4 mavzu: Mantiq Seminar rejasi


Bavosita xulosa chiqarish


Download 196.59 Kb.
bet17/30
Sana24.02.2023
Hajmi196.59 Kb.
#1227210
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
4 maruza

Bavosita xulosa chiqarish ikki yoki undan ortiq asoslar orqali sodir bo‘ladi. Masalan:
Barcha fanlar olam va uning qonunlarini o‘rganadi.
Fizika fandir.
Demak, fizika olam va uning qonunlarini o‘rganadi.
2.Asoslar va xulosaning xarakteriga, ya’ni fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: deduktiv, induktiv va traduktiv (analogiya) xulosa chiqarishlar.
Deduktiv xulosa chiqarish (lot. deductio – keltirib chiqarish) deb umumiy hukm, bilimlardan xususiy hukm, bilimlarga o‘tish orqali xulosa chiqarishga aytiladi. Masalan:
Barcha fanlar o‘z tadqiqot ob’ektlariga ega.
Tarix – fan.
Demak, tarix o‘z tadqiqot ob’ektiga ega.
Deduktiv xulosa chiqarish asoslari xarakteri jihatidan oddiy (sodda yoki qat’iy) hamda murakkab hukmlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Deduktiv xulosa chiqarishning eng oddiy shakli qat’iy (kategorik) sillogizmdir.
Sillogizm (grekcha syllogismos – sanab chiqish) deb deduktiv xulosa chiqarishning shunday shakliga aytiladiki, unda umumiy termin bilan bog‘langan ikki qat’iy (sodda) hukmlardan yoki asoslardan uchinchi hukm –xulosa chiqariladi.
Sillogizmda umumiy hukmdan juz’iy hukmga qarab xulosa chiqariladi.
Sillogizmning asoslari chin bo‘lsa, xulosasi ham doim chin bo‘ladi. Agar asoslardan biri ehtimoliy bo‘lsa, xulosa ham ehtimoliy bo‘ladi. Masalan:
Barcha shoirlar she’r yozishadi.
Karimov, ehtimol, shoirdir.
Demak, Karimov, ehtimol, she’r yozadi.
Sillogizm aksiomasi. Sillogizm tarkibini chin hukmlar, bilimlar tashkil qiladiki, ular aksiomatik xarakterga ega, ya’ni isbotlangan, dalillangan, qo‘shimcha isbotni talab etmaydigan bilimlar bo‘ladi. Shu sababli sillogizmning xulosasi ham isbot talab qilmaydigan haqqoniy bilimdan iboratdir.
Sillogizmning mantiqiy tarkibini uch hukm tashkil etadi. Ulardan ikkitasi asoslar, uchinchisi esa xulosa bo‘lib hisoblanadi. Asoslar bilan xulosa tarkibiga kiradigan tushunchlar sillogizmning terminlari deyiladi. Sillogizmda uch termin mavjuddir: 1. Katta termin –xulosaning predikati – R. 2. Kichik termin – xulosaning sub’ekti – S. 3. O‘rta termin – katta va kichik terminlarni bog‘lab turadi. U lotincha MEDIUM (o‘rta, vositachi) so‘zining bosh harfi M bilan belgilanadi. O‘rta termin xulosa tarkibiga kirmaydi.
Terminlarni o‘z ichiga olishlariga qarab asoslar ham katta yoki kichik bo‘ladi. Katta terminni o‘z ichiga olgan asos katta asos, kichik terminni o‘z ichiga olgan asos kichik asos deyiladi. Katta asos xulosaning predikatini (P) o‘z ichiga oladi. Kichik termin xulosaning sub’ektini (S) o‘z ichiga oladi: Masalan:
Roman (M) prozaik asardir (P).
«Qullar» (S) romandir (M)
Demak, «Qullar» (S) prozaik asardir (P).
Bunda 1-asos katta asos, 2-asos kichik asosdir. Shunga muvofiq sillogizmning umumiy formulasi quyidagicha bo‘ladi:
M-P S-M
S-M yoki M-P P-M-S
S-P S-P



Download 196.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling