4-mavzu. Mehnatning usul va uslublarini takomillashtirish hamda ularni joriy qilishni tashkil etish


Mehnat jarayonlarini mukammallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning asosiy bosqichlari sxemasi


Download 43.09 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi43.09 Kb.
#1548439
1   2   3   4
Bog'liq
4-МАВЗУ

Mehnat jarayonlarini mukammallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning asosiy bosqichlari sxemasi

Mehnat usullarni takomillashtirish yuzasida ishlab chiqarish ijodkorlari va muhandislar quyidagi ishlarni bajarishlari lozim:


ikki qo‘lni ham bir vaqtning o‘zida ishga solib, vaqt, makondagi tor va keng harakatlar o‘rindoshligini;
yaxshiroq yasalgan moslamalarni ishlatib, asboblar konstruksiyasini o‘zgartirib va boshqa tadbirlarni amalga oshirib, tor va keng harakatlarning puxta o‘ylangan izchilligini ta’minlashni, qo‘lning oldinga qarab qilingan harakatdan, keyin qaytish harakatidan unumli foydalanishni;
mashina va mexanizmlarning harakati bilan kishi qilayotgan ishning sinroxligini;
mehnat va buyumlarning yuqori sifatini ta’minlashlari.
Hozirgi vaqtdagi ko‘pgina mehnat tashabbuslari eng avvalo, ilg‘or mehnat usul va uslublarini joriy qilish bilan bog‘liqdir. O‘z zamonining dongdor to‘qimachilari - Lidiya Pavlovna Kazanseva bilan Evgeniya Aleksandrovna Gubinaning ajoyib tashabbuslari Toshkent to‘qimachilik kombinatidan tashqari respublikamizning uzoq hududularida ham shuhrat qozongan. Xizmat ko‘rsatish normasiga muvofiq 24 ta to‘quv jihozida ishlash o‘rniga Kazanseva 48 ta jihozda, Gubina esa 42 ta jihozda ishlaydigan bo‘ldilar.
Bunday katta muvaffaqiyatga birdaniga erishilgani yo‘q. Bular mehnatning ilg‘or usul va uslublarini o‘rganish, shaxsiy mahoratni takomillashtirish yuzasidan tinmay olib borilgan katta ish natijasidir. Masalan, L.P.Kazansevaning ish uslubini o‘rganish uning ishi g‘oyat murakkabligini, ammo shu murakkab ish aniq hisoblarga asoslanganligini ko‘rsatadi. Birinchidan, ish kuni davomida 300 martagacha uziladigan o‘rish ipining har birini L.P. Kazanseva me’yordagi 26 sekund o‘rniga 16 sekundda ulaydi. SHu tariqa har bir operatsiyada 10 sekunddan, smena davomida 50 minutgacha vaqt tejaladi. Ikkinchidan, u chaqqonlik, ish usullarini ratsional navbatlashtirish hisobiga ko‘p vaqt tejaydi. Uchinchidan, va eng muhimi, o‘rish iplari uzilishini qisqartirish yuzasidan tashkiliy-texnikaviy tadbirlar ko‘rish, qo‘llanilayotgan usukunalarning texnik holatini yaxshilash, ayrim o‘zellarni zamonaviylashtirish, texnologiyani takomillashtirish va hokazo yo‘llar bilan yuqori mehnat unumdorligi ta’min etilgan. L.P.Kazanseva ishlaydigan kompleksda ip uzilishi 30% kamaytirilgan. To‘qimachilik sanoatiga tegishli korxonalarning xususiyatlaridan biri – bunda bir xil ish usullari ish kuni (smena) davomida hadeb takrorlanaverishidir. Masalan, to‘quvchi ish kuni davomida 160-170 marta uzilgan ipni ulaydi. To‘qimachilik korxonalaridagi novatorlar ish usullarini qo‘llanishda doimo vaqtni tejash payida bo‘ladilar. Ish usulida tejalgan har bir sekund hisobiga, ish kuni davomida juda ko‘p miqdorda minutlar, hatto soatlar tejaladi.
SHuning uchun ham to‘qimachilik korxonalarida mehnatning usul va uslublarini o‘rganib, ularni joriy qilishga doimo katta e’tibor berib kelinadi va kelinmoqda.
Odatda, mehnatning ilg‘or uslublarini joriy qilgandagi singari ilg‘or mehnat usullarini joriy qilishda ham masalaning kompleks hal etilishi ko‘proq samara beradi. Mehnatning aniqlangan ilg‘or uslublarini amalga tatbiq qilish bilan birga ilg‘or mehnatni tashkil etishni ham joriy qilish, mehnatning sanitariya-gigiena sharoitini yaxshilash va boshqa tadbirlarni ham amalga oshirish zarur.
Mehnatni ilg‘or usul va uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ishlarining 3-bosqichi, ya’ni ularni amaliyotga joriy etishning o‘zi ham to‘rt bosqichdan iborat: a) mehnatning ilg‘or usul va uslublarini joriy qilishga tayyorgarlik ko‘rish; b) mehnatning ilg‘or usul va uslublarini nazariy o‘rganish; v) mehnatning ilg‘or usul va uslublarini ish joylarida amaliy o‘rganish; g) mehnatning ilg‘or usul va uslublarini joriy qilish natijalarini amalga oshirish yuzasidan tashkiliy-texnik tadbirlar ko‘rish.
Mehnatni tashkil etishning yakka tartibdagi (individual) shakli va ilg‘or mehnat usul, uslublarini o‘rganish ko‘rsatmali va ixtisoslashtirish tartibidagi operatsiyalarda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish ko‘payadi va ishlab chiqilgan mahsulotning yoki ko‘rsatilgan xazmatning sifati yaxshilanadi. Boshqacha qilib aytganda, shunday ish joylarida mehnat unumdorligi bevosita oshadi. Yigiruvchi, to‘quvchi, kalava pishituvchilarning ish joylarida ana shunday hol yuz beradi. SHuningdek, norma yoki smena topshiriqlarini oshirib bajarish uchun cheksiz imkoniyat beruvchi sharoit yaratiladi.
Uzluksiz - potok ishlab chiqarishdagi ish joylarida bunday sharoit yaratilmaydi. CHunki potokdagi har bir ish joyida qilinadigan ish hajmi cheklangan bo‘lib, potokning umumiy ishlab chiqarish qobiliyati oshmay turib, xodim o‘z xohishi bilan ishlab chiqarish hajmini oshira olmaydi.
Ilg‘or mehnat usullari va uslublari potokdagi ayrim ish joylarida joriy ishlab chiqarish unumdorligini bevosita oshirishga olib kelmaydi, balki xodimning band bo‘lishi darajasini pasaytiradi, uning toliqishini kamaytiradi. Ammo bunda ish yoki mahsulot sifati yaxshilashnishi mumkin.
YUqoridagi hollarda ilg‘or mehnat usul va uslublarini joriy qilib erishiladigan jiddiy natija mehnatni tashkil etish shakli – potok hamma uchastkalarda takomillashtirilganida hosil qilinadi.
Ilg‘or mehnat usul va uslublarini joriy qilish maqsadida eng ilg‘or korxonalarni tanlash ma’qul emas. CHunki, biz ko‘rayotgan holatda butun korxona jamoasining tajribasi emas, balki kasbiy tajriba aniqlanadi. Ma’lum operatsiyalarni bajarish bo‘yicha ilg‘or kasbiy tajriba o‘rtacha korxonalarda ham bo‘lishi mumkin.
Download 43.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling