4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja


Tadbirkorlikni rivojlantirish borasida quyidagi vazifalar ham diqqat markazimizda turmog‘i darkor


Download 59.98 Kb.
bet4/16
Sana13.04.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1349696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu

Tadbirkorlikni rivojlantirish borasida quyidagi vazifalar ham diqqat markazimizda turmog‘i darkor:



  • O‘zbekistonning “Biznesni yuritish”, global raqobatbardoshlik (GCI), innovatsiyalar (GII), sanoatning raqobatbardoshligi indekslari bo‘yicha dunyoning yetakchi 50 ta mamlakati qatoridan o‘rin egallashini ta’minlash;

  • biznes yuritishning olis istiqbolga mo‘ljallangan imkoniyatini ta’minlash, bugungi kunda tadbirkorlik sohasini tartibga soluvchi minglab qonun hujjatlari mavjudligini inobatga olib hamda davr ta- lablaridan kelib chiqib tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish va liberallashtirish maqsadida yagona “Tadbirkorlik kodeksi”ni ishlab chiqish;

  • Har bir oila - tadbirkor” g‘oyasini izchillik bilan hayotga tatbiq etish, jamiyatda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, maktabdan boshlab oliy ta’lim muassasalarida ham tadbirkorlik to‘g‘risida darslar o‘tish, to‘garaklar tashkil etish, jumladan, “Tadbirkorlar akademiyasi”ni, sohaga qiziqayotgan yoshlar uchun esa konsalting markazlarini tashkillashtirish;

  • hududlarda tadbirkorlikning rivojlanishiga xizmat qiluvchi infratuzilmalarni har tomonlama rivojlantirish, istiqboldagi rivojlanish strategiyalarini belgilash, shu maqsadda optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish;

  • tijorat banklari, lizing kompaniyalari va boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyalashtirilishini kengaytirish, garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq bank kreditlari berish tartib-taomillarini soddalashtirish siyosatini davom ettirish;

  • eksport-import tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bo‘yicha davlat xaridlarini kengaytirish;

  • kichik biznesning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi, eksport salohiyatini oshirish va diversifikatsiyalash, marketing tizimini isloh qilish, innovatsion va strategik boshqaruvni takomillashtirish, mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, xorijda milliy brendlarni faol ilgari surish;

  • venchur korxonalar va jamg'armalar, “biznes-farishtalar” - moliyaviy va boshqa resurslarni innovatsion loyihalarga sarflovchi xususiy investorlar faoliyati, “startaplar” uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarini soliq imtiyozlari orqali rag‘batlantirish.

Yaqin o‘n yil ichida iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz oldida yechimini kutib turgan o‘ta jiddiy masala - bu past samaradorlikka barham berishdan iborat. Shuning uchun biz yaqin besh yilda mamlakat iqtisodiyotida mehnat unumdorligini ikki barobar oshirishga erishishni o‘zimizning strategik maqsadlarimizdan biri sifatida belgilab oldik.
Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari va davlat unitar korxonalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini asoslangan darajagacha qisqartirish va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash boyicha ishlarni tizimli ravishda davom ettiramiz.
Kambag‘allikdan chiqib ketish uchun eng muhim omil - bu insonning intilishi, o‘z kuchiga tayangan holda, aniq maqsad sari harakati bo‘lishi kerak. Shu maqsadda mahallalarda aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha markazlar tashkil etiladi. Bunda kasb-hunarga o‘qitiladigan har bir shaxs uchun o‘quv markazlariga ham, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga ham subsidiyalar beriladi.
Shuningdek, har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan oilalarga 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ajratiladi.
Aholini yuqori mehnat daromadlari bilan ta’minlash, ularning ijodiy va kasbiy o‘sishi uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ijtimoiy liftlarni shakllantirish lozim. Barcha sa’y-harakatlarimiz zamirida bitta maqsad - fuqarolarning real daromadlari va real oylik maoshlarining inflatsiya darajasiga qaraganda tezroq o‘sib borishini ta’minlash turibdi.
Kambag‘allik darajasini qisqartirish ko‘p jihatdan daromadlar taqsimlanishidagi tafovutni kamaytirish, ijtimoiy tabaqalashuvning xavfsizlik meyorlaridan yuqori bo‘lmasligini ta’minlash, muhtoj oilalarni o‘rta daromadlilar qatoriga o‘tkazish bilan bog‘liqdir.
Ehtiyojmand aholi bandligini ta’minlashga Bandlikka ko‘maklashish hamda Jamoat ishlari jamg‘armalaridan katta mablag‘lar yo‘naltiriladi.
Kambag‘allikni qisqartirish borasida hududlardagi haqiqiy holatga baho berish, amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis palatalari va mahalliy kengashlarning diqqat markazida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Yurtimizda har bir tuman va shahar hokimi o‘z hududida kambag‘allikni qisqartirish boyicha manzilli dastur ishlab chiqib, uning ijrosi boyicha har chorakda mahalliy kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib boradigan tizim yo‘lga qoyilmoqda. Umuman, bu masala barcha rahbarlarning birinchi darajali vazifasi va ish samarasini baholaydigan asosiy mezonga aylanishi kerak.



  1. Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal taraqqiyotini ta’minlash uchun tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aks holda nafaqat iqtisodiyotimiz rivojini, balki milliy taraqqiyotning yuksak sur’atlarini ham ta’minlab bo‘lmaydi.


0‘zbekistongayangi sanoatni olib kirish boshqa davlatlarga nisbatan qulay bo‘lishini ta’minlaymiz. Bunda energetika sanoati va so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni yangi texnologik darajaga ko‘taramiz.
Biz 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini 2,5 barobar ko‘paytirish, milliy iqtisodiyot tarkibida sanoatning ulushini 40 foiz- gayetkazish bo‘yicha aniq maqsadli dasturlarni amalga oshiramiz.
Shuni inobatga olgan holda, keyingi yillarda iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni joriy etish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish uchun bir qator vazifalarni bajarishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Milliy iqtisodiyotva ishlab chiqarishning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini yanada ko‘paytirish hamdabuyo‘nalishning samarasini oshirish boyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Yangi 0‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining iqtisodiyot sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat.



Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling