4-mavzu. Mayya va slavyan xalqlarpi kalendarlari (2 соат) Режа: Mayya kalendari


Download 491.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana12.02.2023
Hajmi491.14 Kb.
#1190599
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu. Mayya va slavyan xalqlarpi kalendarlari

Ultramart uslubi. Ultramart yili mart yilidan o'n ikki oy kattadir. Shuning 
uchun yilni hisoblashda quyidagi formuladan foydalanamiz: 
D=B -5509 + a, 
Sentabr uslubi. Sentabr yili yanvar yilidan to'rt oy katta va ultmniml 
yilidan olti oy orqada qoladi. Bunda ham 
D=B-5509+ a 
formuladan foydalanamiz, bunda a - sentabrdan dekabrgacha nolga, 
yanvardan avgustgacha 1 ga tengdir. 
«Dunyoning paydo bo'lish» erasining 7000-yilidan keyin yozilgan manba 
va hujjatlarda yildagi ming tushirib qoldirilgan. Masalan, 7136-yilni yozish 
kerak bo'lsa, 136 yil tarzida berilgan. 
Rusda Yulian kalendari kirib kelishi bilan yetti kunlik haftadan ham 
foydalaniladigan bo'ldi. Rusda haftalar yaxlit holda «sedmitsu» deb atalgan. 
XVI asrgacha zamonaviy yakshanba «nedelya» (ish yo'q kun ma'nosida) deb 
atalgan. Bugungi «voskresen'e» atamasi birinchi marta X asr oxirlarida kirib 
keldi. XVI asrga kelib, «voskresen'e» atamasi hafta « kunlarining birining nomi 
sifatida qo’llanila boshladi. Natijada «nedelya» esa «sedmitsa» - hafta 
ma'nosida ishlatiladigan bo'ldi. Haftaning nomlari ularning o'rniga qarab, 
ponedelnik - nedelya(voskresene)dan keyingi klin, «vtornik» - nedelyadan 
keyingi ikkinchi kun, «sreda» - sedmitsaning o"rtasi, «chetverg» - nedelyadan 
keyingi to'rtinchi kun, «pyatnitsa» -nedelyadan keyingi beshinchi kun degan 
ma'nolarni bildirgan. «Subbota» atamasi yuqoridagilardan mustasno tarzda 
qadimgi yahudiy tilidagi «sabat» (shabat) so'zidan (ishning yakuni ma'nosini 
bildiradi) kelib chiqqan. 
Qadimgi Rusda XIII asrgacha sutka atamasi vaqtning o'lchovi sifatida 
ishlatilgan. Sutka ikkiga, ya'ni yorug' va qorong'u qismga bo'lingan. Yangi 
kunni tongdan boshlab hisoblaganlar. 1722-yildan Rossiyada yangi kun 
kechasi soat 24.00 dan keyin boshlanadigan bo'ladi. XII asrda rusda soatlar 
minut (chases) va sekundlarga bo'lingan. Bir soat 60 «chases»ga, har bir 
«chases» esa 47-60 sekundga bo'lingan. 
Kiyev Rusida Rim kalendari mashhur bo’lgan. Ular Yulian kalendarini 
qabul qilgunga qadar Oy-quyosh kalendaridan foydalanganlar. Qadimgi Rus 
solnoma, yilnomalarining yozilishida Konstantinopol patriarxi Nikifor (758-


828)ning mehnati beqiyos. Uning «Xronografika» asarida jahon tarixidagi asosiy 
voqealarning xronologik jadvali berilgan.
3
Rossiyada XVII asrda Pyotr I ning kalendar islohoti yilni hisoblashda katta 
ahamiyat kasb etdi. Pyotr I 19-dekabr 7208 (1699)-yilda kalendarni isloh qilish 
to'g'risida farmon berdi. Unda yilning va eraning boshi masalalari ko'riladi. Natijada, 
Rossiyada yilning boshi birinchi yanvar qilib belgilanadi va «Isoning tug'ilishi» erasi 
qabul qilinadi. Pyotr I 1699-yil 20-dekabrda «Yangi yilni nishonlash» to'g'risida 
farmon beradi. Farmonga ko'ra, Yangi yil tantanali ravishda nishonlanishi zarur edi. 
Shu kundan boshlab, Rossiyada birinchi yanvarni Yangi yil sifatida bayram 
qilishadigan bo'ldi. Archa esa uning ramziga aylandi. 
Rossiyani XVIII asrgacha Yulian kalendari to'liq qanoatlantirardi. Lekin XIX 
asr boshlariga kelib, G'arbiy Evropa davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
aloqalarning rivojlanishi yagona umumevropa kalendari bo'lgan Grigoriy 
kalendarini qabul qilish zaruratini yuzaga keltirdi. 
XIX asrda Grigoriy kalendarini qabul qilishga bir necha bor urinib ko'rildi. XIX 
asrning 20-yillari oxirida Fanlar Akademiyasida maxsus guruh shu masalani tahlil 
qilib chiqdi va Rossiyada Grigoriy kalendarini qabul qilish zarur degan xulosaga 
kelindi. Ammo Fanlar Akademiyasining bu taklifi Xalq ta'limi vaziri knyaz K.A. 
Livenning qarshiligiga uchradi. K.A Livenni podsho qo'llab-quvvatlaydi va Yulian 
kalendarini isloh qilish masalasi qolib ketdi. 1860-yilda Rossiya hukumatiga Berlin 
astronomlar jamiyati murojaat qilib, Grigoriy kalendarini qabul qilishga chaqiradi. 
Endi bunga cherkov qattiq qarshilik qiladi. Cherkov Grigoriy kalendarini «lotin 
bid'ati» hisoblardi. Kalendar masalasi 1863-yilda yana Xalqaro Statistik Kengashda 
ko'rib chiqiladi. Ular Rossiyaga Grigoriy kalendarini emas, balki Derpt (Tartu) 
universiteti professori astronom I.G. Medler (1794-1874) kalendarini taklif qiladi. 
Lekin ushbu yangi variantdagi kalendarni qabul qilishga qarshi kompaniya keng avj 
olib ketadi. Matbuot va cherkov bunga boshchilik qiladi. Natijada mazkur loyiha 
Run tartibidan chiqarib tashlanadi. 
Yulian kalendarini isloh qilish masalasi XIX asr oxirlariga kelib yana 
ko'tariladi. 1899 yilda Rus Astronomlar Jamiyatida maxsus guruh tropik yilga mos 
keladigan yangi kalendar ustida ish olib boradi. Mazkur guruhda mashhur rus olimi 
kimyogar D.I. Mendeleyev faol ishtirok etadi. Lekin, bu gal ham kalendar islohoti 
amaiga oshirilmay qoladi va Rossiyada 1918-yilgacha Yulian kalendari amalda 
bo'ldi. 
3
Пиотровская E.K. «Летописей вскоре» Константинопольского патриирчи Никифора и 
«Учение о числах» Кириха Новгородца // Византийские очерки. -М: «Наука». 1977.


Savol va topshiriqlar 
1.Qadimgi Rimdagi bozor va bayram kunlari to'g'risida ma'lumot berib o'ting? 
2.Qadimgi Rim kalendarlari to'g'risidagi rimlik mutafakkirlar qanday fikrlar 
bildirgan? 
3.Qadimgi Rim kalendarlarida qaysi guruh kalendarlarining xususiyati ko'proq 
seziladi? 
4.Arman kalendarlari haqida ma’lumot bering? 
5.
Qadimgi arman kalendari (tomar) qachon va qaysi xalqlar kalendari asosida 
yaratilgan? 

Download 491.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling