4-mavzu. O‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Tayanch so‘zlar


Turi Ishlatish uchun ko‘rsatmalar


Download 245.36 Kb.
bet9/16
Sana31.01.2024
Hajmi245.36 Kb.
#1819294
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
4-Ma\'ruza.

Turi

Ishlatish uchun ko‘rsatmalar

O‘quv kitoblari

Kitobning muayyan betlarini belgilab, dars rejasiga kiritish.

Tarqatma materiallar

O‘quv kitoblaridan yoki boshqa manbalardan saylanma nusxalar tayyorlansin va ko‘paytirilsin, formulalar tayyorlansin

Doska tasvirlari

Mavzu va grafiklarga eskizlar tayyorlash, ularni to‘plash uchun maxsus papaka ochish

Slaydlar

Ular nusxalash aparatida yoki kompyuterda tayyorlansin va maxsus papkada to‘plansin

Modellar

Ustaxonadagi har bir predmet yaroqli - ham yaxshi, ham yomon ish mahsulotlari ko‘rsatilishi lozim

O‘qituvchining qo‘lidagi materiallar tarkibida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.



  • O‘quv maqsadlar va mazmunlar haqidagi ma’lumotlari;

  • tashkiliy savollarga oid ma’lumotlar;

  • instruktaj va mashqlar o‘tkazishga qanday didaktik tartib qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlar;

  • mashq ta’rifi;

  • talabalarning nazariy va amaliy bilim natijalarini tekshirish va baholash haqida ma’lumotlar test va imtihonlarning savol va javoblari.

O‘qitish va o‘rganish materiallaridan didaktik foydalanishga mos holda materiallarning mazmuni va qurilishiga ko‘ra o‘qituvchi va talaba materiallariga bo‘linadi. O‘qituvchi uchun materiallar nafaqat sohaga tegishli ma’lumotlarni, balki tashkiliy ishlar natijalarini baholash borasidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Test savollarini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar
Test o‘z mohiyat mazmuniga ko‘ra qulay usul bo‘lishi birga o‘ziga xos murakkabliklarga ega bo‘lgan sinov usulidir. Test bo‘yicha mashg‘ulotni o‘tkazishdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilarga testning ma’nosi, shakli va uslubini, unga qo‘yiladigan talablarni, test savollariga javob berish tartibi va qoidalarini, javoblar varaqasini to‘ldirishni tushuntirishi shart. Test termini ilmiy lug‘atlarda izohlanishicha, inglizcha test so‘zidan olingan bo‘lib “tajriba”, “sinov” degan ma’nolarni anglatadi.
Test shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini, bilim darajasini, malaka va ko‘nikmalarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart mashqlar. Ijtimoiy amaliyotda test odamning qanday kasb-hunar egallashi mumkinligi, uning kasbga layoqati yoki layoqatsizligini, iste’dodli yoki aqli zaifligini aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qo’llanadi. Uning yordamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiruvlarning mahorati, qiziqishi, to‘plangan amaliy ma’lumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik ko’rsatkichi bir necha mezonlarga asoslanib tahlil qilinadi. Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822-1911) ishlab chiqqan.
Test terminini birinchi marta amerika psixologi Jeyms Kettel (1860-1944) 1890-yilda qo‘llagan. U testlar yordamida tanaga ta’sir etuvchi qo‘zg‘atuvchilarning idrok qilinishi vaqtini, refleks tezligini, reakstiya muddatlarini, teriga ta’sir o‘tkazishda hosil bo‘luvchi og‘riq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qolish darajalarini aniqlash mumkin, deb hisobladi. Fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi T.Simon insonning aqliy o‘sishi va istedodi darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin aqliy testlar nazariyasi keng yoyildi. Miqdoriy ma’lumotlarni statistika metodikalari yordamida hisoblab chiqish yuzaga keldi. Amerikalik Lyuis Termen (1877-1955) insonlarning aqliy qobiliyatlarini uzluksiz 50 yil davomida o‘rgangan.

Download 245.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling