. To‘planma tushunchalar bir jinsdan bo‘lgan buyum va hodisalar to‘plamini yaxlit holda ifodalaydi. Masalan: o‘rmon (daraxtlar o‘sadigan yer), kutubxona (kitoblar to‘plangan joy), don (bug‘doy arpa, sholi). Tushunchalar o‘rtasida turli munosabatlar mavjuddir: Download 196.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling