4-mavzu. Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati


-rasm.Bozordagi maksimal narx


Download 25.41 Kb.
bet4/8
Sana12.10.2023
Hajmi25.41 Kb.
#1700329
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu. Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati-hozir.org

4.4-rasm.Bozordagi maksimal narx
Ikkinchi B rasm ancha qiziqarli natija ko’rsatadi.Bu holatda, hukumat
muzqaymoq uchun narx yuqori chegarsini 2$ etib tayinlaydi. Chunki 3$ muvozanatli
narxning yuqorisida turibdi. Ushbu yuqori chegara esa bozorda majburiy chegara
vazifasini bajaradi.Taklif va talab narxni muvozanat tomonga qarab harakat qilishga
majbur etadi. Ammo qachonki bozor narxi yuqori chegaraga yetsa qonun bilan undan
yuqoriga o’sa olmasligi mumkin. Shunday qilib bozor narxi narxning yuqorisini
muvozanatlaydi. Bu narxda esa talab etilgan muzqaymoq miqdori (rasmda 125 dona)
taklif miqdordan oshib (75 dona). Demak bu yerda muzqaymoq tanqisligi yuzaga
keladi, 50 nafar odam muzqaymoq sotib olishni hohlasa ham uni harid qila olmaydi.
Qachonki muzqaymoq tanqisligi narx o’zgarishi tufayli ortsa, tovar yetkazib
beruvchining normallashtirish mexanizmi ham shakillanadi. Ushbu mexanizm tovarga
bo’lgan navbat bo’lishi mumkin. Navbatga erta kelib, kuta oladigan iste’molchilar
natijada muzqaymoq oladilar, ammo aksariyat kuta olmaydigan odamlar esa sotib
olmaydilar. Bunga muqobil ravishda, sotuvchilar muzqaymoq yetkazib berishni
o’zlarining hohishlariga qarab. masalan, faqat jamiyatning ma’lum bir guruhiga, oila
a’zolariga, do’stlariga muzqaymoq sotish orqali normallashtirishlari mumkin. Shunga
qaramasdan, narx o’zgarishi muzqaymoq sotib oluvchilarga yordam berish istagi orqali
yuzaga kelayotgan bo’lsada, sotib oluvchilarning hammasi ham bundan manfaat ko’ra
olmaydi. Ba’zi bir iste’molchilar navbatda kutgan holda arzon narxda muzqaymoq
olishlari mumkin, ammo boshqalari esa umuman muzqaymoq sotib ola olmasliklari
mumkin. Muzqaymoq bozoridagi ushbu misol shunday umumiy natija ko’rsatadi:
Qachonki hukumat raqobatli bozordagi narx o’zgaruvining mustahkamlashishiga
aralashsa, tovar tanqisligi oshadi, natijada sotuvchi tanqis tovarni ko’p sonli imkoniyatli
sotib oluvchilar orasida normallashtirishi shart. Narx o’zgarishi natijasida yuzaga
kelgan normallashtiruv mexanizmi unchalik ham samarali va ma’qul emas, chunki
navbatda kutib turish sotib oluvchilarning vaqtini oladi. Sotuvchining hohishiga qarab
tovarni yoki haridorni ajratish ancha noqulay, samarasiz va shu bilan birga insofsizlikdir
(chunki haridor juda qadrlaydigan tovar unga to’g’ridan-to’g’ri bormaydi). Bunga
qarshi tarzda, tartibli, to’gri yo’naltirilgan savdo esa ham insoniylikka to’g’ri keladi va
ham samaralidir. Qachonki muzqaymoq bozori o’zining muvozanatiga erishsa,
bozordagi har bir tovar uchun pul to’lagan iste’molchi muzqaymoqni qo’lga kiritshi
mumkin. Ochiq bozor tovarning narxi bilan birga muvozanatga keladi.



Hukumatning boshqa turdagi narx nazorati qanday natajalar berishini kuzatishdan


oldin keling biz yana muzqaymoq bozoriga qaytamiz. Tasavvur qilingki, hukumat
Milliy Muzqaymoq Tayyorlovchilar Haya’tiga chiqarilgan sud qarori tomonidan
harakatga keltirildi.Bunday holatda hukumat narxning quyi chegarasini o’rganib
chiqadi.Narxning quyi chegarasi huddi uning yuqori chegarasidek hukumat tomonidan
bozordagi muvozanatni ushlab turish uchun o’rnatiladi.Shunday vaziaytda yuqori
chegarali narxlar huddi quyi chegarali narx kabi qonuniy doiradan chiqib ketmaydi.

Download 25.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling