4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja


“Raqamli iqtisodiyot - 2030”


Download 59.98 Kb.
bet13/16
Sana13.04.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1349696
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-mavzu

“Raqamli iqtisodiyot - 2030” strategiyasi ishlab chiqildi. Endigi vazifa ushbu strategiyada ko‘zda tutilgan quyidagi tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Raqamli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida optik tolali aloqa liniyalari, xalqaro kommutatsiya markazlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish orqali mintaqaviy va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarining 0‘zbekistonga chegaradosh Markaziy Osiyo davlatlari bilan tranzit aloqalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirib borish zarur.
Bu borada taqdim etilayotgan xizmatlar hajmini oshirish, rezervlash, tizimlarning ishonchliligini ta’minlash, shuningdek, aholi punktlari va ijtimoiy obyektlarni keng polosali xizmatlardan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash uchun ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish alohida e’tiborni talab qilmoqda.
Mobil va yo‘ldosh aloqa operatorlarining investitsion faolligini rag‘batlantirishning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish, mobil aloqa tarmog‘ini 4G va 5G texnologiyasi bo‘yicha rivo jlantirish, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarini beshinchi avlod aloqa tarmog‘i bilan bosqichma-bosqich qamrab olish bilan bog‘liq yo‘nalishga alohida e’tibor qaratish darkor.
Hamma aholi punktlari va ijtimoiy obyektlarni optik va mobil keng polosali xizmatlardan foydalanish tarmoqlari bilan qamrab olish, avtomagistral va temir yo‘llari, turistik obyektlarni mobil aloqa tarmoqlari bilan qoplashni ta’minlash, Internet tarmog‘iga ulanish jarayonlarini takomillashtirish va optimallashtirish, geografik joylashuvidan qat’i nazar, fuqarolarning axborotga nisbatan o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun keng polosali simsiz va mobil texnologiyalarni yanada rivojlantirishimiz zarur.
Iste’molchilarga televizion signalni uzatish, yer usti televizion eshittirish, kabel televideniyesi, IR-televideniye, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, mobil aloqa, Internet texnologiyalaridan foydalangan holda teleradioeshittirish, televizion va radio xizmatlarining barcha turlarini to‘Iiq qamrab olgan holda, raqamli eshittirishni takomillashtirishimiz lozim.
“Bulutli” hisoblashlar asosida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini rivojlantirish, foydalanuvchining talablariga muvofiq, 0‘zbekiston Respublikasining axborot resurslariga doimiy ulanishni ta’minlash hamda mamlakatimiz hududida davlat organlari, jismoniy vayuridik shaxslar uchun axborotni saqlash, qayta ish- lash, himoya qilish va elektron davlat xizmatlari foydalanuvchanligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish diqqatimiz markazida turmog‘i kerak.
Bozor iqtisodiyotining erkin rivojlanish imkoniyatini saqlab, telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilash, biznes yuritish va telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirishda ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish lozim. Shu asosda keng polosali ulanishni rivojlantirishning texnologik negizida iste’molchilarga qo‘shimcha xizmatlar, jumladan, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish xizmatlarini, aholining hayot dara- jasini yuksaltirishda aqlli tizimlarni joriy etishning bir qismi sifatida individual infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash uchun yagona infratuzilma yordamida multiservis tarmoqlarini taraqqiy ettirish zarur.
Elektron hukumat doirasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun barcha davlat organlari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarini idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulagan holda ushbu tarmoqni rivojlantirish barobarida davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida
Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling