4-mavzu. O‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Tayanch so‘zlar


Download 245.36 Kb.
bet7/16
Sana31.01.2024
Hajmi245.36 Kb.
#1819294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
4-Ma\'ruza.

Sanitariya-gigiyena talablari. Texnologiya ta’limi fani o‘quv mehnati gigiyenasi bilan ham bog‘liq bo‘lib, u o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘qitish hamda tarbiyalashning sanitariya-gigiyena sharoitlarini o‘rganadi. Har bir gigiyena sharoiti yaratish (yorug‘lik, ozodalik, ventilyatsiya), o‘quvchilarning ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil yetishga, zarur asboblardan, mehnat usullaridan foydalana bilishga o‘rgatish texnologiya ta‘limi o‘qituvchisi amalga oshirishi va hayotga tatbiq etishi lozim bo‘lgan asosiy masalalardir.
Ustaxonalar uchun mo‘ljallangan bino o‘quv-pedagogika, sanitariya-gigiyena va ishlab chiqarish, texnik talablarini qondirilishi kerak.
O‘quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari. O‘quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko‘ra, 70-90 m2 ni tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo‘ladi. Ular ta’lim muassasasida ortiqcha shovqin bo‘lmasligi uchun kollejning asosiy binosidan biroz nariroqda quriladi.
O‘quv ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor buyumlar, shuningdek, asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga ega bo‘ladi. Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va sun’iy shamollatiladigan bo‘lishi me’yorda tabiiy va sun’iy yoritilgan ish o‘rni bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-160 S, yoz davrida yesa 200S dan oshmasligi kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin bo‘yoqlar bilan shipi oq bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta’minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo‘yoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi ob’yektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o‘rtasida yaqqol farq bo‘lishini ta’minlaydi.
Nazorat uchun savollar:
1. Mehnatni ilmiy tashkil etish deganda nimani tushunasiz?
2. O‘qituvchining ish o‘rni qanday tashkil qilinadi?
3. O‘quvchining ish o‘rni qanday tashkil qilinadi?
4. O‘quv ustaxonasida qanday sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur?
5. O‘quv ustaxonasida mehnatni ilmiy tashkil etish deganda nimalarni tushunasiz?
6. Xizmat ko‘rsatish mehnati xonasi qanday jihozlanishi kerak?
7. To‘g‘ri burchakli shakldagi ustaxonalar qanday jiddiy kamchiliklarga ega?
8. Besh burchakli ustaxona binosi qanday afzalliklarga ega?
9. Ustaxonada o‘qituvchining ish o‘rni qanday tashkil etiladi?
10. Ustaxonada o‘quvchining ish o‘rni qanday tashkil etiladi?
11. O‘quv ustaxonalari qanday sanitariya-gigiyena qoidalariga mos bo‘lishi kerak?
12. O‘quv ustaxonalari qanday texnika xavfsizligi talablariga javob berishi kerak?



Download 245.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling