4-mavzu: Mustaqil O‘zbekistonning tashqi siyosati va diplomatiyasining mohiyati. Reja


takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor


Download 274.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana12.10.2023
Hajmi274.72 Kb.
#1700071
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu (m O\'zDT) (1)

takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor 
yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5400-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni qabul qilindi. 
Mazkur hujjatga binoan vazirlik tarkibida Tashqi iqtisodiy hamkorlik 
bosh boshqarmasi tashkil etildi. Vazirlikning Matbuot xizmati Jamoatchilik va 
OAV bilan aloqalar boshqarmasiga aylantirildi. Konsullik boshqarmasi negizida 
Konsullik-huquqiy departamenti (boshqarmasi) sifatida qayta tuzildi.
Vazirlik 
tarkibida yangi Chet ellik vatandoshlar bilan hamkorlik aloqalari boshqarmasi 
ish boshlashi belgilandi.
2019-yil 28-yanvarda esa «Investitsiya va tashqi savdo sohasida 
boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5643-
sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi 
negizida «O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi» 
tashkil etildi. SHu kuni 
ushbu Farmonning ijrosi yuzasidan, shuningdek,
chet el 
investitsiyalari keng jalb etilishini ta’minlash hamda respublikaning tashqi savdo 
faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida 
«O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini 
tashkil 
etish 
to‘g‘risida»gi 
PQ-4135-sonli 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining Qarori ham qabul qilindi. 
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va 
birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasini samarali amalga oshirishdir. Mazkur maqsadga erishish uchun 
tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: 
- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda 
jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali 
amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni 
shakllantirish; 
- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda 
mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga 
aylantirish; 
- jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan strategik 
hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish; 
- O‘zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo‘nalishlar 
bo‘yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish; 
- mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini 



kengaytirish borasida ko‘maklashish; 
- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish; 
- mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani 
rivojlantirish borasida amaliy yordam ko‘rsatish; 
- transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va 
chuqurlashtirishda hamda xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik 
infratuzilmalarni rivojlanishiga ko‘maklashish; 
- xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq 
va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash; 

xorijda 
istiqomat 
qilayotgan 
vatandoshlar 
bilan 
aloqalarni 
mustahkamlash. 

Download 274.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling