4-mavzu: Mustaqil O‘zbekistonning tashqi siyosati va diplomatiyasining mohiyati. Reja


O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti


Download 274.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana12.10.2023
Hajmi274.72 Kb.
#1700071
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu (m O\'zDT) (1)

3. O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti. 
Mustaqillikdan so‘ng, mustaqil O‘zbekiston diplomatiya sohasida o‘z salohiyati 
va an’analari borasida aniq, asoslangan va uzoqqa mo‘ljallangan siyosatni olib 
bordi. O‘zbekiston diplomatiyasi – davlatimizning xalqaro miqyosida tanilishi, 
tan olinishi, iqtisodiy, xalqaro mavqei mustahkamlanishining asosiy vosita va 
qurollaridan biriga aylandi. 
Ma’lumki, 1991-yildan O‘zbekiston Respublikasi xorijiy davlatlar bilan 
diplomatik aloqalarni o‘rnata boshladi. Mamlakatimiz bilan birinchi diplomatik 
aloqalarni o‘rnatgan davlat Avstraliya (26.12.91) bo‘ldi. 1992-yildan boshlab 
tashqi siyosat va diplomatiyamizning faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi. Birin-
ketin Xitoy, Misr, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Germaniya 
singari jahonning etakchi davlatlari bilan diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
2017-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan 
diplomatik aloqalari yangi bosqichga kutarilib, uning doirasi kengayib 
bormoqda. Xususan, 2018-yilning 26-yanvar kuni Nyu-York shahrida (AQSh) 
O‘zbеkiston Rеspublikasi va Nеpal Fеdеrativ Dеmokratik Rеspublikasi o‘rtasida 
diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonnomani imzolandi. 
Nеpal O‘zbеkiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 134-davlatga aylandi. 
2021-yil 3-fеvral kuni San-Marinoning Rim shahridagi elchixonasida 
O‘zbеkiston va San-Marino mamlakatlari o‘rtasida diplomatik aloqalarni 
o‘rnatish bo‘yicha protokol imzolandi. San-Marino O‘zbеkiston bilan 
diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 136-davlat bo‘ladi. 
2021-yil 14-may kuni Nyu-Yorkda O‘zbеkiston va Dominika 
Hamdo‘stligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma 
bayonot imzolandi. Dominika Hamdo‘stligi O‘zbеkiston diplomatik aloqalar 
o‘rnatgan 137-mamlakatga aylandi. 
2022-yil 9-mart kuni O‘zbеkiston Rеspublikasi Sеnt-Kits va Nеvis 
Fеdеratsiyasi bilan diplomatiya aloqalari o‘rnatdi.
2022-yil 10-may kuni esa AQShning Nyu-York shahrida O‘zbеkiston 
Rеspublikasi bilan Sеnt-Vinsеnt va Grеnadin orollari o‘rtasida diplomatik 
munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikе (bayonot) 
imzolandi. Sеnt-Vinsеnt va Grеnadin orollari O‘zbеkiston bilan diplomatiya 
munosabatlari o‘rnatgan 140-mamlakat bo‘ldi. shuni qayd etish joizki, mazkur 



hujjatning imzolanishi O‘zbеkistonning Karib dеngizi havzasi mamlakatlari 
bilan hamkorligini faollashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
2022-yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’tirof etgan, 
lekin diplomatik aloqalar o‘rnatmagan davlatlarning soni 11 ta tashkil etadi.
2022-yil sentyabr oyi holati bo‘yicha O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi 
ishlar vazirligining rasmiy vеb saytida (
https://www.mfa.uz
) berilgan 
ma‘lumotlarga ko‘ra, Toshkentda 43 ta mamlakat elchixonasi, 1 ta Evropa 
ittifoqi delegatsiyasining elchixonasi, 2 ta xorijiy davlatning Bosh konsulxonasi 
(Afg‘oniston Islom Respublikasining Termiz shahridagi Bosh konsulxonasi va 
Qozog‘iston Respublikasining Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasi) 8 ta 
faxriy konsullar, 1 ta diplomatik statusga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi 
savdo vakolatxonasi, 12 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, 5 ta xalqaro 
moliyaviy tashkilotlar vakolatxonalari, 11 ta xorijiy davlatlarning hukumat va 
hukumatlararo tashkilotlarining vakolatxonalari ishlab kelmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasining 35 ta elchixonasi, 3 
ta xalqaro tashkilotlarda (BMT, YUNESKO, Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi 
va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxonasi) doimiy vakolatxonasi, 
15 Bosh konsulxonasi va 1 ta O‘zbekiston Respublikasining Mozori-Sharif 
shahridagi Konsulxonasi mavjud.
O‘zbekiston, o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng, 50 dan ortiq 
jahonning eng nufuzli tashkilotlariga a’zo bo‘ldi. Bu – Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti (2.03.1992), EXHT (30.01.1992), YUNESKO, Parlamentlararo 
Ittifoq, NATO (aloqalar 1991-yil 21-dekabrda o‘rnatilgan) va uning «Tinchlik 
yo‘lida hamkorlik» dasturi (1994), Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Xalqaro 
moliya korporatsiyasi, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash 
tashkiloti va boshqa xalqaro mintaqaviy tashkilotlar hamda assosiatsiyalardir. 
Ushbu xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishi mamlakatimizning 
xalqaro maydondagi siyosiy mavqeiga, keng hamkorliklar yo‘lidan ilgarilab 
borishiga Shubhasiz ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur xalqaro tashkilotlarning 
ko‘plab vakillik organlarining poytaxtimiz Toshkentda muvaffaqiyatli faoliyat 
ko‘rsatayotganligi ham shundan dalolat beradi. 
1991-yil 31-avgust - O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining rasmiy 
e’lon qilingan kun – davlatimizning xalqaro hamjamiyatga keng ko‘lamli va 
dinamik integratsiyasi boshlangan sana hisoblanadi. Hozirda O‘zbekiston 100 
dan ortiq xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib, turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik 
tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Mamlakatimiz tashqi siyosiy 
faoliyati konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor 
yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘lib, mamlakatning hayotiy muhim 
manfaatlari bu mintaqa bilan chambarchas bog‘liqdir. 
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va 
barqarorlikni 
ta’minlashga, 
mintaqaviy 
xavfsizlikning 
eng 
muhim 
muammolarini hal etishga, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni izga tushirishga 
ko‘maklashishga, 
Markaziy 
Osiyoning 
transchegaraviy 
suv 
havzalari 
resurslaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanishni va mintaqada ekologik 
barqarorlikni ta’minlashga, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish 



jarayonlarini yakunlashga, yangi tahdidlarga qarshi kurash borasida samarali 
chora-tadbirlar ko‘rishga, barcha qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro yaqin, 
manfaatli va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgandir. 
O‘zbekiston o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan munosabatlarda doimo 
ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat yuritish tarafdori bo‘lib qoladi, 
mintaqadagi barcha dolzarb siyosiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni 
Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan 
holda, amaliy muloqot va xalqaro huquq normalari asosida hal etilishini 
yoqlaydi. 
O‘zbekiston Afg‘onistonga nisbatan an’anaviy tarzda yaxshi qo‘shnichilik 
va do‘stona siyosat yuritadi hamda bu davlatning ichki ishlariga aralashmaslik, u 
bilan o‘z munosabatlarini ikki tomonlama asosda, afg‘on xalqi tanlagan 
hukumatni qo‘llab-quvvatlash siyosatini o‘ziga ma’qul topadi. O‘zbekistonning 
fikriga ko‘ra, Afg‘onistonda urushni to‘xtatish va tinchlik o‘rnatishning yagona 
yo‘li - siyosiy yo‘l bo‘lib, afg‘on muammosi borasida turli qarama-qarshi 
tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan o‘zaro kelishuvga erishish, va 
mamlakatning asosiy milliy va etnik guruhlari vakillarini o‘z ichiga olgan 
hukumat tuzishdir. 
O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi MDHga a’zo 
mamlakatlardir. O‘zbekistonni bu davlatlar bilan tarixan shakllangan siyosiy, 
iqtisodiy, transport-kommunikatsion va boshqa aloqalar bog‘lab turadi. 
O‘zbekiston MDHning barcha mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik 
munosabatlarini teng huquqli, o‘zaro manfaatli, bir-birini hurmat qilish asosida 
yo‘lga qo‘yishni davom ettiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi 
Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma (2004-yil 16-iyun), Ittifoqchilik 
munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma (2005-yil 14-noyabr), shuningdek 
Strategik sheriklikni chuqurlashtiish to‘g‘risidagi deklaratsiya (2012-yil 4-iyun) 
asosida Rossiya Federatsiyasi bilan do‘stona aloqalarni izchil rivojlantirish va 
har tomonlama mustahkamlash har ikkala mamlakat manfaatlariga mos keladi 
hamda mintaqada barqarorlik va xavfsizlikning mustahkamlanishiga xizmat 
qiladi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni va investitsion hamkorlikni yanada 
kuchaytirish hamda diversifikatsiya qilish, transmilliy transmilliy xavf-xatar va 
tahdidlarga qarshi kurashish va mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash 
masalalaridagi hamkorlik - O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama 
munosabatlarning muhim jihatlaridir. 
Amerika Qo‘shma SHtatlari bilan mushtarak manfaatlar asosida har 
tomonlama o‘zaro foydali va amaliy hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston 
tashqi siyosatida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Ushbu munosabatlar 
2002-yilning 12-martida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan AQSH 
o‘rtasida 
Strategik 
sherikchilik 
va 
hamkorlik 
asoslari 
to‘g‘risidagi 
deklaratsiyaga asoslanadi. Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishga 
ko‘maklashish, transmilliy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashish, 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va islohotlar jarayonlarini 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida investitsiyalar va texnologiyalar sohasidagi 


10 
hamkorlikni kengaytirish masalalari ikkitomonlama aloqalarni muhim qismi 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Evropaning etakchi davlatlari bilan, shuningdek Evropa 
Ittifoqi va NATO bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga muhim 
e’tibor qaratadi. Savdo, investitsion va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, 
yuksak texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni 
saqlash va madaniyat sohasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar, shuningdek 
mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash O‘zbekistonning Evropa mamlakatlari 
hamda tashkilotlari bilan hamkorligining muhim yo‘nalishlaridir. 
O‘zbekiston o‘zining yaqin mintaqaviy qo‘shnisi hamda global 
muammolarni hal etishda muhim o‘rin tutadigan davlat sifatida Xitoy Xalq 
Respublikasi 
bilan 
strategik 
sheriklik 
munosabatlarini 
yanada 
mustahkamlashdan manfaatdordir. Xitoy bilan ikki tomonlama munosabatlarni 
yanada rivojlantirish 2012 yil 6 iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va 
Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Strategik hamkorlik munosabatlarini 
o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyaga, hamda 2013 yil 9 sentyabrda 
imzolangan “Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida”gi SHartnoma va “Ikki 
tomonlama strategik sherikchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va 
chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi Qo‘shma deklaratsiyaga asoslanadi. 
Osiyo – Tinch okeani mintaqasidagi barcha etakchi mamlakatlar bilan 
o‘zaro 
manfaatli 
asosda 
savdo-iqtisodiy 
munosabatlarni 
kengaytirish, 
O‘zbekiston 
iqtisodining 
ustuvor 
sohalariga 
investitsiya 
va 
yangi 
texnologiyalarni jalb etish, shuningdek fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat 
va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantirish hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan har 
tomonlama va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish tarafdoridir, 
jumladan Hindiston va Pokiston bilan savdo-iqtisodiy va transport-
kommunikatsiya sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor. 
YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar 
savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, moliya va investitsiya sohalarida 
izchil rivojlanmoqda. 
O‘zbekistonning nufuzli xalqaro tashkilotlar ishida, eng avvalo BMTni 
faoliyatida, faol ishtirok etib kelmoqda. O‘zbekiston BMTni dunyoda tinchlik va 
xavfsizlikni saqlab turish, hozirgi shiddat bilan davom etayotgan globalizatsiya 
jarayonida davlatlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash borasidagi yagona 
universal tashkilot deb biladi. 
Respublikamiz shuningdek mintaqaviy tashkilotlar ishida faol ishtirok 
etmoqda. O‘zbekiston SHanxay Hamkorlik Tashkilotini doirasida mintaqaviy 
xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurash, a’zo mamlakatlarning barqaror ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, o‘zaro infratuzilmaviy va investitsion 
loyihalarni amalga oshirish borasidagi hamkorlikni kuchaytirish tarafdori. 
O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkiloti doirasidagi 
ko‘p tomonlama hamkorligining ustuvor yo‘nalishlariga savdo-iqtisodiy 


11 
hamkorlik masalalari, transport kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, 
transmilliy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish hisoblanadi. 
Bu ko‘rsatkichlar mamlakatimiz tomonidan tashqi siyosat va diplomatiya 
sohasida tanlagan yo‘lining nechog‘li oqilona ekanligidan dalolat beradi. 
Hozirda O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy, jahon talablariga javob 
beradigan diplomatik davlat xizmati, elchixonalar, konsulliklar, vakolatxonalar, 
diplomatiya shoxobchalari, markaziy diplomatik muassasalar tizimi izchillik 
bilan ish olib bormoqda. 

Download 274.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling