4-mavzu. Mehnatning usul va uslublarini takomillashtirish hamda ularni joriy qilishni tashkil etish


Ilg‘or tajriba turlarining turkumlanishi


Download 43.09 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi43.09 Kb.
#1548439
1   2   3   4
Bog'liq
4-МАВЗУ

4.2. Ilg‘or tajriba turlarining turkumlanishi

Ilg‘or tajribaning ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish, uni aniqlash va yoyish ma’lum tizimni, boshqacha aytganda, tashkiliy yondashishni talab qiladi. Avvalo, ilg‘or tajriba turlarini uning har xil alomatlariga qarab, jumladan, vujudga kelish manbaiga, qo‘llanish sohasiga, muddatiga, qo‘llanishdan hosil bo‘ladigan samaraga qarab tasniflash (klassifikatsiyalash) kerak.


Vujudga kelish manbaiga karab yakka tartibdagi (individual) ilg‘or tajriba bilan jamoaviy ilg‘or tajriba bir-biridan far= qiladi. YAkka tartibdagi va jamoaviy ilg‘or tajribani aniqlash, uning ahamiyatini baholash, o‘rganish va amaliyotga keng tatbiq etishga har xil yo‘llar bilan yondashilishi va bunda har xil uslublar qo‘llash talab qilinganligi bois ularni shu tariqa ikki turga bo‘lib qarash lozim.
YAkka tartibdagi ilg‘or tajriba egasi maxsus kasbiy tayyorgarligi va muayyan amaliy malakasi bo‘lgan hamda bevosita individual ish joyida ishlaydigan (yakka tartibdagi mehnat usullari va uslublarini yaxshilash, ish joyini oqilona rejalashtirish, ish zonasini tashkil etish, bir necha operatsiyani sifatli qilib bajarish va h.k.lar yuzasidan ish olib boradigan) xodim bo‘ladi.
Jamoaviy ilg‘or tajriba mehnatni jamoa (brigada) shaklini tashkil etish sharoitida vujudga keladi. Jamoaviy mehnat shaklini tashkil etishga, avvalo, jamoa a’zolari o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlash, mehnatni tashkil etish talablariga qattiq rioya qilish, sermehnat ishni kamaytirishning yangi zahira imkoniyatlarini muttasil qidirib topish yo‘li bilan erishiladi. SHu bilan birga, brigadalarning eng yaxshi tajribalari, texnika adabiyotlari yangiliklari bilan doim tanishib boriladi. Bunda jamoaning har bir a’zosi topshiriqni bajarishnigina emas, balki uni kamroq xom ashyo va mehnat sarflagan holda, tez va sifatli qilib bajarish to‘g‘risida bosh qotirishi, bir-birlari bilan fikrlashishni ham qoida qilib oladilar.
Korxonalar ichidagi ilg‘or tajriba asosan shu korxonaga xos, boshqa korxonada kilinmaydigan ishni bajarish bilan bog‘liq. U mehnat samaradorligini o‘stirish, xom ashyo va asbob-uskunalarni tejash va h.k.larning ishlab chiqarish ichida zahiralar mavjud bo‘lgan joyda vujudga keltiriladi. Boshqacha qilib aytganda, korxona ichidagi ilg‘or tajriba ish vaqti imkoniyatlaridan keng foydalanish, mahsulotni ishlab chiqarishda mehnat va materialni tejagan holda sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha mehnatkashlarning tashabbuskorligi yanada oshishi natijasida vujudga keladi. Mazkur imkoniyatlardan, muvaffakiyatlardan foydalanish va xodimlarning bu yo‘nalishdagi tashabbuskorligini rivojlantirish korxonadagi har bir xodimning konkret iqtisodiyotni o‘rganishi tashkil etilishini talab qiladi.
Tarmoq ichidagi ilg‘or tajriba esa shu soha korxonalarining almashadigan tajribasidir. Bunday ilg‘or tajriba, odatda, ma’lum tarmoq doirasidagi barcha korxonalar uchun yoki uning biron-bir guruhi uchun amaliy ahamiyatga ega. Tarmoq ichidagi ilg‘or tajribalarni aniqlash va ularni keng yoyishda to‘qimachilik va trikotaj korxonalari ya=qol misol bo‘la oladi.
Tarmoq ko‘lamida olib boriladigan ishlarni va ilg‘orlar tajribalarini vazirlik rahbarlari tinmay kuzatib boradilar. To‘qimachilik sanoati korxonalarining mehnat va ish haqi boshqarmasi ilg‘or jamoalardagi mehnatni tashkil etish shakllarini muntazam suratda o‘rganadi, ularni keng yoyish tadbirlarini ko‘radi. Ilg‘orlar va eng yaxshi jamoalarning ilg‘or tajribasi, eng muhim rekordlari sinchiklab o‘rganiladi, bunga erishish omillari tahlil qilinadi, so‘ngra esa eng yaxshi ilg‘or tajribani barcha to‘qimachilik korxonalariga yoyish ishlari olib boriladi.
Tarmoq ichidagi ilg‘or tajribani yoyish ishiga shu tarmoq vazirligi rahbariyati, uning axborot organlari hamda kadrlar tayyorlash va malaka oshirish bilan shug‘ullanadigan rahbarlari tomonidan jiddiy e’tibor berilgan taqdirdagina muvaffaqiyat qozoniladi.
Tarmoq ichidagi ilg‘or tajriba shunday tajribaki, u avvalo, ishlab chiqarishning bitta sohasida vujudga kelib, boshqa ko‘p tarmoqlarda o‘zgartirilmasdan yoki har bir tarmoqning o‘z xususiyatlariga qarab bir oz o‘zgartirilib, qo‘llanilishi mumkin.
Ilg‘or tajriba amalga oshirish muddatiga qarab joriy va perspektiv ilg‘or tajribalarga ajratiladi. Kun sayin bevosita ish joyida vujudga kelib, u bilan tanishgan zamon boshqa ish joylariga joriy qilish mumkin bo‘lgan ilg‘or tajriba – joriy ilg‘or tajribadir. Joriy ilg‘or tajriba ishlab chiqarish, mehnat va boshqarishni tashkil etishni, odatda, o‘zgartirishni talab qilmaydi. Uni joriy etish xiyla mehnat, vaqt yoki mablag‘ sarfi bilan bog‘liq.
Aniqlanishi, o‘rganilishi, umumlashtirlishi, qo‘llanishi va keng yoyilishi juda ko‘p vaqt, mehnat va sarmoya sarflash bilan bog‘liq bo‘lgan ilg‘or tajriba perespektivdir. Perespektiv ilg‘or tajribalar ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) rivojlantirishning ko‘p yillik rejalarini tuzgan vaqtda umumlashtiriladi va hisobga olinadi.
Ilg‘or tajriba turlarining joriy va perespektiv turlarga bo‘linishi uning ishlab chiqarishda joriy va perespektiv rejalarini bajarishdagi rolini aniqroq belgilashga, boshqarishning funksional bo‘g‘inlari va jamoat tashkilotlarining rejalaridagi ma’lum vaqt ichida hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilashga, ayrim ishlab chiqarish bo‘g‘inlari va davriy vaqtlar bo‘yicha aholining ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirishning konkret rejalarini tuzishga va ularni hayotda qo‘llashga imkon tug‘diradi.
Amalga oshirilishi korxonalarning uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlanish rejalarida nazarda tutilgan perespektiv ilg‘or tajribaga misol qilib ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish xarakteri bilan yaqin korxonalarning tajribalarini, namunali ish joylarini tashkil etish va uskunalash-jihozlash tajribasini, eski texnologik jarayonlar o‘rniga yangi, perespektivroq jarayonlarni joriy qilish bilan birga yangi uskunalar, asbob-jihozlar o‘rnatish, tegishli xodimlarni yangicha ishlashga o‘rgatish, mahsulot sifatini oshirishning samarali tizimini joriy qilish tajribalarini o‘zlashtirishni misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi.
Olinadigan samara xarakteriga qarab tajriba ikki turga bo‘linadi. Ilg‘or tajriba qo‘llanishi natijasida korxonaning mahsulot ishlab chiqarishi, loyihadagi mo‘ljallangan quvvatlarni ishga solish, mehnat samardorligini, amaldagi vaqt normalari yoki ishlab chiqarish normalarining bajarilish darajasi, mahsulot ishlab chiqarishning sermehnatligi, ish kuni davomida isrof bo‘lgan vaqt salmog‘i va boshqa shu kabi ko‘rsatgichlarni yaxshilashga erishish mumkin bo‘lsa, u birinchi tur ilg‘or tajriba bo‘ladi.
Ish joylarida mehnat sharoitining yaxshilanishi, ishlab chiqarish madaniyati va intizomining o‘sishi, xodimlar bilimining oshishi, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va rahbarlarning iqtisodiy bilim darajalari o‘sishi va shu kabilar ilg‘or tajribaning ikkinchi turini tashkil etadi. Bu ilg‘or tajriba turini birinchi turdan ajratib turadigan xislat shuki, uning korxona ichidagi asosiy texnik, iqtisodiy ko‘rsatgichlarga ta’sirini aniq hisoblash ancha murakkab.
Ilg‘or tajriba turlarining tasnifini yanada takomillashtirib borish talab qilinadi. Mehnatni tashkil etish bo‘yicha olib boriladigan amaliy ishlarga uni tatbiq qilishdan maqsad bu ishda o‘rganishning ilmiy uslublarini qo‘llash, ishlab chiqarish ilg‘orlari va ilg‘or jamoalar erishgan eng yaxshi va samarali yutuqlar ta’siriga to‘g‘ri baho berish va bu yutuqlarni keng yoyishdir.




  1. Download 43.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling