4. Mavzu: Mehnatni muhofaza qilishning qonuniy-huquqiy asoslari. Favqulodda vaziyatlar (FV) to‘g‘risida umumiy tushuncha. Reja
Download 38.42 Kb.
|
4-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatni muhofaza qilishning qonuniy-huquqiy asoslari.
4.Mavzu: Mehnatni muhofaza qilishning qonuniy-huquqiy asoslari. Favqulodda vaziyatlar (FV) to‘g‘risida umumiy tushuncha. Reja 1.O’zbekiston respublikasi konistitutsiyasidagi “mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”qonuni haqida qisqcha malumot. 2. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mahsus davlat tashkilotlari. 3.Mehnat havfsizligini taminlashga qaratilgan yuriqnomalar. 4.FVlar haqida umumiy tushuncha 5.FVDT ning asosiy vazifalari. 6.FVDT ning tuzilishi. 7.FVDT ning ishlash tartibi. Mehnatni muhofaza qilishning qonuniy-huquqiy asoslari. Mehnat muhofazasi ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari bo‘lishi zarur. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 8 dekabrda e’lon qilgan birinchi demokratik Konstitutsiyasi ana shu qonun asoslari bo‘lib xizmat qiladi. Uning 9 -bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. Chunonchi, 37-moddasida “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”, 38- moddasida “Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi”, 39- moddasida “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”, 40-moddasida “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.” deb belgilangan. Tashkilotlarda mehnat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni taxlil qilish, kelgusi mehnat xavfsizligi darajasini ko‘tarish, ish yuritishda texnika xavfsizligi mashg‘ulotlarini o‘tkazish, mehnat muhofazasi ishlarini tashkil etish, o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari o‘rtasida shikastlanishni oldini olish hamda davlat standarti masalalari talablariga rioya etish maqsadida “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida ” qonun (1993 yil 6 may) qabul qilingan. Bu qonun asoslari mazmun jihatidan juda keng qamrovli bo‘lib, o‘z tarkibida jamoa shartnomasi, mehnat shartnomasi, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijtimoiy himoya hamda boshqa masalalarni mujassamlashtirgan. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun asosida ishlab chiqarishdagi inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan omillarni bartaraf qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining sanitariya-gigienik jihatdan qoniqarli holatda bo‘lishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish ma’suliyati ma’muriyat zimmasiga yuklatilganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Kasbiy zararliklar mavjud bo‘lgan hududlarda mehnat qiladigan ishchilar uchun qisqartirilgan ish kuni, qo‘shimcha dam olish kunlari joriy etilishi, zararli ish joylarida ishlaganlarga, ya’ni juda issiq haroratli, sovuq, zax va sog‘liq uchun zararli sharoitda mehnat qilayotganlar uchun maxsus ustama haq hamda himoya kiyimlari berilishi ko‘zda tutiladi. Kasbiy kasalliklarni oldini olish, ishchilarning sog‘ligini mustahkamlash maqsadida ularni o‘rnatilgan tartib asosida sut va parhez taomlar bilan ta’minlash tartibi joriy etilgan. Ishlab chiqarish korxonalarida Mehnat kodeksi va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi me’yorlarni buzdshda ayblangan rahbar shaxslar ma’muriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy javobgarlik-xodimga xayfsan berish, ishdan chetlashtirish, o‘rtacha oylik ish haqining yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish va mehnat shartnomasini bekor qilishdan iborat. Moddiy javobgarlik esa “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunni buzgan shaxslarni nazorat tashkilotlari tomonidan belgilangan miqdorda jarima to‘lashga yoki keltirilgan moddiy zararni qopashga majbur qilishdan iborat. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunni buzish baxtsizlik yoki o‘limga sabab bo‘lsa, aybdor shaxslar belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli bo‘lib, ular davlat, xo‘jalik, madaniy va jamoat ishlarida faol qatnashish imkoniyatiga ega. Mehnat Kodeksida xotin- qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Og‘ir va organizm uchun zararli ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Homilador ayollarga davlat tomonidan ish haqi to‘lanadigan ta’til beriladi. Yigit-qizlarni ishga qabul qilishda ularning xohishiga qarab, yilning istalgan vaqtida bir oylik mehnat ta’tili berilishi belgilangan. O’smirlar fabrika, zavod kasaba qo‘mitalari ruxsatisiz qo‘shimcha ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Ular tibbiy ko‘rikdan majburiy o‘tkazib turiladi. Agar o‘smirlar bajarayotgan yumushlari ularning sog‘ligiga salbiy ta’sir qilayotgani sezilsa, u holda shifokor maslahati va tegishli hujjatga asosan boshqa ishga o‘tkaziladi. Barcha vazirliklar, birlashmalar va sanoat korxonalarida mehnat qonunlarining aniq bajarilishini O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi kuzatadi. Prokuratura umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar xodimlarini xabardor qiladi va mehnat qilish qoidasi buzilshini tezda bartaraf etishni talab qiladi, rahbar xodimlarga ma’muriy chora ko‘rilishini talab qilib yuqori rahbar xodimlarga murojaat etadi. Agar jinoyat sodir bo‘lganligi aniqlansa, rahbar xodimlarni jinoiy javobgarlikka tortiladi. Mehnat qonuniyatlari buzilmasligining umumiy nazoratini mehnatkashlar deputatlari kengashi va ularning ijroiy komitetlari ham amalga oshiradi. Download 38.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling