4-mavzu: Mustaqil O‘zbekistonning tashqi siyosati va diplomatiyasining mohiyati. Reja


O‘zbekiston diplomatiyasining asosiy tamoyillari


Download 274.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana12.10.2023
Hajmi274.72 Kb.
#1700071
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu (m O\'zDT) (1)

2. O‘zbekiston diplomatiyasining asosiy tamoyillari. O‘tish davrining 
1992-2016 yilarida O‘zbekiston tashqi siyosat va diplomatiya sohasida ko‘plab 
ishlar amalga oshirildi va davr talabi bilan konstitutsiya asosida bu sohaga oid 
bir necha hujjatlar qabul qilindi: 
1. «O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya 
vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish tartibi to‘g‘risida»gi 
qonun, 1992 yil 2 iyun;
2. «O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun 
diplomatiya daraja va martabalarini belgilash to‘g‘risida»gi Qonun, 1992 yil 3 
iyul; 
3. O‘zR Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar 
vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida» Farmoni, 1994 yil 25 
fevral; 



4. O‘zR Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida Tashqi 
ishlar vazirligining faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish masalalari 
to‘g‘risida»gi Qarori, 1994 yil 16 mart; 
5. «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini 
va O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risidagi Nizomni 
tasdiqlash haqida»gi Qonun, 1995 yil 6 yanvar; 
6. «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi 
qonun, 1995 yil 22 dekabr; 
7. «O‘zbekiston Respublikasining Konsullik Ustavini tasdiqlash 
to‘g‘risida»gi Qonun, 1996 yil 29 avgust; 
8. «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy 
prinsiplari to‘g‘risida»gi Qonun, 1996 yil 26 dekabr (7-moddadan iborat bo‘lgan 
bu hujjat o‘z kuchini 2012 yil 10 sentyabr yo‘qotgan);
9. «O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida»gi 330-sonli Qonun, 2012 yil 10 sentyabr
 
va boshqa 
qonunlar ana shular jumlasidandir. 
Ushbu qonunlar mustaqil O‘zbekistonning xorijiy davlat va xalqaro 
tashkilotlar bilan teng huquqli asosda munosabat o‘rnatishda muhim ahamiyat 
kasb etdi.
Mustaqillikning datlabki yillaridan boshlab respublikada diplomatik ishlar 
uchun, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy aloqalarda faoliyat yuritadigan 
mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berildi. SHu maqsadda 1992 yil 23 
sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra Toshkentda 

Download 274.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling