4-mavzu. Mayya va slavyan xalqlarpi kalendarlari (2 соат) Режа: Mayya kalendari
Download 491.14 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu. Mayya va slavyan xalqlarpi kalendarlari
4-mavzu. Mayya va slavyan xalqlarpi kalendarlari (2 соат) Режа: 1.Mayya kalendari. 2.Slavyan xalqlarpi kalendarlari 4.1.Mayya kalendari. Yaqin vaqtlargacha jahon madaniyati o'chog'i Afrika va Osiyo mamlakatlarigina sanalardi, biroq so'ngi o'n yilliklarda arxeologlar Markaziy Amerikada joylashgan Yukatan yarim orolida ibtidoiy madaniyat markazini topdilar. 1000ga yaqin mayya madaniyati shaharlari XX asrning 80-yili boshlarida topilib, lekin ularning hammasi tadqiq qilinmagan. Arxeologlar tomonidan, shuningdek, 3000 ta qishloqlar ham topilgan. Bu yerni aholisi qachonlardir asosan Mayya hundulari bo'lgan. Mayya hundulari miloddan avvalgi 1000 yildan mavjud bo’lib, ular qurgan tosh shaharlarning ayrimlari evropaliklar kelguniga qadar, ba’zilari undan keyin ham mavjud bo’lgan. Mayya svilizatsiyasining ba’zi shaharlari YUNESKOning “Butunjahon merosi” ob’ektlari royxatiga kiritilgan, bu shaharlar: Palenka, Chiche-Itsa, Meksikadagi Ushmal, Gvatemaladagi Tikal va Kirigua, Gondurasdagi Kopan, Salvadordagi Hoyya-Seren nomli vulqon ostidagi ko’milib ketgan va hozirda qazib olingan kichkina qishloq. Milodiy IX ashdayoq mayya hududlarining janubiy tumanlarida aholining keskin kamayishi yuz beradi. X asr o’rtalaridan toshdan imoratlar qurish ham to’xtatiladi. Buning sabablari ikki xil taxmin ya’ni ekologik muammolar va o’zaro urushlar bilan izohlanadi. Darhaqiqat Janubiy Amerikada yashovchi inklar ham o’zaro mansab talashish, jipslikning yo’qligi oqibatida tanazzulga yuz tutgan edi. 1 Bundan 500 yil muqaddam Amerika qit’asiga tashrif buyurgan sayyohlar, bosqinchilar qit’a aholisiga dinni, fan va madaniyatni targ’ib etmoqchi edilar. Baholanki Amerika kash etilishidan 500 yil muqaddam yo’q bo’lib ketgan “Mayya hundulari” deya nom olgan sivilizatsiya, o’zidan so’ng hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan bahs-munozarali sir-sinoatlar qoldirdi. Ular astranomiyada yil hisobi va xronologiyada ko'zga ko'rinarli chuqur bilimga ega bo’lishgan. Shuningdek mayyalarda erga ishlov berish, kulolchilik, 1 A.Do'stov. Inklar xazinasi. “Adolat kuchi” gazetasi. 10 noyabr 2005 yil. matematika, tibbiyot fanlari, teatr, adabiyot, yozuv, musiqa va qo’shiqchilik san’ati, haykaltaroshlik, me’morchilik madaniyati yuksak taraqqiy topgan. Mayyalar kalendar tizimini yaratib, boshqa xalqlarning kalendarlaridan kuchli farq qilganlar. Mayyalar kalendaridan Markaziy Amerikaning boshqa xalqlari ham foydalanishgan.Yozuvda ieroglif tizimi qo’llanilgan. Haykallarida ko’pgina yozuvlar saqlanib qolgan. Ular o’z hayotidagi muhim sanalarni, voqealarni tosh stolbaga (st'el o'yib unda sayyoralar, yulduzlar va vaqtni alohida ierogliflar bilan belgilaganlar. Markaziy Amerikani birinchi bo'lib «o'zlashtirishni» boshlagan ispanlar, bu yerda 40000 ga yaqin ehromlar borliginianiqlashdi. Ularning ba'zi birlarining balandligi 60 metrga yetardi. Amerikada o'ziga xos sivilizatsiyalar mavjud bo'lgan, ulardan esa astronomik kuzatishlar uchun maxsus ibodatxonalar, ehromlar qolgan. XVI asrda ispanlar Yukatanni bosib olganidan so'ng Mayya rnadaniyatiga oid yodgorliklarni vayron qildi. Mayya madaniyati yodgorliklarini Meksika birinchi arxiyepiskopi don Xuan de Sumaraga boshchiligidagi rohiblar vayron qilishda bosh-qosh bo'lishgan. Keyinchalik, shu davlatda ikkinchi arxiyepiskop bo'lgan Diego de Landa buyrug'iga asosan 1562-yilda yig'ilgan Mayyalar qo'lyozma kitoblari autodefa bayrami vaqtida yondirilgan edi. U bu haqida shunday yozgan: «Biz ularda mana shu harflar bilan yozilgan ko'p miqdorda kitoblar topdik. Ularda irim va shayton yolg'onlari bo'lishi mumkin bo'lgan hech narsa saqlanib qolmasligi uchun hamma narsani yoqib tashladik». Baqt o'tishi bilan Diego de Landa «Yukatandagi ishlar haqida» nomli kitobida Mayyalar tarixi va madaniyati haqida ma'lumotlar keltirgan, ularning yozuv elementlarini ta'riflagan, bir nechta ieroglarni keltirib ularning tarjimasini bergan. Ispan qiroli Karl IV ga sovg'a qilingan uchta Mayyalar qo'lyozmasi tasodifan saqlanib qolingan. Ulardan biri Drezden kutubxonasida, ikkinchisi Parijda, uchinchisi Madridda saqlanadi. Arxeologik qidiruvlar natijasida Mayyalarning 150 ga yaqin shaharlari ochilgan. Shuningdek, ieroglif yozuvlar ustunlarda, bino devorlarida, idishlarda va amaliy san'at buyumlarida topilgan. Shunday yozuvlarning 500 dan ortig'i ma'lum. Faqat bitta xonadondagi «ieroglif» zinasida 2000 dan ortiq belgilar tasvirlangan. Butun dunyo olimlari Mayyalar yozuvining sirlarini ularning o'ziga xos madaniyatini, jumladan, kalendarini o'rganish uchun juda ko'p mehnat qilishgan. Bu borada ko'p xizmat ko'rsatgan Y.B. Knorozovdir. U Mayyalar kalendari haqida shunday yozadi: «Qadimgi sanalarni, hozirgi kunda to'liq tushunishimiz mumkin. Lekin Mayyalar kalendaridagi hamma narsalar ham tushunarli emas». Ma'lumki, Mayyalar yilni ikki qismga bo'lgan; qurg'oqchilik davri (uni quyosh xudosi boshqargan) va yomg'ir davri (uni yomg'ir xudosi boshqargan). Mayyalar to’linoy vaqtini va yomg'irdan darak beruvchi qora bulutlarning yig'ilishini poylab, ekin ekishni, birinchi galda jo'xori ekishni boshlashgan. Mayyalar kalendari hisobining asosini «kin», ya'ni kun tashkil qiladi. Ular «blok»larga birlashgan va bunday «blok»lar bir nechta bo'lgan: Download 491.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling