Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari. Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xoldunning (1332-1405) hissasi benihoya katta. U Tunisda zodagonlar oilasida tuġilgan. Uning asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370 y.)
Ibn Xoldun ijtimoiy rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini ko’rsatib berishga harakat qildi. Uning fikricha, tarixiy jarayon asosini kishilik jamiyatining rivojlanishi tashqil etadi. Ibn Xoldun: “Ijtimoiy hayot asosini mehnat faoliyati tashqil etadi”,deydi. Uning yozishicha, «jamiyatning ahvoli, uning boyligi va ravnaqi faqat mehnatga va kishilarning boylikni o’zlashtirishga bo’lgan ishtiyoqiga boġliq. Agar odamlar yashash vositalari to’ġrisida qayġurmasalar va ularga egalik qilish uchun mehnat qilmasalar unda bozorda oldi-sotdi bo’lmaydi va odamlar oziq-ovqat qidirib, boshqa mamlakatlarga chiqib ketadilar».
O’rta Osiyo mustaqil davlatlarining tashqil topishi, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi ularning fan va madaniyatining yana iqtisodiy ham rivojlanishiga katta to’rtki bo’ldi. O’rta Osiyo XXIV asrlarda Sharqda ilġor ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir markazga aylandi. Bu davrda dunyoga mashhur bo’lgan Forobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Navoiy va boshqa ko’plab olim va shoirlar, davlat arboblari etishib chiqdi. Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar ham o’z aksini topgan. A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari. O’rta asr davrida ilġor iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Forobiy (870-950) hisoblanadi. U ko’p qirrali olim bo’lib, o’z bilimini oshirish yo’lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan, suhbatlashib undan saboq olish uchun yo’lga chiqqan. U 70 dan ko’p tilni bilgan.Forobiy bir asarni bir marta uqib tushunolmasa, uni qayta-qayta o’qirdi. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o’qigan nusxasi topilgan bo’lib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o’qidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta o’qidim, lekin yana o’qishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel` asarlarini o’qib o’rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to’liq tushunganligi haqida yozgan.Forobiyning mulkchilik to’ġrisidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o’ziga to’q yashash to’ġrisidagi ilġor fikrlarni ilgari suradi
Uningcha, ma`rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, hududiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol` o’ynaydilar va aksincha “...shahar aholisi ma`rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo’lsa, u holda ular qonun o’rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Hududiy tarbiya, madaniyat mulkni to’ġri tasarruf etish, undan unumli foydalanish va mulkni ko’paytirishga undaydi. Forobiyning ta`kidlashicha, “Mulk orttirishda unchalik xavf yuq... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o’z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |