2030-yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi va Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasi hamda “Suv kodeksi”ni ishlab chiqish ayni bugungi davr talabidir.
Bu jabhada yana suv va suvdan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish va kodifikatsiyalashtirish, bunda suv resurslarini boshqarish, suvdan foydalanish va uni iste’mol qilish boyicha samarali mexanizmlarni joriy etishga alohida ahamiyat qaratish kerak.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish va boshqa suv tejovchi texnologiyalarni keng qo‘llash, bu borada yer egalari va suv iste’molchilarini rag‘batlantirish mexanizmini kengaytirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslarini boshqarish va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini yanada optimallashtirish zarur.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqaror saqlash maqsadida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirib borish, 2022-2030-yillarga mo‘ljallangan irrigatsiyani rivojlantirish va sugoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga doir davlat dasturini puxta ishlab chiqish va tasdiqlash zarurati yetilgan.
Bu, o‘z navbatida, yengil konstruksiyali plastik lotok va quvurlar hamda nasos agregatlari ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishni taqozo qiladi.
Ushbu sohani modernizatsiyalashda suv resurslarini boshqarish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish va gidrotexnik inshootlarning texnik holatini yaxshilash va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalarni xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hamda xorijiy grantlar hisobidan amalga oshirish ishlarini qo‘llab-quvvatlash zarur.
Butun mamlakat miqyosida suvni boshqarish va hisobga olish, oqilona foydalanish imkonini beruvchi sug‘orish va meliorativ texnika, mashina va qurilmalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish vazifalari dolzarbligicha qolmoqda.
Belgilangan suv olish limitlaridan tejab foydalangan, suvni iqtisod qiluvchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilgan suv iste’molchilarini rag‘batlantirish hamda suv olish tartibini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish choralarini ko‘rish zarur.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga yaroqli yer osti suvlari zaxirasini ko‘paytirish maqsadida qidiruv-gidrogeologik ishlarni o‘tkazish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun izlanishlar olib borish, yer osti suvi iste’molchilarining yagona Davlat statistik hisobotini yuritish tartibini takomillashtirish hamdayer osti suvlaridan foydalanishning monitoring tizimini yanada rivojlantirish lozim.
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda suv resurslaridan oqilona foydalanish amaliyotini optimallashtiradi va bu jabhada ham zarur innovatsiyalarga keng yo‘l ochadi.
Hududlarni mutanosib rivojlantirish
Yangi 0‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi iqtisodiy nuqtayi nazardan hududlar, tumanlar, shahar va qishloqlarni barqaror rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun viloyatlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va maqbul darajada foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |