4-mavzu. Mehnatning usul va uslublarini takomillashtirish hamda ularni joriy qilishni tashkil etish


Ilg‘or mehnat usullari va uslublarini joriy qilish


Download 43.09 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi43.09 Kb.
#1548439
1   2   3   4
Bog'liq
4-МАВЗУ

Ilg‘or mehnat usullari va uslublarini joriy qilish


Ishlab chiqarishda yoki xizmat ko‘rsatishda mehnat jarayonlari samaradorligini oshirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri - maqsadga muvofiq mehnat usuli va uslublarini tanlab olish va ularni joriy qilishdir.
Mehnat uslubi – mehnat jarayonini amalga oshirish yo‘lidir. U asosan usullar yig‘indisi va ularni ma’lum izchillikda bajarish bilan xarakterlanadi. Mehnat usullarini va ularni takomillashtirshni o‘rganish uchun, mehnat jarayonlarini mehnatdagi tor harakatlar (harakatlar, qimirlashlar), keng harakatlar va mehnat usullariga bo‘lib ko‘rish lozim.
Mehnatdagi tor harakat – xodimning mehnat jarayonida oyoq, qo‘l barmoqlari yoki tanasini bir bor jildirishidir. Masalan, qo‘lni mahsulotga o‘zatish, mahsulotni qo‘lga olish, uni kerakli joyga quyish kabilar shunday haraktdir.
Mehnat jarayonida xodimning oyoq, qo‘li yoki tanasi bir bor jilishi mehnat harakati hisoblanib, u o‘z navbatida, qimirlashlar yig‘indsidan iborat. Masalan, qo‘lni mahsulotga uzatish mehnat harakati bo‘lib, u quyida ko‘rsatilgan qimirlashlar yig‘indisidan iborat: gavdani rostlash, qo‘lni ko‘tarish, qo‘lni mahsulotga uzatish.
Mehnatdagi keng harakat – kishining bitta yoki bir nechta organi tomonidan uzluksiz bajariladigan mehnat harakatlari yig‘indisidir. Masalan, qo‘lni hisoblash apparatiga uzatib, barmoq bilan klavishni bosish, ana shunday keng harakat hisoblanadi.
Mehnat usuli – bu, mehnatdagi keng harakatlar yig‘indisidir. Bu harakatlar uzluksiz va bir maqsadga qaratilgan bo‘lib, operatsiyaning ma’lum qismi ijro etiladi. Masalan, omborchi xodimga asbob-uskuna topshirish operatsiyasini qilishi uchun quyidagi jarayonlarni bajaradi: uskunani qo‘liga oladi, uning ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini tekshiradi va so‘ngra uni xodimga topshiradi.
SHunday qilib, mehnat uslubi mehnatdagi tor harakat, keng harakat va usullar yig‘indisidan tashkil topadi.
Ishchilarning ayrim mehnat usullarini shu usul xarakteriga va ishchininng tayyorgarligiga, tajriba va malakasiga hamda kasbiy-ruhiy holatiga qarab bir-biridan far= qilish mumkin. SHuning uchun ham mehnat usullarini o‘rganishda eng kam vaqt sarf qilinadigan, eng kam toliktiradigan, eng xavfsiz va maqsadga muvofiq mehnat usulini ishlab chiqish lozim. Mehnatning ilg‘or usul va uslublarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishning umumiy tartibi asosan uchta bosqichdan iborat: qo‘llanadigan usul va uslublarni tahlil etish, oqilona mehnat jarayonlarining sintezi va shu operatsiyani bajaruvchi hamma xodimlarni uni (operatsiyani) ijro etishda qo‘llanilayotgan ilg‘or usul va uslublar bo‘yicha o‘qitish.
Ilg‘or mehnat usullari va uslublarini joriy qilish 1-chizmada ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. YA’ni, dastlab qo‘llaniladigan mehnat usullari va uslublari o‘rganib chiqiladi, tekshirish natijalari tahlil qilinib, eng qulay mehnat usullari tanlab olinadi. So‘ngra bu usullar loyihalashtirilib, ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
+o‘llanilayotgan mehnat usullari va uslublari operatsiyalarining murakkabligi, qayta-qayta takrorlanishi va miqdoriga qarab har xil yo‘llar bilan o‘rganiladi. SHu bilan birga, ayrim ijodkorlarning tajribasi emas, balki ishlab chiqarishda bir xil operatsiyani bajaradigan ko‘p ijodkor va ilg‘orlarning ish tajribalari o‘rganiladi. Bu holda ilg‘orlar va ijodkorlarning o‘zlari o‘z mehnatlarining unumdorligi va sifatini boshqa xodimlar yaxshiroq bajaradigan usul va uslublarni, harakatlarni ishlatib, yanada oshirishlari mumkin.
1-chizma

Download 43.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling