4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja
Download 59.98 Kb.
|
4-mavzu
Yangi O‘zbekiston - keng iqtisodiy imkoniyatlar mamlakatidir.
Iqtisodiy siyosatimizning asosiy tamoyillaridan biri - har bir fuqaro boy bolsa - davlat boy boiadi, har bir oila farovon bolsa - mamlakat farovon boiadi. Yangi 0‘zbekistonni halol mehnat qilib muvaffaqiyatga erishishni orzu qiladigan, tadbirkorlik orqali o‘zi va oilasi farovonligini ta’minlashga intiladigan, Vatani va xalqiga sidqidildan xizmat qilishni istaydigan barcha fuqarolar uchun keng imkoniyatlar mamlakatiga aylantirishimiz zarur. Fuqarolarning mehnat qilish va tadbirkorlik hisobidan daromad topish yo‘lidagi sa’yharakatlarini, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish - barcha bo‘g‘indagi davlat organlarining birlamchi vazifasi bo‘lib qoladi. Pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar davlat bilan barobar hissa qo'shdi. Shuning uchun barchamiz ularga yelkadosh bo‘lib, doimo qo‘llab-quwatlashimiz shart. Bu borada ishbilarmonlarning haq-huquqlarini, ayniqsa, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash asosiy vazifamiz bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, ayrim joylarda davlat organlari tizimidagi rahbar va mutasad- dilar tomonidan tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini buzish holatlari davom etmoqda. Bunday mansabdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Biznes-ombudsmanga vakolat berilishi juda muhim qadam bo‘ldi. “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar uchun ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratildi. Endilikda bozorda teng raqobat muhitini yaratish va qonun asosida ishlaydigan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quwatlash maqsadida “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlar keng joriy etiladi. Aholi o‘rtasida tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlashga oid ijtimoiy dasturlarning iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash va muvofiqlashtirish lozim. Aholida tadbirkorlikka oid zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish tizimini takomillashtirish, mazkur jarayonga xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini yanada keng jalb qilish zarur. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida mikrokreditlash tizimini institutsional jihatdan takomillashtirish va rivojlantirish ham e’tiborni talab qiladi. Shu bilan birga, tadbirkorlik ko‘nikmasi va tajribasiga ega bo‘lgan aholini va boshqa kichik biznes vakillari salohiyatini ro‘yob- ga chiqarish orqali ular faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan to‘laqonli tizimni yaratish va uning samarali ishlashini ta’minlash lozim. Download 59.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling