4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja


Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish sohasida ham qator tizimli muammolar mavjud. Jumladan


Download 59.98 Kb.
bet3/16
Sana13.04.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1349696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu

Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish sohasida ham qator tizimli muammolar mavjud. Jumladan:
davlat mulki respublika va munitsipal mulkka tasniflanmagan, davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirishni shaffof mexanizmlar orqali amalga oshirishni nazarda tutuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunchilik hujjatlari mavjud emas;

  • davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish mezonlarining mavjud emasligi sababli xususiy sektor muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyat yuritishi hamda xususiylashtirishda tizimli yondashuv amalga oshirilmaganligi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi ishtiroki yuqoriligicha qolmoqda;

  • davlat ishtirokidagi korxonalarga imtiyoz va preferensiyalar berilishi va ular tomonidan davlatning tijorat va notijorat maqsadlarini bajarish mexanizmining ochiq-oshkora emasligi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalar xususiy korxonalarga nisbatan ustun mavqeyiga ega;

  • korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari joriy etilmaganligi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga davlat boshqaruvi organlari aralashuvining yuqori darajadaligi, kuzatuv kengashi tarkibida davlat xizmatchilarining ko‘pligi, motivatsiya va javobgarlikning yetarli emasligi, inson kapitali samaradorligini oshirish zaruratiga bo‘lgan munosabatning qoniqarsizligi oqibatida ijro etuvchi organning aksiyadorlar oldidagi mas’uliyati past darajada.

Bularning barchasi bu sohadagi ishlarimizning sifati va samarasini pasaytirayotgani, maqsad-muddaolarimizgayetish yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lib turganini rad qilib bo‘lmaydi, albatta.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida tadbirkorlik uchun zarur shart-sharoitlar yaratish birlamchi vazifa deb belgilanadi.
Xususiy mulk daxlsizligi va uni har qanday tajovuzlardan himoya qilish, kichik biznes vakillari va tadbirkorlarga keng erkinlik berish, iilar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish - iqtisodiy siyosatning asosiy vazifasi bo‘lib qoladi.
Xususiy mulk huquqlari himoyasi va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid islohotlarni izchil davom ettirish bilan bog‘liq vazifalar dolzarbligini saqlab qolmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quwatlash mexanizmlarini kengaytirish, ularni zarur moliyaviy va infratuzilmaviy resurslar bilan ta’minlash uchun yaqin kelajakda yana bir qator vazifalarni bajarishimiz zarur. Xususan, Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 barobaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik subyektlariga milliy valutada beriladigan kreditlar boyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya (uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda) taqdim etish amaliyotini davom ettirish zarur.
Bu borada quyidagi masalalarga alohida ahamiyat qaratiladi:

  • 2022-yildan boshlab tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot doirasida shakllantirilgan 7 ta yo‘nalish boyicha 60 ga yaqin yangi tashabbus va takliflarni nazarda tutadigan dasturni amalga oshirish;

  • korxonalar uchun mol-mulk solig‘i stavkasini 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirib, tadbirkorlar ixtiyorida 500 milliard so‘m mab- lag‘ qoldirish;

  • 2023-yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15 foizdan 12 foizga tushirish;

  • yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona ko‘chmas mulk solig‘ini joriy etish;

  • tadbirkorlikning bank, moliya, telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish va ularning barcha tadbirkorlik subyektlari uchun bir xil bo‘lishiga erishish;

  • yo‘l qurilishi, issiqlik ta’minoti, obodonlashtirishga oid xizmatlar singari 25 ta faoliyat turi bo‘yicha monopoliyani tugatib, ushbu sohalarda tadbirkorlar uchun keng yo‘l ochish;

  • tuman va shaharlardagi tadbirkorlikka ko‘maklashadigan mavjud tuzilmalar negizida Tadbirkorlar kengashini tashkil etish;

  • kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 barobar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalari ishtirokini 30 foizgayetkazish;

  • kasbiy ta’lim bilan tizimli ravishda shug‘ullanish masalalarini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ixtiyoriga to‘liq o‘tkazish;

  • norasmiy sektorda ishlayotgan 2,5 million nafar fuqaroning bandligini legallashtirishgayordam berish orqali ular uchun ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan to‘liq foydalanish imkoniyatini yaratish;

  • hududlarda servis sohalari ko‘lamini kengaytirish hisobidan xizmat ko‘rsatish hajmini 3 barobar oshirish va buning evaziga 3,5 millionta yangi ish o‘rni yaratish;

  • 2026-yilga borib xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 67 foizdan 80 foizga, eksport hajmida esa, 32 foizdan 60 foizga o‘sishini ta’minlash.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobaridan ortiq bo‘imagan tijorat banklari kreditlari boyicha kafillik berish amaliyotini yanada kengaytiramiz.
0‘z mahsulotlarini eksport qiluvchilarga tovarlar to‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda, ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirish- ga tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etishni davom ettirish zarur.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning 70 foizini kichik biznes loyihalariga, 30 fozini ustuvor ravishda o‘zini o‘zi band qilishga (tomorqadan unumli foydalanish, uy sharoitida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish) yo‘naltirishga ko‘maklashish lozim.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling