4-mavzu. O‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Tayanch so‘zlar


Ustaxonada o‘qituvchining ish o‘rnini tashkil etish


Download 245.36 Kb.
bet2/16
Sana31.01.2024
Hajmi245.36 Kb.
#1819294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-Ma\'ruza.

Ustaxonada o‘qituvchining ish o‘rnini tashkil etish

Texnologiya fani o‘qituvchisining ish joyi ish stoli, ko‘rgazma qurollarini saqlash uchun javonlar, namoyish qurilmalari, sinf taxtasi, texnika vositalari bilan jihozlangan o‘quv-metodik qo‘llanma, adabiyotlar, o‘quv ko‘rgazma qurollari, asbob va moslamalar bilan jihozlanadi. O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalar (dastgohlar, stanoklar, mashinalar, stollar va boshqa buyumlar) shunday tartibda va o‘qituvchining ish joyidan shunday uzoqlikda joylashishi kerakki, o‘quvchilar ish vaqtida o‘z gavdalarini to‘g‘ri tutishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishi, o‘qituvchining gaplari va o‘quvchilarning javoblari yaxshi eshitilishi kerak. Ustaxonadagi dastgohlarning miqdori ozroq bo‘lishi, lekin shu bilan birga o‘quvchilarning texnologiya ta’limi dasturlarida u yoki bu mavzuga ajratilgan vaqt hajmida oraliq grafik asosida to‘xtovsiz ishlashini ta‘minlashi zarur. Barcha ehtiyot asboblar va moslamalar turadigan korxonalarda shunday tartibda saqlanishi kerakki, ulardan har birini topish uchun o‘qituvchi juda oz vaqt sarflasin. Masalan, parma, o‘lchov asboblari, plankalar tegishli o‘lchovlar yozib qo‘yilgan qutichada joylashgan bo‘lishi, ancha og‘irroq moslamalar pastki javonlarda, birmuncha yengillari yuqoriroqda turishi kerak. Omborxonada barcha materiallar va ishga yaroqli chiqindilar markalari, sortlari, o‘lchovlari va turlariga qarab ajratilishi va shunday joylashishi kerakki, oldiga boriladigan yo‘l qulay hamda to‘siqsiz bo‘lsin.
Ko‘rgazma qurollari (plakatlar, sxemalar, jadvallar, maketlar, mavzuli ko‘rsatmali shitlar, buyumlarning namunalari) saqlash uchun yozilgan va tartib nomeri qo‘yilgan tegishli yashiklar va tortmalar bo’lishi lozim, bu hol o‘quvchilarga istalgan vaqtda oz vaqt sarflab kerakli qo’llanmani topa olishiga imkon beradi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisining ish joyida mehnat usullarini, ko‘rsatmali qurollarni, shuningdek, o‘quv filmlarini namoyish qilish uchun barcha sharoitlar yaratilishi kerak.


  1. Download 245.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling