4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti


-chizma Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chiziĝi


Download 425.79 Kb.
bet46/50
Sana29.10.2023
Hajmi425.79 Kb.
#1733141
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org

5-chizma

Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chiziĝi

10
9


8
7
6

5
4


3
2
1
Ishlab chiqarish imkoniyati egri chiziĝidagi har bir nuqta ikki xil mahsulot ishlab chiqarishning qandaydir eng ko’p hajmini ko’rsatadi. Jamiyat uchun mahsulotlarning erishib bo’ladigan har xil uyĝunlashuvlaridan tanlab olish imkoniyati egri chiziq ichida joylashadi.
Non va tegirmon ishlab chiqarishning har xil uyĝunlashuvini amalga oshirish uchun jamiyat ulardagi mavjud resurslarning to’la bandligi va ishlab chiqarishning to’liq hajmini taminlashi zarur. Non va tegirmonning barcha uyĝunlashuvi ularning eng ko’p miqdorini ko’rsatib, bu barcha mavjud resurslardan esa samarali foydalanish natijasida olinishi mumkin.
Iqtisodiyotda resurslarning to’la bandligi va ulardan samarali foydalanishni taminlash uchun har ikkala mahsulotning tanlangan hajmi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chiziĝi deb nomlanuvchi ABCDE chiziĝida joylashgan bo’lishi lozim. Bu chiziqdan chap tomonda joylashgan har qanday nuqta resurslardan to’liq foydalanmaslikni anglatadi. Masalan, chizmadagi G nuqta iqtisodiyotda 1,6 mln. dona non va 5 ming donaga yaqin tegirmon ishlab chiqarilayotganini bildiradi. Bu esa, resurslardan foydalanishning muayyan darajasida, qo’shimcha resurslarni jalb etmagan holda, quyidagi harakatlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini ko’rsatadi:
a) non ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, tegirmon ishlab chiqarish hajmini 8 ming donagacha etkazish;
b) tegirmon ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, non ishlab chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha etkazish;
v) bir vaqtning o’zida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chiziĝidan tashqarida joylashgan har qanday nuqtaga (masalan W) resurslarning mavjud hajmi va ishlab chiqarishning mavjud texnologiyasi darajasida erishib bo’lmaydi.
Jamiyat bu mahsulotlar uyĝunlashuvidan birortasini tanlashi zarur: ko’proq tegirmon ishlab chiqarish kamroq non ishlab chiqarishni bildiradi va aksincha.
Har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kechishga to’ĝri keladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning muqobil ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi.
Biz iqtisodiyot resurslarning to’liq bandligi va ishlab chiqarishning to’liq hajmi bilan xususiyatli deb hisobladik. Agar band bo’lmagan resurslar bo’lsa yoki resurslari samarasiz foydalanilsa (to’liq foydalanilmasa) iqtisodiyot jadvalda ko’rsatilgan har bir muqobil variantdagidan kamroq mahsulot ishlab chiqargan va bu chizmada keltirilgan ishlab chiqarish imkoniyati egri chiziĝining ichida joylashgan bo’lar edi.
Agar resurslarning miqdori va sifati hamda texnologiya o’zgarsa iqtisodiyotda ishlab chiqarishning umumiy hajmi ham (ishlab chiqarish imkoniyati egri chiziĝining holati) o’zgaradi. Mavjud resurslarning ko’payishi har bir variantda bitta yoki har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga olib keladi.


Download 425.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling