4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja


Download 59.98 Kb.
bet15/16
Sana13.04.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1349696
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-mavzu

“aqlli uy” tajribasini tatbiq etish zarur.
Butun mamlakatimiz bo‘ylab mavjud transport tizimini kompleks rivojlantirish uchun dasturiy modellashtirish tizimlaridan foydalanish mexanizmlarini amalga oshirish, 2022-yilda mamlakatimizning barcha yirik shaharlarida jamoat transportlarida yo‘l haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini qo‘llash va naqd pulsiz to‘lovlar ulushini 90 foizga yetkazish, har qanday yo‘lovchi transportida chipta sotib olish uchun yagona platformani yaratish lozim.
Mamlakatimizdagi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni Internet tarmog‘i orqali sotish boyicha bozorlarni kengaytirish, logistika tizimini takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida raqamli logistika tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish va ishlab chiqarish korxonalarida addiktiv (qavatma-qavat qurish va sintez qilish texnologiyasi, 3D o‘lchamda bosib chiqarish) texnologiyalarini keng qo‘llash ham dolzarb vazifalardan biridir.
Sug‘urta tizimini raqamlashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida raqamli sug‘urtani amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, iqtisodiyotning real sektorlarida robotlashtirilgan sanoatni rivojlantirish va amalga oshirish, yirik sanoat korxonalari uchun robototexnika va muhandislik ixtisosliklarini tashkil etish ishlari esa alohida e’tiborni talab qiladi.
Elektron tijorat va elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan, mijozlarni masofadan aniqlash tizimlarini joriy etish orqali masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish hamda xalqaro elektron tijorat standartlari va zamonaviy axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish uchun elektron tijoratni rivojlantirishning huquqiy asoslarini, shuningdek, mavjud standartlar va elektron tijorat qoidalarini takomil- lashtirish va yangilash bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshiriladi.
Shu asnoda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, mobil va simli Internet tarmog‘i qamrovi va tezligini yanada oshirish orqali elektron tijorat platformalariga shaxsiy raqamli uskunalardan ulanish imkoniyatlari va ko‘lamlarini oshirish bilan birga elektron tijorat va elektron to‘lovlar tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, elektron hukumat xizmatlarini taqdim etishda to‘lovlarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda, iqtisodiyot va moliya sohasida axborot infratuzilmasini takomillashtirish zarur.
Mamlakatimizda elektron tijoratning rivojida muhim o‘rin tutadigan pochta va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va texnik yangilashni tahninlash, logistika markazlarini (fulfilment) yaratish boyicha yirik loyihalarni amalga oshirish, axborot texnologiyalarini va pochta aloqasi obyektlarida avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish, shuningdek, pochta va logistika xizmatlari sifatini oshirish lozim.
Jismoniy shaxslarga Internet tarmog‘i orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish jarayonini osonlashtirishga imkon beradigan to‘lovlar agregatorlarini rivojlantirish, transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini qulay va o‘z vaqtida eksport qilishni taminlash vazifalari ham diqqatimiz markazida bo‘ladi.
Shuningdek, bitta savdo maydonchasida keng ko‘lamli bank va bankdan tashqari moliyaviy xizmatlarni (qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, sug‘urta va boshqalar) taqdim etishga yo‘naltirilgan moliyaviy supermarketlarning biznes modelini yaratish, tijorat banklari tomonidan mijozlarga masofaviy bank xizmatlari (internet-banking, bank-mijoz, sms-banking va boshqalar), jumladan, mobil ilovalar orqali xizmat ko‘rsatish ko‘lamini va sifatini oshirish ehtiyoji mavjudligicha qolmoqda.
Elektron tijorat sohasida malakali kadrlar tayyorlash o‘quv jarayonining darajasi va sifatini tubdanyaxshilash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida, shuningdek, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish va elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi subyektlarning tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarini
Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling