4-mavzu. Mayya va slavyan xalqlarpi kalendarlari (2 соат) Режа: Mayya kalendari
Download 491.14 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu. Mayya va slavyan xalqlarpi kalendarlari
4.2.Slavyan xalqlari kalendarlari. Bizgacha slavyanlar kalendarlari
haqida aniq ma'iumotlar yetib kelmagan bo'lsa-da, ular qadimdan yilni fasllarga ko'ra hisoblashgani to'g’risida ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan. Slavyanlarda an’anaviy urf-odatlarga ko'ra tuzilgan kalendarlar asosida amalga oshirganlar. Bu bayramlar xristian dinini qabul qilinganidan so'ng ham saqlanib qoldi. Shunday bayramlardan bahorning kirib kelishi bilan «maslennitsa», «kupala» (Quyoshning yozgi tik turishi davrida) «kolyada» (Quyoshning qishki tik turishi davrida)lar nishonlangan. XVI-XVII asrlarda yil to'rt faslga bo'lib hisoblangan. 25-martdan 24- iyungacha bahor, 25-iyundan 24-sentabrgacha yoz, 25-sentabrdan 24- dekabrgacha kuz, 25-dekabrdan 24-martgacha qish hisoblangan. Slavyanlar yillarni oylarga bo'lganlar va turli hududlarda oylarni turlicha ataganlar. Bu oy nomlari bugungi kungacha zamonaviy ukrain, belorus tillarda saqlanib qolgan. Mart - «berezozol» qayinning gullashi, «sokovik» (qayinning sok qilish vaqti) deb atalgan. Aprei - «sveten» (gullash davri) deb, may - «traven» (o'tlarning ko'm-ko'k bo'lgan davri), iyun - «cherven» (gilosning pishishi). iyul - «lipes» 2 Альберто Рус. Народ майя. М., 1986. стр 152-160. O'o'ka daraxtining gullashi), avgust - «serpen» (o'rim vaqti). sentabr - «veresen» (archagulning gullashi), oktabr - listopad (xazonrezgi), noyabr - «gruden» (yerning muzlashi), dekabr - «studen» (ayoz, sovuq), yanvar - «prosinez» (qishning bulutli kunlaridan so'nggi tiniq osmon), fevral - «lyutiy» (qahraton, sovuq), snejen - (qalin qor) deb nomlangan. Slavyanlarda kalendar yilini astronomik yilga to'g'rilash maqsadida o'n uchinchi qo'shimcha oydan ham foydalanilgan. Qo'shimcha o'n uchinchi oyni o'n to'qqiz yillik yillik siklga ko'ra hisoblaganlar. Ba'zi vaqtlarda o'n uchinchi oyni hisoblashda chalkashliklar yuzaga kelgan. Shuning uchun xalq o'n uch soni (hozirgi kungacha)dan bezib qolgan. X asr oxirlarida Rusga xristian dini bilan birga Yulian kalendari ham kirib keldi. Shuningdek, Rusda birinchi marta Rim kalendari oy nomlari va yetti kunlik haftadan ham foydalanila boshlandi. Rusga xristianlikning kirib kelishi natijasida Qadimgi Rus erasi tushunchasi ham ishlatila boshlandi. Ular Vizantiya variantidagi «dunyoning paydo bo'lishi» erasiniqabul qildi. Bu davrda xristianlarda uchta asosiy era keng tarqalgan edi. Bular Aleksandriya erasi (er.avv. 5443-uil 29-avgustdan boshlangan), Antiox erasi (er.avv. 5969-yil 1-sentabrdan). Vizantiya era (er.av. 5509-yil l-sentabrdan)laridir. Vizantiya erasi greklar tomonidan VII asrda qabul qilingan edi. X asr oxirlariga kelib, Qadimgi Rusda Vizantiya uslubidagi Yulian kalendari tarqalgan bo’lsa-da, mahalliy an'analar ham saqlanib qoldi. (ma-salan, ukrain, belorus va polyak tillarida bugungi kungacha xristianlikkacha qo'llanilgan oy nomlari saqlanib qolgan). Yulian kalendarining Rim uslubida yilning boshi birinchi yanvardan, Vizantiyada esa birinchi sentabrdan boshlangan. Yangi Rus kalendarida esa xristianlikdan oldin qabul qilingan 1-mart yilning boshi sifatida saqlanib qoldi. Qadimgi Rus yilini Vizantiya yili bilan taqqoslasak, u Vizantiya yilidan olti oy o'tib ketishi yo olti oy qolib ketishi mumkin edi. Agar Rus yili Vizantiya (sentabr) yilidan keyin boshlansa, orqada qolib ketardi. Bu Rus yil hisobi tarixchilar orasida «mart yili» yoki «mart uslubi» nomini oldi. Qadimgi Rus yili Vizantiya yilidan olti oy oldin boshlansa, oldinga o'tib ketardi. Bunday Qadimgi Rus yil hisobi «ultramart yili» yoki «ultramart uslubi» nomini oldi. Mazkur «mart» va «ultramart» yillari shartli ravishda qabul qilingan bo'lib, tarixiy manba va hujjatlarda bunday nom uchramaydi. Solnomalardan X-XII asr boshlarida mart uslubi ko'proq uchrashini kuzatish mumkin. XII—XIII asrlarda ikki uslub ham mavjud bo'lgan. XIV asrga kelib, mart va sentabr uslublari hukmronlik qilgan. XIV asr oxirlaridan-XVII asrgacha to'liq sentabr uslubiga o'tiladi. Mart uslubi, mart yili yanvar yilidan ikki oy keyin boshlangan. Agar mart yilining dastlabki o'n oyi (martdan dekabrgacha) Dionisiy erasining qaysidir yiliga mos kelsa. u holda o'sha yildagi yanvar va fevral (Qadimgi Rus yilining ikki oyi) Dionisiy erasidagi keyingi yanvar yiliga kiradi. Shunday qilib, «Dunyoning paydo bo'lishi» erasidagi mart yilini Yulian yiliga aylantirishda quyidagi formuladan foydalanamiz: D=B-5508-a bunda a - martdan dekabrgacha 0 ga, yanvar, fevralda 1 ga tengdir. D - Dionisiy erasidagi yilning tartib raqami, V - Vizantiya erasidagi yil. Download 491.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling