4-mavzu. O‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Tayanch so‘zlar


Testning afzalligi quyidagilardan iborat


Download 245.36 Kb.
bet11/16
Sana31.01.2024
Hajmi245.36 Kb.
#1819294
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-Ma\'ruza.

Testning afzalligi quyidagilardan iborat:
- o‘quvchi va o‘qituvchi vaqtini tejaydi;
- o‘quvchining bilimini aniqlash sub’yektga bog‘liq emas;
- o‘quvchi o‘zida ishonch, o‘qituvchini hurmat qilish, fanni chuqur o‘rganish istagini, fikrni hosil qiladi;
- o‘quv dasturidagi minimum bilim daraja bilan maksimum talabga chiqish uchun hisob-kitob qiladi;
- qo‘yilgan bahoning noto‘g‘riligini o‘quvchi isbotlaydi, kerak bo‘lsa, shikoyat qilish huquqini beradi;
- test o‘quvchining individual ishlash qobiliyatini yaxshi tahlil qiladi;
- test orqali bir paytning o‘zida o‘quvchining amaliy bilimlari sifatini tekshirish niyatiga ega bo‘linadi;
- test bilimlarni aniqlash usuli bo‘lmay, o‘rgatuvchiga o‘rgatish usuli hamdir.
O‘z xatosini bilib, darrov kamchiligini topib oladi va qayta bu xatoga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi. Turli testlar kiritish bilan o‘quv jarayoni faollashadi. Kichik hajmdagi testlarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish orqali o‘quv materiallarini o‘rganuvchanlik darajasi diagnostika qilinadi.
Keyinchalik barcha fanlarni kompyuterlashtirib o‘qitish imkoniyatini yaratadi. Testlashtirish quyidagi holatda ta’lim jarayoniga ta’sir qiladi:
1. Test nihoyatda sodda tuzilib, “ha” yoki “yo‘q” javobga asoslangan bo‘lsa.
2. Test faqat belgilangan narsani biladimi yoki yo‘qmi degan savolga javob beradi xolos, faqat diagnostika qilishda qo‘llaniladi.
3. Testdagi javoblarni tanlash usuli orqali ham o‘quvchi yuqori ball olishi mumkin. Test haqiqiy bilimni to‘la aniqlashda ojizlik qiladi.
4. Test o‘quv jarayonida “quyi” va “o‘rta” me’yorda o‘qiydigan o‘quvchilar uchun yaxshi, “yuqori” me’yorda o‘qiydigan o‘quvchilarning o‘qishga qiziqishini susaytiradi. Chunki ularning mustaqil fikrlatuvchi, isbotlovchi, ijodiy ishlovchi topshiriqlar orqali baholash kerak.
5. Testda qo‘yilgan baho va imtihonda qo‘yilgan baho singari xotirada uzoq saqlanmaydi.
6. Test-loyihalashtirilgan “qalbsiz” bilimni aniqlaydigan signalizator. Bu orqali o‘quvchi talanti, iste’dodi, qobiliyatini aniqlash qiyin.
Testlar maxsus metodistlar tomonidan dastur materiallari hajmini aniqlab, yuqoridagi talablar asosida ishlab chiqilmog‘i kerak.
1. U metodik jihatdan to‘g‘ri tuzilib, zarur yangiliklar bilan to‘ldirilib borilishi kerak.
2. Test tuzayotganda predmetning mazmuni, o‘quvchining o‘zlashtirish darajasi va testning miqdorini inobatga olish kerak.
3. Testlar bir o‘qituvchi rahbarligida tuzilmay, boshqalarning fikrini ham inobatga olish kerak.
4. Test savollari aniq, kitob va darsliklar asosida olinishi kerak. Test raqamlanishi kerak. Testlar individual bo‘lishi kerak.
5. Testning sifatini orttirish, zahirasini ko‘paytirish uchun izlanish, seminar, ko‘rik, tanlov, konferenstiyalar o‘tkazish joiz.
6. Maktabda o‘qituvchilar savollar asosida test mexanizmini bilgandagina tuzilgan testlar nazorat qiluvchidan tashqari, o‘rganuvchi testlar bo‘lib xizmat qiladi.
Test savollarini mukamallashtirish davr talabiga aylandi. Shu bois yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilish test texnologiyasini mukammalashtirish asosidir. O‘quvchilar o‘qituvchining slaydlar asosida bergan bilimi bilan birga bevosita o‘zlari o‘tirib test echishlari darsning qiziqarli bo‘lishiga, bilimlarining mustahkamlanishiga, izlanishga chorlaydi. Har bir dars uchun tayyorlangan taqdimotlarda qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda rasmlar, aniq jarayonlarni aks ettiruvchi tasvirlar, internet tarmoqdagi ma’lumotlardan foydalangan holda katta elektron ekranda ko‘rsatib tushunchalar berilsa, o‘quvchilarning bilim va malakalari boyitiladi, darsga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortadi. Dars jarayonida kompyuter testlari va tahliliy dastur jamlanmalaridan foydalanish o‘qituvchiga qisqa vaqt ichida o‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan materialning o‘zlashtirish darajasi haqida aniq ma’lumot olish va o‘z vaqtida tegishli tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.

Download 245.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling