4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja


Islohotlarning yangi bosqichida turizm boyicha quyidagi strategik vazifalarni belgilab oldik


Download 59.98 Kb.
bet11/16
Sana13.04.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1349696
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-mavzu

Islohotlarning yangi bosqichida turizm boyicha quyidagi strategik vazifalarni belgilab oldik:
turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirish, sohani boshqarish tizimini takomillashtirish;
turizm sohasida viza, litsenziya berish va ruxsat olish tartib-taomillarini soddalashtirish;
xorijiy investitsiyalar, jahon brendlarini faol jalb qilish, ushbu sohada biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
yangi turizm yo‘nalishlarini yaratish, turizmning zamonaviy
turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini oshirish.
Bugungi kunda ushbu sohada olib borilayotgan davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kompleks jadal rivojlantirish, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, hududlar diversifikatsiyasi va rivojlanishini ta’minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashga qaratilgan.
Turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. Hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri - yaqin yillardayurtimizga keladigan turistlar sonini 9 milliongayetkazishdan iborat.
Ma’lumki, qator nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari 2020-yilda 0‘zbekistonni albatta sayohatga borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi. Biz bunday imkoniyatdan unumli foydalanishimiz kerak.
Katta salohiyatga ega bo‘lgan ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish zarur.
Yurtimizda 8 ming 200 dan ziyod madaniy meros obyekti mavjud bo‘lib, turizm marshrutlariga ularning atigi 500 tasi kiritilgan. Ziyorat va an’anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan marshrutlardagi obyektlar sonini 800 tagayetkazish boyicha choralar ko‘rishimiz kerak. Jumladan, Navoiy viloyatida ulug‘ avliyo, mavlono Orif Deggaroniy nomi bilan ataladigan me’moriy majmuani restavratsiya qi- lish hamda uni sayyohlik marshrutiga kiritish muhim vazifamizdir.
Sarmishsoydagi ikki ming yillik tarixga ega bo‘lgan nodir qoyatosh suratlari UNESCO tomonidan Insoniyat nomoddiy madaniy merosi royxatiga kiritilgan. To‘dako‘l suvhavzasi dunyoning 170 dan ortiq davlati a’zo bo‘lgan Ramsar konvensiyasi royxatiga kiritildi. Umumiy maydoni qariyb 32 ming gektarni tashkil etadigan ushbu ko‘l va uning bebaho sohillari butun dunyodan uchib keladigan qushlar uchun muhim to‘xtab o‘tish joyi hisoblanadi. Shuning uchun viloyatda, ayniqsa, To‘dako‘l hududida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur tuzib, uni amalga oshiramiz.
Bu haqda so‘z yuritganda, UNESCOning Umumjahon moddiy madaniy merosi va nomoddiy madaniy merosi royxatiga 0‘zbekistondagiyangi obyektlarni kiritishni tezlashtirish lozimligini biz yaxshi tushunamiz va bu borada amaliy ishlarni kuchaytiramiz.
Yangi zamonaviy mehmonxonalarni qurishga davlat budjetidan zarur subsidiyalar ajratib, turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish zarur.
Turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilish, turizm tarmog‘ining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda mamlakatga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin ko‘paytirish maqsadida, kelajakda quyidagi yo‘nalishlar boyicha chora-tadbirlarni faol amalga oshirish belgilab olindi:
turistik faoliyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro meyor va standartlarni joriy etish;
turistlarning ehtiyojlari va talablarini inobatga olgan holda, mamlakatning barcha hududlarida turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani rivojlantirish;
transport logistikasini rivojlantirish, tashqi va ichki yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish;
turizm bozorining turli qatlamlariga mo‘ljallangan turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish orqali mavsumiy omillar ta’sirini kamaytirish;
mamlakatimiz ichida turizm xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni
qondirishga qaratilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlaydigan ichki turizmni rivojlantirish;
0‘zbekiston Respublikasi turistik mahsulotini ichki va tashqi turizm bozorlarida ilgari surish, uning sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini mustahkamlash;
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Shuningdek, yaqin kelajakda bu jabhadagi choralar sifatida 0‘zbekistonni jozibali jahon turizmi markaziga aylantirish, izchillik bilan yurtimizni dunyoning 30 ta sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan davlatlari qatoriga kiritish masalalariga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.
Shu maqsadda Qoraqalpog‘istonda, Amudaryo boylarida yangi turizm obyektlari va dam olish joylari tashkil etiladi. Nukus shahrida savdo, turizm, madaniyat, ta’lim, tibbiyot, injiniring va IT sohalaridagi xizmatlar rivojlantiriladi.
Xorazm viloyatida esa, turizm va hunarmandchilik yangi ish o‘rinlarini yaratishda asosiy drayver sohalar bo‘ladi. Urganchdagi Pahlavon Mahmud majmuasi va Xivadagi Xiyobon hududlarida “Turizm ko‘chasi” barpo etiladi.
Xiva shahriga tezyurar poyezd qatnovi yo'lga qo‘yilib, turistlar oqimini kamida 2 barobar oshirishga erishiladi. “Manguberdi vataniga sayohat” nomli ichki turizm dasturi orqali har yili 500 mingdan ziyod o‘quvchi, talaba va pensionerlarning Xorazmga safarini tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Misol uchun, Ichanqafadagi Najmiddin Kubro saboq bergan Shayx Kabir madrasasi va masjidi, xonaqoh va chillaxona rekonstruksiya qilinib, ziyoratgohga aylantiriladi. Shu- ningdek, Xiva shahrida UNESCO ko‘magida restavratsiya maktabi tashkil etiladi. Ushbu maktabda malakali mutaxassislar tayyorlash uchun xorijdanyetakchi ekspertlarni olib kelamiz.
Samarqand viloyatini yurtimizning “Turizm darvozasi”ga aylantirish orqali kelgusi besh yilda turizm xizmatlari hajmi kamida 10 barobar oshiriladi. Bunda 600 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etilib, yotoq o‘rinlari soni 22 mingtaga yetkaziladi.
Viloyatda Xalqaro kulinariya va servis maktabi tashkil etilib, talabalarni o‘qitishga Fransiya, Italiya, Yaponiya, Turkiyadan yetakchi restoratorlar jalb etiladi. Shuningdek, Xalqaro gastronomik festival tashkil etiladi.
Samarqand xalqaro aeroportiga parvozlar soni 7 barobar oshirilib, yo‘lovchilar oqimi yiliga hozirgi 220 mingdan 1,5 million nafarga yetkaziladi.
Yuqorida qayd etilganidek, 2022-yilda 212 gektar yer maydonida Samarqand biznes va turizm markazi barpo etiladi. Unda xalqaro kongress markazi, “Abadiy shahar” karvonsaroy majmuasi, 8 ta mehmonxona, dam olish va ko‘ngilochar obyektlar, hunarmandchilik markazi, sun’iy suv havzalari quriladi.
Mamlakatimiz boylab Wi-Fi hududlari sonini oshirish, ijaraga avtomobil xizmatini yo‘lga qo‘yish (Rent a Car), turizm ravnaqi uchun maxsus iqtisodiy hududlarni yaratish, sohaning yangi istiqbolli turlarini jadal rivojlantirish ishlarini izchil davom ettiramiz.
Turistik klaster, turistik zonalar, turistik industriyadagi xizmatlarni tashkil etishda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quwatlash vazifalari ham dolzarbligicha qolmoqda.
8.Raqamli iqtisodiyot sari

Biz taqdim etayotgan strategiyada yuqori texnologiyalarga asoslangan, innovatsion va raqamli iqtisodiyotga ustuvor ahamiyat beriladi.


Insoniyat tarixida tosh asri toshlar tugaganligi uchun emas, balki yangi texnologiyalar kirib kelgani natijasida barham topgan. Bugunga qadar insoniyat uchta sanoat inqilobini boshdan kechirdi.
Hozirgi davrimiz dunyoning yetakchi mamlakatlari “To‘rtinchi sanoat inqilobi”, “Aqlli iqtisodiyot”, “Innovatsion iqtisodiyot”ga o‘tayotgani bilan xarakterlanadi.
Yangi asrda raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes va elektron tijoratni nazarda tutuvchi raqamli iqtisodiyotning shakllanishi tendensiyaviy tus oldi. Jahonning yetakchi mamlakatlarida raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotning 4-5 foizini ta’minlamoqda, jahondagi savdo aloqalarining 15 foizdan ko‘prog‘i uning hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot elektron savdo va servis bilan cheklanmasdan ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarni ham qamrab olmoqda. Fuqarolarga turli xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti ham elektron hukumat platformasiga o‘tkazilmoqda.
Pandemiya raqamlashtirish jarayonini yanada tezlashtirdi. Axborot texnologiyalari iqtisodiy o‘sishning tom ma’nodagi “drayveri”ga aylanib bormoqda.
Bunday sharoitda yangi texnologiyalarga innovatsion asoslangan holda iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash, jahon bozoridagi raqobatbardoshligini yanada oshirish, uning soha va tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyaviy faollikni kuchaytirish orqaligina istiqbolli dasturlarimizni samarali amalga oshirish mumkin. Eng muhimi, “Raqobatbardosh 0‘zbekiston konsepsiyasi”ni ishlab chiqamiz va amalga oshiramiz.
Hozirgi vaqtda 0‘zbekiston ham ushbu umumjahon tendensiyasidan chetda qolayotgani yo‘q. Keyingi yillarda iqtisodiyot sohasiga raqamli texnologiyalarni jalb qilishga alohida e’tibor berilmoqda.
Raqamli iqtisodiyot, eng awalo, keng polosali Internet portlari yaratishni, optik tolali aloqa liniyalari yotqizishni taqozo qiladi. Shuni inobatga olgan holda, ushbu vazifaga jiddiy e’tibor qaratildi. Birgina 2020-yilda qariyb 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratildi va 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi.
Ayni paytda yaratilayotgan o‘nlab zamonaviy korxonalar, IT- parklar - bamisoli taraqqiyot darvozalari bo‘lib, ular milliy iqtisodiyotimiz rivojiga xizmat qilmoqda. Jumladan, kelgusi besh yilda Toshkent shahrini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi. “Toshkent - yashash uchun qulay yashil shahar”, “Biznes uchun ulkan im- koniyatlar shahri”, “Mintaqaviy investitsiyalar markazi”, “Raqamli poytaxt”, “Bilim va innovatsiyalar shahri”, “Poytaxt - madaniyat va ma’rifat bulog‘i”, “Sog‘lom turmush va sifatli tibbiyot” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha rejalar belgilab olingan.
Mamlakatimizda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotgan edi. Ushbu muammolarni inobatga olgan holda hamda mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish borasida qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar (xizmatlar)ni Internet tarmog‘i orqali realizatsiya qilish uchun zamonaviy mexanizm va tartib-taomillarni joriy etish, mahalliy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling