4-mavzu. O‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Tayanch so‘zlar
Ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar
Download 245.36 Kb.
|
4-Ma\'ruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rgazmali o‘qitish
- Ko‘rsatma materialini tanlashga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar
Ko‘rsatmali qo‘llanmalar ko‘rsatmalilikning quyidagi har xil turlari bilan foydalaniladi. 1. Tabiiy ko‘rsatmalilik o‘quvchilarni mavjud ob’yektlar, o‘simliklar, hayvonlar, minerallar va hokazolar bilan tanishtirishni taqozo etadi. 2. Hajmli ko‘rsatmalilik - mavjud olamning hajmi ask etishidir. Bu esa fotosurat, rasm, diafilm va diapozitivlardan iboratdir. 3. Ovozli ko‘rsatmalilik - tovush obrazlarini ifodalash uchun ovozli vositalardan foydalanish. Gramplastinkalar, magnitafon yozuvlarini eshitish, ovozli kino. 4. Simvolik va grafik ko‘rsatmalilik - xaritalar, rejalar, sxemalar, chizmalar va diagrammalar. Ular mavjud voqelikni shartli umumlashgan simvolik ko‘rinishda aks ettirishi sababli fikrlashni rivojlantiradi. 5. Maktabda birinchi sinfdan tortib, barcha sinflarda ko‘rsatmalilikning ana shu turlaridan foydalaniladi, lekin tabiiyki yoshini hisobga olib, ularga bevosita kuzatishlarini topshirish kerak. Ko‘rsatmalilik ayniqsa o‘quvchilar o‘rganiladigan u yoki bu narsalar to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lmagan paytda juda zarurdir. Ammo shuni ham unutmaslik lozimki, ko‘rsatmali qo‘llanmalarni namoyish etishga tayyorlanmaslik yoki ularni noto‘g‘ri tanlash faqat zarar keltiradi. Ko‘rgazmali o‘qitish - bu o‘quvchilarning tegishli kuzatishlariga tayyorlanadigan o‘qitishdir, biroq ko‘rgazmali o‘qitishni faqat ko‘rsatma qo‘llanmalardan foydalanib o‘qitish deb tushuntirish kerak emas. Ko‘rgazmali qurollar boshlang‘ich sinflarda dars berishda juda muhim rol o‘ynaydi. Darslarning qiziqarli, mazmunli bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘rsatma materialini tanlashga nisbatan qo‘yiladigan talablar Yetarlicha miqdorda ko‘rsatma material bilan ta’minlash, bularni analiz qilish asosida o‘quvchilar kerakli umumlashtirishlarni qila oladigan bo‘lishlari kerak. Masalan, texnologiya darslarida o‘quvchilar bayon etilayotgan aynan buyum emas, balki o‘z so‘zlari bilan buyumni bajarilishini eslashlari talab etiladi. Biroq, asosiy o‘rinni hali ham namuna, tayyor ko‘rgazma bo‘yicha ishlash egallaydi. O‘qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu mazkur dars uchun uning maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishni usul va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlaydi. Bu o‘rinda doimo psixologlar “O‘quvchilarda to‘g‘i umumlashtirishlar tarkib toptirishning zaruriy sharti beriladigan o‘quv materialining muhim xususiyatlarini turlantirishdan iborat”. Texnologiya fanining amaliy mashg‘ulotlari dars jarayonlarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanishning afzallik tomonlari shundaki, o‘quvchilar bajarilayotgan buyum yoki materialning bajarilish tartibi, bir qancha texnologik jarayonlarning ketma-ketligini ko‘rgazmali tasvir yoki slayd taqdimotlar orqali bajarishlari mumkin. Ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish o‘qitish jarayonida ko‘rsatma qo‘llanmalardan turli maqsadlarga yangi material bilan tanishtirish uchun, bilimlar, o‘quv malakalarini mustahkamlash uchun yangi bilimlarning qanday o‘zlashtirilayotganini tekshirish uchun foydalaniladi. Ko‘rsatma qo‘llanma bilim manbai sifatida qaralganda uning umumlashtirish uchun asosiy bo‘lgan tomonini alohida ta‘kidlash kerak, shuningdek muhim bo‘lmagan narsa-umumlashtirish uchun asosiy bo‘lgan tomonini alohida ta’kidlash kerak, shuningdek, muhim bo‘lmagan narsa ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatish kerak. Download 245.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling