tadqiqot predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasini tekshirishni afzal ko’rdilar, buning ustiga, ishlab chiqarish sohasidan ajralgan holda;
tadqiqot usuli sifatida asosan iqtisodiy hodisalarning tasodifiy yuzaki tashqi ko’rinishini ifoda etishga olib keluvchi va iqdtisodiyotning barcha sohalarini tizimli tarzda tahlil qilish imkoniyatini istisno etuvchi empirizm (nazariyadan ko’ra amaliy faoliyatga ko’proq moyil bo’lishlik) dan foydalandilar;
pulning paydo bo’lishini odamlarning sun`iy ixtirosi natijasi deb hisobladilar, pulning o’zini esa boylik bilan bir narsa deb qaradilar;
pul qiymati (qimmati) ning kelib chiqishini oltin va kumush pullarning «tabiiy xususiyati» va mamlakatdagi ularning miqdori bilan boġlab talqin qildilar;
mehnat taklifining oshishini yuqori ish haqi bilan emas, balki past ish haqi zarurligi bilan boġlab ko’rsatdilar;
iqtisodiy o’sishni davlatning tashqi savdoni tartibga solish va savdo balansida ijobiy sal`doga erishishi tufayli mamlakat pul boyligining ko’p aylanishi natijasi sifatida qaradilar.
Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo’ldi va XVI asrning o’rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari Uil`yam Stafford (1554-1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519-1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma`muriy yo’l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko’p aytirishga qaratilgan (mamlakat puli qancha ko’p bo’lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va uni chetdan olib kelish yo’lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda ijobiy sal`doga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisobladilar:
eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o’rnatishni;
Do'stlaringiz bilan baham: |