4-mavzu. Mayya va slavyan xalqlarpi kalendarlari (2 соат) Режа: Mayya kalendari


Download 491.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana12.02.2023
Hajmi491.14 Kb.
#1190599
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu. Mayya va slavyan xalqlarpi kalendarlari

(Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.)
Mayyalar bir vaqtning o'zida sanalarni uzviy bog'lab, bir nechta kalendardan 
foydalanishgan. Ularda 260 kunli yil (uning shartli nomi solkin), 360 kunli yil 
(«tun») va 365 kunli yil («xaab») bo'lgan. 260 kunli solkin yilida yigirma kunli 


haftalar bo'lgan. Shuning uchun bunday yilda oy nomlari va hafta sanalari 
ma'lum bir qoida asosida tugallangan oraliq davrini hosil qilib qaytarilaveradi. 
Bir imish kuni (13 kunli haftaning birinchi kuni, yigirma kunli oyning birinchi 
nomi) yerga ishlov berishning boshlanish davri sifatida bayram qilingan.
Tun yili 18 ta 20 kunli oydan iborat edi (18-20 = 360). Qadimgi Mayyalar quyoshli 
yil davrini shunday tasavvur qilgan bo'lishi istisnodan xoli emas. Lekin vaqt o'tishi 
bilan Mayyalar bunday emasligiga ishonch hosil qilsa ham «tun» vaqtini aniqlash 
bo'yicha, yagona qulay usul sifatida undan voz kecha olmagan. Aksincha, bu yil 
Mayyalarning boshlang'ich sanadan boshlab kunlar sanasi asosi, xronologik birlik 
asoslari boiib qolganini biz quyida ko'rishimiz mumkin. Mayyalarning kalendarlari 
oylari nomida yerga ishlov berishning aniq davri, shu davri mobaynida bajarilishi 
lozim bo’lgan u yoki bu ishlar aniq berilgan. Shunday qilib, Mayyalar kalendarida 
Pop - «hukmdor bo'yrasi», Vo -«qurbaqa», Sip - «gunoh» (ovda qon to'kilishi), Sos 
-«ko'rshapalak», Sek - «jo'xori», Shul - «tamom», Yashkin - «yangi quyosh», Mol - 
«hosilni yig'ish», Chen - «quduq», Yash -«yangi» (yangi ekinlarga tayyorgarlik), 
Sak - «oq kiyim» (ov davri), Kex - «kiyik ovi davri», Mak - «to'xtatish» (yangi 
maydonlarda daraxtlarni yondirish), Kankin - «Sariq quyosh», Muan - «ochiq havo», 
Pash - «baraban», Kayyab - «katta yomg'ir», Kumxu - «momaqaldiroq shovqini» 
oylari bo'lgan. 
Achinarlisi shundaki, Mayyalar kalendarida yangi yilning qachon 
boshlanganligini bizning kalendarimiz bo'yicha aniqlash mushkul. Diego de 
Landa o'zining kitobida oy nomlarini ieroglif belgilar bilan tasvirlab, 
Yukatanni ispanlar bosib olgunga qadar Mayyalarda yangi yil 16-iyulga to'g'ri 
keladi deb ma'lum qiladi. Albatta, 360 kunli tun yilidan quyosh yili uzunroq. 
Bundan kelib chiqadiki, oy nomlari 360 kunli yilda emas, 365 kunli yilda to'g'ri 
ishlatilsa, tabiatdagi o'zgarishlarni to'g'ri tasvirlashi mumkin. Mayyalar, 
ayniqsa, shunday xaab yilidan o'zining kundalik hayotida foydalangan. Shu 
maqsadda ular yilning oxirida 20 kunli 18 ta oyga yana 5 kun qo'shgan. Bu 
kunlar «Vaayueb xaab», ya'ni «yil ruhi» yoki «Ishma kaba kin» - nomsiz kunlar 
deb atalgan. Bu bayram kunlarida hukmdor almashishi ro'y berardi va mayyalar 
diniga ko'ra osmonda ham hukumat bir yilga boshqa xudoga o'tardi. 
Xaab yilining har to'rt yilida (ya'ni har 365-4=1460 kunda) oy kunlari 
qaytarilardi, ya'ni o'sha oyning kunlariga to'g'ri kelardi. Shuning uchun xaab 
yangi yili Kan, Muluk, Ish yoki Kavak, to'rt kunlarining birida boshlanardi, 
undan so'ng to'rt yillik davr yana boshdan qaytarilardi. 
Mayyalar kalendarida yana boshqa muhim 52 yillik davriylik bo'lgan. 
Haqiqatda esa 365·2 = 18980 kun. Bu vaqt oralig'iga 73·260=18980kunli 73 
solkin ham to'g'ri keladi. Shunday qilib, 52 yil o'tgandan so'ng xaab yillari, 
oyning kun va sanalari singari o'n uch kunli haftaning sanalari ham qaytariladi. 


Bu abadiy Mayyalar kalendarini o'ziga xos «kalendar aylanasi»dir. Bu kalendarda 
13 kunli haftaning sanalari tepadan pastga qarab sanaladi, 1 dan 13 gacha bo'lgan 
ustunlar solkin yilining 20 kunli oyining 13 tasiga to'g'ri keladi. Avvalambor, bu 
yerda mayya sanalarini tasvirlash uchun uchta belgidan bir soni uchun - nuqta; besh 
soni uchun - tire va nol sonini tasvirlash uchun - chig'anoqdan foydalanilgan. 
Yevropaliklar singari, Mayyalar ham sonlarni tasvirlash uchun pozitsion 
sistemasidan foydalanishgan. Ammo yigirmatalik asosda va pastdan tepaga qarab 
yozilgan. Vaqtning katta oralig'ini hisoblash uchun, 860 kunli tun yilidan va yuqori 
tartib davridan foydalanilgan: 
1 katun = 20 tunga = 7200 kunga 
1 baktun = 20 katunga = 144000 kunga 
1 piktun = 20 baktun = 2880000 kunga. 
«Baktun», «Piktun» nomlari (keyingi kalabtun, kinchiltun va aluatun birliklari 
singari) Mayya madaniyati tadqiqotchilari tomonidan shartli ravishda berilgan. 
Mayyalar tomonidan ustun va bino devorlarida qilingan yozuvlar, odatga ko'ra, 
sanani yozish bilan boshlanadi. Y.V. Knozorovning fikricha, bu sanalar quyidagi 
tarkibda bo'lgan: 
1) ma'nosi hozirgi vaqtgacha noma'lum qolgan kirish bloki; 
2) kirish blokining o'rtasiga yozib kiritilgan («oy himoyachisi» deb 
nomlanuvchi) blok; 
3) Boshlang'ich sanadan o'tgan 360 kunii yil (tun) va kunlar soni; 
4) 260 kunli davr sanasi: 13 kunligining soni va 20 kunligining kun nomi; 
5) 9 kunligining kun nomi va «to'qqiz kunli» blok; 
6) 365 kunli yilning sanasi: 20 kunli oyning 18 tasidan birining yoki 
qo'shimcha besh kunning nomi va soni. 
Namuna sifatida Yashchilandagi eshik tepasidagi yozuvni ko'rib chiqamiz. 
Kirish bloki va «Yash oyining himoyachisi»dan so'ng sana keladi, uni yozish vaqtida 
yuqori tartib davri kunlarining sanog'i uchun nuqta bilan ajratish qabul qilingan: 
9.0.12.2.4.2. kan - to'qqiz kunligining 2 kuni, 2 yash - 27 kundan iborat bo'lgan 3 - 
oy oyining 27-sanasi. Bu boshlang'ich 0.0.0.0.0. sanadan 9 baktun 19 tun 2 vinal va 
4 kun yoki 9·144,000 + 0·7200 + 19·360 + 2·20 + 4 = 1302884 kun o'tdi degani. 
Mayyalarning boshlang'ich sanasi sifatida quyidagilar qabul qilingan: 260 kunli davr 
bo'yicha - 4 Axav; to'qqiz kunli bo'yicha - 1,365 kun yil bo'yicha - 8 kumxu. Shunday 
qilib, boshlang'ich sana bizning eramizgacha bo'lgan 3113-yilga mos keluvchi 
0.0.0.0.0. 4 Axav 8 kumxu tariqasida yoziladi. 
52 yillik davrning boshlang'ich sanasi to'g'ri yozilganligini tekshirib ko'ramiz. 
Buning uchun avvalambor topilgan kun sonini 260 ga bo'lamiz: 1302884:260 = 
5011, qoldiq 24; jadvaldagi 10 ustundan ko'rinib turganidek, 4 Axaudan 24 kun 
o'tgach 2 Kan keladi. 1302884 sonini 365 ga bo'lib, 3569 ni chiqaramiz va 


9·20=19=199 qoldig'i to'liq 9 oy va yana 19 kun bo'ladi. Kumxu oyining to'liq 
bo'linishi uchun bu qoldiqqa 12 kunni qo'shish kerak, kelgusida Vaayib besh 
kunligiga 5 kunni; shunday qilib, yilning keyingi oylariga to'liq 9 oy va 2 kun 
qoldi. Agar chiqarilgan 1302884 kunlar sonini 9 ga bo'lib va qoldig'ini 1 bilan 
qo'shsak, 9 kunligining kuniga hosil qilamiz. Oyli sanani esa aniqlashning iloji 
yo'q, chunki har bir Mayyalar shahrining o'z maxsus kalendari mavjud edi. 
Jumladan, 1302884 sonini 365,25 ga bo'lganimizdan so'ng 3567 sonini hosil 
qilamiz. Bundan kelib chiqadiki, yuqorida ko'rib chiqilgan yozuv bizning 
eramizning 3567-3112=455-yilida qilingan. Steladagi eng erta yozuvlardan 
bizga ma'lum bo'lgan sana bizning eramizning 292-yiIi deb yoziladi. 
Mayyalar kalendari aniq ekanligi haqidagi masala yuzasidan Y.V. 
Knorozov shunday deydi: «Quyosh yilining haqiqiy uzunligi to'rtdan bir 
sutkaga yaqinroq ekanligini Mayya astranomlari bilishgan (shunga ko'ra 
zamonaviy Grigoriy kalendarida har to'rt yilda ortiqcha 1 kun qo'shiladi). 
Ammo kalendarda qo'shimcha kunlar nazarda tutilmagan. 365 kunli yil 
tuzatishlarsiz quyosh yili olib o'tishi va davrga qarab asta surilishi kerak edi. 
Shunday qilib, Mayyalar sanasiga ko'ra necha kun o'tgani aniq, ammo necha 
quyoshli yil o'tgani noaniq». Agar shunday bo'lsa, unda har 40 yilda yangi yil 
boshi 10 kun orqaga surilgan, 400 yil davomida esa aniq astronomik vaqtga 
nisbatan (masalan, bahorgi tengkunlikka) 97 kunga surilgan. Shu masala 
bo'yicha Amerika astronomi Robert Nyuton «Klavdiy Ptolemey jinoyati» 
asarida (- M.: «Nauka». 1985. 94 b) shunday yozadi: «Meni bilishimcha
yilning davomiyligini birinchi bo'lib islom davlatlari astronomlari aniq 
topishgan. Xuddi shu vaqtning o'zida Mayya hindularida Grigoriy kalendari 
bilanmusobaqalasha oladigan kalendar mavjud edi. Bunday fikrning asosida 
ba'zi bir yozuvlar xuddi kalendar yozuvlari deb o'qilishi mumkin. Agar men 
to'g'ri tushungan bo'lsam, Tompson bu yozuvlar kalendarga taalluqli 
emasligiga ishonadi. Uning fikricha, bu yozuvlar fuqaro hayotidagi hukumatga 
yangi hukmdorlar kelish davri hodisalariga tegishli». 
Shunday qilib, Mayyalar kalendarining aniqligi masalasi yuzasidan 
kitobning kirish qismida aytib o'tilganidek, Mayyalar astronomlari tropik 
yilning uzunligi 365,2429 sutkaga teng deb aniqlay olishdi, u haqiqiy vaqtdan 
atigi 0,0002 sutkaga qisqaroq va 5000 yil davomida bir sutka xatolik kelib 
chiqadi. Shuning uchun Mayya kalendari eng aniq kalendarlardan biri 
hisoblanadi. Y.V. Knorozov va D. Tompsonning so'zlaridan ko'rinib turibdiki, 
Mayya astronomlari tropik yilining uzunligini aniqlashda bu yerda ko'rsatilgan 
xatolarga yo'l qo'yganligi haqida aniq dalillar yo'q. Ammo, eng asosiysi 
shundaki, u yoki bu astronomik kalendarning davomiyligini bilish kamlik 
qiladi. Bu eng asosiysi bo’lishga qaramay, ishning faqatgina yarmi. Ishning 


boshqa yarmi bu bilimlarni amaliyotda qay darajada qo'llashdadir. Mayyalar 
kalendarining yuqori darajada aniqligi haqida xulosa qilish uchun tropik 
yilning kasrli qismi hisobi uchun qo'shimcha kunlarni qanday kiritganligi haqida 
ma'lumotga ega bo'lishimiz kerak. Ammo bu haqda hech qanday ma'lumotlar 
saqlanib qolmagan. 

Download 491.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling